Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Baland tog‘larining o‘rta kenglik o‘simliklari


Download 434.88 Kb.
bet59/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Baland tog‘larining o‘rta kenglik o‘simliklari
Tog‘larga ko‘tarilib borilgan sari turli balandlik mintaqalaridagi o‘simliklar qoplami o‘zgarib boradigan tuproq va iqlimiy sharoitlari bilan bog‘liq xolda o‘zgaradi.
Balandliklarning ettita mintaqa-lari mavjud. Ulardan faqat uchtasi subalp, alp va nival balandtog‘larga xos. Markaziy Evropadagi tog‘ mintaqasi uncha baland emas. Bu yerda qoraqayin, oqqayinli o‘rmonlar ustunlik qiladi. Ularning tarkibida qoraqayin (Fagus sylvatica) vaoqqayin (Acer alba), qoraqarag‘ay (Picea abies), zarang(Acer psendoplatanus), qayrag‘och (Ulmus glabra) ham ko‘p uchraydi.
Balandtog‘ mintaqasiga yaqin joylarda qarag‘ay va uning turlari shunga ko‘ra ninabargli o‘rmonlar keng tarqalgan. Bunday tashqari qarag‘aylarni maxsus o‘stirilgani tufayli uning tarqalish areali ham kengaygan. Tabiiyki, florasi jihatidan boy tog‘ o‘rmonlari ayrim vodiylarda saqlanib qolgan xolos.
T
Баландтоғ ўтлоқ ўсимликлари
og‘ mintaqasining o‘rmonlar uchun deyarli chirimaydigan hazon va anchagina qalin uncha parchalanmagan ancha nordon muhitli gumus qavat xarakterli. S
hu boisdan bunday o‘rmonlarning pastki qavatini florasi tarkibiga ko‘ra oz turlardan iborat. Ular orasida nordon muhitda o‘sishga moslashgan atsedofil turlar yoki zamburug‘lar bilan simbiozda bo‘ladigan Monesis uniflora, Hypopitus monotropa, vereskdoshlarning ko‘plab turlari tarqalgan.
A
Баландтоғ дарё қирғоқларидаги ўсимликлар
lp va Karpat tog‘larida dominantlik qiladigan qoraqarag‘ay janubroqda va sharqda YUgoslaviya va Bolgariyagacha tarqalgan kavkaz tog‘larida oqqarag‘ay kavkazlik (
Abies nordmannia) va oqqarag‘ay sharqlik (Picea orientalis) uchraydi. U bilan birga zarang sharqlik (Fagus orientalis) doimo birga tarqalgan. Bu erda 1400-1900 m balandliklarda xali insonning salbiy ta’siriga duch kelmagan o‘rmonlar ham bor. Ular Teberdin qo‘riqxonasida boshqalaridan yaxshi saqlangan. Sayohatchilarni bu daraxtlarning ko‘rinishidagi qudrati va hayotiy kuchi doimo lol qoldiradi.
Bo‘yi 50 metrlarga, tanasining ko‘ndalangi 80-120 sm ga etadigan qarag‘aylar kam emas. Undan qoraqarag‘aylar xech qolishmaydi. Qalin ninabargli o‘rmonlarning pastki qavati yorug‘lik etishmasligi, nordon tuprog‘ining florasi turlarga boy emas. Bu erda Rhododendron luleumvaVaccinium arctostaphylosoz bo‘lsa ham uchraydi.
Sernam daralarda soqolsimon ko‘rinishli lishaynik Usnea barbata epifit xolda keng tarqalgan. Toqqa ko‘tarilib borgan sari qoraqayin sharqlik kamayib boradi. Balandlik 1600 metrdan boshlab o‘rmonlarning tarkibiga yana bir tur zarang trautvetter (Acer trautvetter) qo‘shilib uning areali o‘rmonlarni tarqalish chegarasigacha boradi.
Shimoliy Amerikaning sharqida, Appalachi tog‘larini shu balandliklarda ham qalin ninabargli o‘rmonlar o‘sadi. Ularga qarag‘ayni qizili (Picea rubra) xarakterli bo‘lib, kengyaproqli daraxtlar bilan uchraydi. Soyasiz joylardagi nordon tuproqlar rododendron va boshqa doimoyashil boshqa buta o‘simliklar bilan band.
Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi balandtog‘larda ninabargli daraxtlarning turlari ko‘p. Qoyali tog‘larning katta balandliklarida janubiy qismini 2800 va 3600, shimolida 1400 va 3200 m oraliqlarida o‘rmonlar qarag‘ayning Engelman turi oqqarag‘aydan (Abies lasiocarpa) iborat. Ularning ostida vereskdoshlarning turlari ayniqsa Vaccinium turkumi o‘simliklari o‘sadi. Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi o‘rmonlarda uning shimoliy chegaralariga etadigan joylarida qarag‘ayning (Pinus aristata) ayrimlarini yoshi 4900 yildan ko‘proq bo‘lib u kurrai zaminimizdagi eng umrboqiy o‘simliklardan biri hisoblanadi.
X
Альп ўтлоқ ўсимликлари
imoloyning shimoliy-g‘arbida o‘rta kengliklar deb hisoblanadigan 2000-3400 m balandliklardagi vodiylarning shimoliy yonbag‘irliklarida ham namli ninabargli o‘rmonlar uchraydi. Juda baland bo‘yli qarag‘ay Roksburg (
Pinus roxburghii)va ximoloylik veymut (P.excelsa) bilan birga sarvqomat zarnab Ximoloylik (Cedrus deodara) uchraydi. Bu o‘rmonlarning chegarasini oqqarag‘ay ximoloylik (Abies spectabilis) belgilaydi. Balandlik dengiz sathidan3400-3800 metrlarda o‘rmonning tarkibi oqqayinlar (Betula utilis) bilan almashadi. Bu ham balandlik ko‘tarila borgan sari tol, archali (Juniperus nanavaJ.squamata)butalar bilan almashadi. Janubiy yonbag‘irliklarda o‘rmonlar yo‘q. Bu erlarda sahro va chalasahro o‘simliklar jamoasiga shuvoq (Artemisia) mansub.
Biz qisqacha ta’riflagan tog‘lardagi ermonli balandlik mintaqa oxirgisi. Uning chegarasi o‘rmonlarning tarqalish chegarasi bilan mos keladi. Bu yerdan Alp mintaqasi boshlanadi. Bu chegara boreal mintaqadagi tayga va tundra chegarasiga mos keladi. Bir kunlik o‘rtacha harorat 100S dan kam bo‘lmaydi, bir yilda 3 oydan kam davom etmaydi. Bu esa mazkur joylarda daraxtlarni alohida xolida va o‘rmon ko‘rinishida bo‘lishi uchun imkon beradi. Vegetatsiya davri qisqaligidan yangi hosil bo‘layotgan nina ko‘rinishidagi barg to‘la faoliyatda bo‘laolmaydi u qurib qoladi, noqulay sharoit omillariga bardosh beraolmaydi. Bu hududdagi oqqarag‘ay -400S haroratda ham zarar ko‘rmay chidayoladi.
O‘rmonlarning mavjudligi faqat iqlimiy omillar bilangina emas balandtog‘larning relefi bilan ham belgilanadi. Mana shu joylarda o‘rmonlarning tarqalish chegarasi o‘tadi. O‘rmonlarning tarqalish chegarasiga odamlarning aralashuvini ham doimo esda tutish lozim.
Balandtog‘lardagi o‘rmonlarning chegaralari turli balandliklardan o‘tadi alp tog‘larida 1650-2300 m Alpning shimolida sernam va salqinroqlarida pastroq, quruq va iliq Markaziy Alpda yuqoriroqdan o‘tadi. Karpatning g‘arbida o‘rmonlarning tarqalish chegarasi 1500 metrda joylashgan. Alpning Transilvaniyasida, ya’ni Karpatdan pastroqda bu chegara 1800 metrlarga ko‘tariladi. Kavkaz tog‘larining sharqida Kaspiy dengiz yaqinida bu chegara 2400 m balandlikka to‘g‘ri keladi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling