Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet60/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Subalp, Alp mintaqa o‘simliklari
O‘rmondagi daraxtlar siyraklashganda qarag‘ay tog‘dagi (Pinus mugo) bitta ikkita ko‘rinadigan joylarda subalp balandlik mintaqasi boshlanadi. Bu daraxt subalp mintaqasi uchun juda xos, uni qiyshiq tanali qarag‘ay ham deyishadi. Uning shoxlari har tomonga tarvaqaylagan. Ba’zan shoxlari tuproq yuzasida ilonday ko‘rinishni hosil qiladi, uni uchi yana yuqoriga ko‘tariladi. Ba’zilarining tanasini aylanasi taxminan 15 metrlargacha etib, balandligi 1,5-2,5 m keladigan zich o‘tib bo‘mas chakalakzorlarni ham hosil qiladi. Qiyaroq yonbag‘irliklarda o‘sadiganlarini shoxlari pastga osilib turadi. Ularning to‘q rangi, “doiraviy” o‘sishi diqqatni tortadi.
Ochiq joylarning tuproqlari ninabargli o‘rmonlardagi kabi nordon podzollashgan tuproqli, unda o‘simliklarning turlari ko‘p emas. Butachalar o‘sadi, floristik tarkibi Evropaning tog‘laridagi bilan o‘xshash.
Juda katta maydonlarda chernika (Vaccinium myrtillus) u bilan birga ko‘kishroq bargli golubka (V.uliginosum), doimoyashil butacha-brusnika (V.vitis-idaea) va shiksha (Empetrum hermaphrodiun) o‘sadi.
Bu mintaqaning boshqa balandtog‘larida vereskdoshlar oilasiga mansub turkumlarining turlari keng tarqalgan. Bu hududlarda ularning keng tarqalishiga tuproqni nordonligi sabab. Alp tog‘larida rododendron (Rhododendron) ham uchraydi. Rododendronlar gullagan davrida juda chiroyli ko‘rinadi. Ular zaharli, chorva hayvonlari emaydi. G‘arbiy Karpatda rododendronlar yo‘q, SHarqiy Karpatning balandtog‘laridan Rilpgacha rododendron Kochi (R.kotschi) uchraydi. Kavkazda dengiz sathidan 1900 m dan boshlab rododendron kavkazlik (R.caucasicum) tarqalgan, u bilan birga oq gullaydigan oqqayin Medvedova (Betula medwedewii) ham o‘sadi.
Kavkaz tog‘larida tarqalgan baland bo‘yli o‘t o‘simliklar alohida ahamiyatga ega. Bu joylarda tarqalgan o‘t o‘simliklar shunchalik baland o‘sganki, otda ketayotgan odamni ham “ko‘madi”. Bu joylarda boshoqlilar kam. Juda baland, odatda katta bargli o‘simliklar tuproq yuzasini to‘sib qo‘yadi, u erdagi o‘simliklarni o‘sishiga imkon bermaydi. Bu o‘simliklar orasida bo‘yi uch metrlarga etadigan akonit (Aconitum orientale) boshoqlilardan keng tarqalgan. Bu o‘simlik Karpatda va Alpning janubi-sharqiy tomonlarida ham o‘sadi.
Subalp balandtog‘larning yassiroq yonbag‘irliklari, chirindiga boy tuproqlari Alp o‘tloqlari bilan qoplangan. Ular chorva mollarini boqish va pichan tayyorlashda foydalaniladi. Buning natijasida uning floristik tarkibi o‘zgargan. Bu hududlarda chorva mollari emaydigan o‘t o‘simliklar ko‘paygan. Ular orasida Nardus stricta, Galluna vulgaris va archa (Juniperus communis) ko‘p tarqalgan. O‘tloqlarda ayniqsa qo‘ng‘irbosh (Pao alpina) keng tarqalgan. Bu boshoqli o‘t deyarli butun dunyo bo‘ylab uchraydi. Tog‘li hududlarda uni “tirik tug‘ar” xili (P.alpina var vivipara) to‘pgulida ungan kurtaklari bo‘ladi. Bu tur o‘tloqning muhim vakili, uni oziq qimmati boy: (106% oqsil, 3% jir bor). Em-xashak qimmatli o‘simliklardan timofeevka (Phleum alpinum), triщetinnik (Trisetum pratense), zubturum (Plantago) va ligistrum (Ligustrum mutellina) ko‘p o‘sadi.
Inson faoliyati ta’sirlamagan o‘tloqlar G‘arbiy Kavkazning balandtog‘ vodiylarida 2000 metrga yaqin balandliklarda saqlanib qolgan. Bu o‘tloq o‘simliklar jamoasining ajib go‘zalligi bo‘yi bir yarim metrlarga etadigan o‘tlarning florasini tarkibida kolxitsium (Colchicum speciosum), fritullariya (Fritillaria latifolia), geran (Geranum sylvaticum), gentiana (Gentiana septemfida), liliya (Lilium monadelphum), bukvitsa (Betonica grandifolia) o‘simliklarini ko‘pligi sabab bo‘ladi.
Balandlikka yana ko‘tarilgan sari daraxtli o‘simliklar jamoasidan o‘tilgandan keyin balandtog‘ mintaqasining Alp qismi boshlanadi. Hozirgacha xarakterlangan balandlik mintaqalari ancha katta maydonlarni egallagan, o‘ziga xos o‘simliklar jamoasiga ega bo‘lgan. Alp mintaqasida o‘simliklar jamoasi har qadamda o‘zgaradi. Subalpning keng o‘tloqlaridan farqlanib Alp o‘tloqlari tog‘ qoyalari, katta toshli va shag‘alli joylar bilan uzilib turadi. O‘simliklarning bo‘yi past.
Ohaktoshli erlarga florasi boy o‘simliklar jamoasi xarakterli. Bu erlarda sesleriya (Sesleria coerulea) va qo‘ng‘irbosh (Carex firma) ko‘p tarqalgan. Keyingi o‘simlik qor bilan uncha ximoyalanmagan joylarda qo‘ng‘irboshli o‘tloqlarni hosil qilgan. Uning qattiq, tikanli barglari bir biriga ustma ust joylashib xuddi yostiqsimon ko‘rinishni hosil qiladi. Alp mintaqasi ikkita morfologiya moslanishini o‘zida hosil qilgan. Avvalo uning qattiq barglari Alp tuproqlarida etishmaydigan azotli birikmalar hamda qurg‘oqchilikka moslanishni hosil qilgan. Ikkinchidan, uni yostiqsimon tuzilishini keng qismi shimol tomonda bo‘lib ichida mikroiqlim saqlanadi. Past bo‘yli o‘simliklar orasida yostiqsimon boshqa o‘simliklar minuarsiya (Minuartia sedoides) va toshyorar (Saxifraga caesia) ham uchraydi.
Alp mintaqasidagi sharoitga moslanishning yana bir xili o‘simlik tanasini er bag‘ri bo‘ylab joylanishi hisoblanadi. Bunday xolat keng tarqalgan ikkita buta driada (Dryas octopetala) va tolda (Salix reticulata) kuzatiladi. Tatra tog‘larida keng tarqalgan edelveys (Leontopodium alpinum), ayiqtovon (Ranunculus alpestris), toshyorar (Saxifraga aizoides, S.paniculata), biskutella (Biscutella laevigata), gentiana (Gentiana verna) va boshqalar keng tarqalgan. Bu erlardagi o‘simliklarning qoplami uzluksiz emas.
Marmar va ohaktoshli joylardagi o‘simliklarning jamoasi flora bo‘yicha boy emasligi yaqqol bilinadi. SHamol kuchli urib turadigan, qalin qor bilan yaxshi ximoyalanmagan joylarda sitnik o‘simligi o‘sadi. “Qizil cho‘qqilar” Tatr nomi sitnik o‘simligini gullaganda qizil-jigarrang ko‘rinishdan olgan, u uzoqdan ham yaxshi ko‘zga tashlanib turadi. Bu o‘simliklarning jamoalarini orasida qo‘ng‘iroqgul (Campanula alpina), potentella (Potentella), pulsatilla (Pulsatilla vernalis), gravilat (Geum montanum) va kichkina orxideya-uchraydi.
Alpning yana balandrog‘idagi qorlar butunlay erimaydi yoki juda kech eriydi. Bunday xolat tog‘larning shimoliy yonbag‘irligida, relef o‘simlikni o‘sishi uchun imkon qoldirmagan joylarda ro‘y beradi. Bu joylarda vegetatsiya davri juda qisqa Polytrichum sexangulare moxi va jigarmoxAnthelia juratzkyanaqor qoplamini chekkasida iyul oyiga kelib zamburug‘lar bilan birga biotsenoz hosil qiladi.
Bargli moxlar tarqalgan joylardan keyin tol o‘tsimon (Salix herbacea) mintaqasi keladi; bu erlarda qorsiz davr 6-8 xafta davom etadi. bu tolning sudraluvchi novdalari chirindiga boy substrat ichida joylashadi, undan bargli uchi chiqib turadi. Qorsiz davr ko‘proq davom etsa, boshqa o‘simliklar ham paydo bo‘ladi. Qor chizig‘ida boychechak kichkinani (Primula minima) ko‘rish mumkin.
Alp balandlik mintaqasida shag‘alli joylar ko‘p, bu erlarda regeneratsiya imkoniyati kuchli bo‘lgan, ildizi yaxshi rivojlangan o‘simliklarning turlari ko‘p o‘sadi.
Qoyali yonbag‘irliklarning pastida shag‘al uyumlari ko‘p bo‘lib, yuqoriga unda yurish ham qiyin. Undan pastga qaralsa o‘simliksiz joy yo‘qligi ko‘rinadi. Bu joylar yostiq (to‘nkarilgan qozon) ko‘rinishli o‘simliklar bilan band. Ular orasida Androsace helvetica, minuaritsiya (Minuartia sedoides), toshyorar (Saxifraga caesia) boshqalaridan ko‘p uchraydi.
Silikatli tog‘ jinslaridan iborat qoyalarda androsa (Androsace vandellii), draba (Draba dubia), molodilo (Sempervivum arachnoideum) va shuvoq (Artemisia mutellina) keng tarqalgan.
Barcha mintaqalarning mo‘‘tadil kengliklaridagi subalp va alplaridagi o‘simliklarda flora tarkibidagi farqlarga qaramay umumiylik bor. Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi balandtog‘lardagi (qoyali tog‘lar, Kaskad tog‘lar, S’erra-Nevada) o‘simliklarning jamoalari Evropa alplaridagiga o‘xshash. U yerda ham bu yerda ham o‘simliklar yotib qolgan, egilgan emas.
Ximoloyning alp o‘tloqlarini 4000-5000 metrlaridagilari flora jihatidan juda boy. Ximoloyning g‘arbidagi turlar evropa balandtog‘laridagilar bilan o‘xshash. Shu boisdan edelveysning (Leontopodium turkumi) Ximoloydagi turlari alp edelveysni bizning botanika bog‘larimizda ko‘rish mumkin.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling