Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet57/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Butachali tundra. O‘simliklar qoplamini oqqayin pasttak (Betula nana) va tollar Salix arbuscula S.lapponum, Andromedia polyfola, Ledum palustre, Vaccinium uliginosa, V.vitis-ideae, Empetrum nigrum, Rubus chamaemorusva R.arcticus ular bilan birga hammayoqni bosib ketgan, erni to‘la egallagan moxlar va lishayniklar tashkil qiladi. O‘simliklar qoplamini hosil qiladigan qayd etilgan turlar o‘rmontundrada ham va tayganing katta maydonlarida ham tarqalgan.
Shimoliy Amerikaning butachali tundrasi asosan vereskgullilar tartibiga mansublardan iborat bo‘lib, katta hududlarning landshaftini belgilaydi.
Do‘ngli tundra.Yevrosibir va Shimoliy Amerikaning butachali tundrasida torfli gumbazlarni ko‘rish mumkin. Bunday gumbazning kesmasi 10-20 m, balandligi 4 ba’zan 7 metr keladi. Bunday do‘ngliklar katta maydonlarni egallaganda do‘ngli tundra haqida gap boradi.
Do‘ngliklarning asosida (pastida) nam yoki suv bilan to‘lgan chuqurliklarda oqqayinning pasttaklari, pushitsalar va qoraboshlar (Carex rariflora, C.rotundata) ko‘p o‘sadi. Do‘ngliklarning janubiy yonbag‘irlikgi yaxshiroq isiganligi tufayli uning o‘simliklar qoplami turlarga boyroq.
Tundra mintaqasi bo‘ylab butachalitundra bir muncha iliqroq hududlarda tarqalib janubroqqa kirib boradi. Boshqa tundralar, masalan, moxli, lishaynikli va shu kabilar shimoliy tomonda ustunlik qiladi va shu boisdan ularni arktiktundra nomi bilan ataladi.
Moxli, lishaynikli, tog‘ tundra. Nam yoki pastqam joylarda moxlar jamoasi tarqalib ular asosan Rhacomitrium laniginosum, Tomenthypnum nitensyoki Dicranum, AulacomniumvaDrepanosladus turkumlarining turlaridan iborat. Moxlar orasida gulli o‘simliklardan tol qutblik (Salix polaris), toshyorar (Saxifraga hirculusva boshqalar), ayiqtovon (masalan,Ranunculus sulphureus), Minuartia turkumining turlari tarqalgan.
Moxli tundrada buta ko‘rinshli lishayniklarning ko‘p turlari o‘sadi. Ular asosanquruq erlarda ayniqsa qumli yoki shag‘alli joylarda son jihatidan ustunlik qiladi. Bu joylarda bo‘yi 10 sm gacha etadigan CladoniavaCetraria turkumlariga mansublari keng tarqalgan. Lishaynikli tundra bug‘ular uchun asosiy o‘tloq hisoblanadi.
Arktik tundraning hamma tuproqlari o‘simliklar bilan qoplangan emas. Bu iqlim va tuproq sharoitlari bilan bog‘liq.
Shimoliy yarimsharning Arktik mintaqasi faqat tekisliklardan iborat emas, bu erda tog‘ va tog‘ tizmalari ham mavjud. Tog‘ hududlar o‘simliklar uchun eng noqulay hisoblanadi. Vegetatsiya davrining qisqaligi, haroratning pastligi, tuproqda chirindini deyarli yo‘qligi, uzoq muddat muzlashi, hammayoq tosh va shag‘alli ekanligi o‘simlikni o‘sishi uchun imkon yo‘qligini dalolati hisoblanadi.
Juda oz o‘simlik qoplami quyqa va yaproq shaklidagi lishayniklardan iborat. Butasimon lishayniklar juda kam. Moxlardan Grimmia, Rhacomitrumva boshqa turkumlarning turlari bor. Tuproqli joylarda gulli o‘t o‘simliklar va butachalardan kassop (Cassiope tetragona), garimanella (Harimanella) va tol (Salix polaris) o‘sadi. Ularning bo‘yi juda past va ancha kichik. Kamdan kam bo‘lsada, boshoqlilarning ayrimlari Festica altaica, Hiero chloe alpina, ba’zi toshyorarlar Saxifraga nivalis, S.caespitosava boshqalar minuarsiya (Minuartia arctica), dria (Dryas octopetala), silen (Silene acaulis) va boshqalar o‘sadi.
Arktikaning juda katta kengliklaridagi floraning tarkibi va o‘simliklar qoplami turli viloyatlarida ancha o‘xshash.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling