Glossariy
sodda hujjatlar
|
muayyan bir masalani uz ichiga oladi.
|
murakkab hujjatlar
|
ikki yoki undan ortiq masalani uz ichiga oladi.
|
xizmat hujjatlari
|
biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar.
|
Shaxsiy hujjatlar
|
alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (Shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi)
|
5-MAVZU. tASHKILIY HUJJATLAR VA ULARNING AHAMIYATI.
Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi.
Shavkat Mirziyoyev
REJA :
1.Guvohnoma va uning zaruriy qismlari.
2.Yo‘riqnomaning ahamiyati.
3.Nizom, ustav, shartnomalarning tuzilishi.
4.Buyruq va uning turlari
5.Farmoyish, ko’rsatmalarning yozilishi
6. Farmoyish va ko’rsatmalarning qo’llanilishi va o’ziga xos xususiyatlari
Tayanch tushunchalar: guvohnoma, yo’riqnoma, nizom, ustav, shartnoma, lavozim yo‘riqnomasi, qoida, xizmat safari guvohnomasi,buyruq va uning turlari, buyruq matni,farmoyish,ko’rsatma.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |