Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


-Mavzu:Baland tog`lar o`simliklari


Download 434.88 Kb.
bet58/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

9-Mavzu:Baland tog`lar o`simliklari.
Reja
1.Iqlimi va tuproqlari.
2.Baland tog‘larining o‘rtakenglik o‘simliklari.
3.Subalp, Alp mintaqa o‘simliklari.
4.Dengiz o`simliklari.
5.Planktondagi o`similar.
6.Bentosdagi o`simliklar
Har qanday balandtog‘-alohida olam. Balandtog‘larning biotsenozini uncha katta bo‘lmagan maydonlarda o‘zgarib turishini anglash uchun mutaxassis-biolog bo‘lish shart emas. Balandtog‘larning o‘simliklar qoplamini ularning geografiya jihatidan xolati hamda iqlim bilan belgilanadi. Har ikkala omil floraning o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Shu boisdan mo‘tadil kenglik balandtog‘lari va tropiklardagi flora haqida alohida fikr yuritiladi.
Iqlimi va tuproqlari. Statik ma’lumotlar bo‘yicha balandga 100 m ko‘tarilish bilan harorat 0,5-0,60S ga pasayadi. Shu bilan birga balandga ko‘tarilish qish davrining uzoq vaqt davom etishi ro‘y beradi. Buni toqqa chiqib borgan sari ko‘rinadi. Yozda dengiz sathidan 1000-1200 m balandda o‘tloq o‘tlari boshoqdoshlar gullayotgan bo‘lsa, tog‘da yuqoriroq ko‘tarilish bilan yoz erta bahor bilan almashganini, 2000-2200 m balandliklarda qishning oxirgi belgilarini ko‘rish mumkin. Bizning respublikamiz miqyosidagi iqlim ta’sirida o‘simliklar qoplamidagi rivojlanish biz keltirgan balandlik mintaqasidagidan yanada balandroqda namoyon bo‘ladi. Ayrim hududlarda keltirgan balandliklardan pastroqda ham o‘simliklar qoplamidagi o‘zgarish kuzatiladi.
Balandlik gradientdagi bu farqlar har 100 metrda 3-4 kunni tashkil qiladi. Buni chizma xolida ifodalansa boshpiyozni tikkasiga kesgandagi ko‘rinishga o‘xshaydi. Dengiz sathidan 700-800 m balandliklarda kunduzgi iliq havo kechasiga issig‘ini berib soviydi. Sovuq havo tuproq yuzasiga tushib uning past joylarida to‘planadi.
Tog‘larda quyosh yoritadigan va soyali joylardagi harorat orasida ham farq bor. Balandlikka ko‘tarilib borgan sari bu farq ortadi. Tuproq havodan ko‘ra issiqlikni o‘zida ko‘p to‘playdi. O‘simliklar ham isiydi. Shamol bo‘lib turadigan joylarda tuproq harorati ham past bo‘ladi. Shunga ko‘ra tog‘larning shimoliy (soyali) va janubiy (yoritilgan) yonbag‘irliklaridagi o‘simliklar qoplamida ham farqlar bo‘ladi. Shimoliy yonbag‘irlik ninabargli o‘rmonlar bilan qoplangan xolda janubiy yonbag‘irlikda iliqsevar kengbargli daraxtlar o‘sadi.
Shimoliy yonbag‘irliklarda sovuq kunlarning soni ham ko‘p. Bu o‘simliklarda ro‘y beradigan moddalarning almashinuvlarini ham o‘zgartiradi. Alp o‘simliklarining hammasi sovuqqa chidamli bo‘lsa ham yil davomida ro‘y beradigan fiziologiya o‘zgarishlarida farqlar sezilarli bo‘ladi. Shu boisdan ro‘y beradigan muzlamalar o‘simliklar uchun ancha xavfli xarakterga ega.
Qishki qalin qor ancha past harorat va boshqa noqulay omillardan ximoyalaydi. Qorning qalinligi 30 sm va undan oshgan joylarda uning tagidagi tuproq muzlamaydi. Tuproq xali qor bilan qoplangan vaqtlarda ya’ni vegetatsiya davrida o‘simlik gullab, mevalar etarli oziqni to‘plab oladi.
A
Қаттиқ дарахтли ва бутачали ўсимликлар жамоаси
lp tog‘larida 1800 m balandliklarda vegetatsiya davri 5 oy, 2400 metrdan 2,5 oy 3000 metr balandlikda esa bor yo‘g‘i 1,6 oy davom etadi. Doimo qor bilan qoplangan balandlikda harorat shunday bo‘ladiki qor erimaydi ham, bug‘lamaydi ham. Iqlimga harorat bilan birga bug‘, suyuq va muz xolatidagi suv ham ancha ta’sir ko‘rsatadi. Balandliklarda qor pastga nisbatan yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi.

Evropada balandlikka har 100 ko‘tarilish bilan yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 50-70 mm ga ortadi. Bunday xolat 40 va 500 shimoliy kenglikdagi tog‘lar uchun xos xolat. Bulutlardan baland ko‘tarilgan tog‘larda bunday xolat yo‘q. Balandtog‘lardagi tekisliklar odatda quruq bo‘ladi. Yog‘ingarchiliklar uning atroflarida yog‘adi.
Tog‘lardagi shamol o‘simliklarni quritib yuboradi. Yozda namlik ko‘pligidan u uncha xavfli emas, qishda ko‘pchilik o‘t o‘simliklar muzlab qoladi.
Balandtog‘larning tuprog‘i unumsiz. Haroratning keskin o‘zgarib turishi tog‘ jinslarini emirilishiga sabab bo‘ladi. Bunday emirilish biologiya jihatidan deyarli ro‘y bermaydi, pastki mintaqada bu jarayon boshlanadi. Balandtog‘ sharoitida shag‘alli joylar ham ko‘p, ular odatda daryo qirg‘oqlarida ko‘p uchraydi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling