Mazmunĺ kirisiw


Bakalavr jumısınıń quramı


Download 179.61 Kb.
bet3/15
Sana15.06.2023
Hajmi179.61 Kb.
#1479062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI Universitet 000000

Bakalavr jumısınıń quramı. Bakalavr jumısı kirisiw, eki bap, juwmaq hám usınıslar hám de izertlew processinde paydalanılǵan ádebiyatlar diziminen ibarat.
I-BAP. AWĺL XOJALIĠĺNDA INVESTITSIYA KIRITIWDIŃ SOTSIYAL-EKONOMIKALIQ ZÀRÙRLIGI HÀM ONĺŃ TIYKARĠI JÒNELISLERI
1.1. Investitsiyalar haqqıda tùsinik, olardıǹ sotsiyal-ekonomikalıq àhmiyeti.
«Investitsiya» atamasi, lotincha «invest» so‘zidan olingan bo‘lib, «qo‘yilma» ma’nosini bildiradi. Investitsiyalar - bu kapitalni yanada ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan kapital qo‘yilmalardir.
Kapitalning ko‘payishi, investor mavjud mablag‘lar iste’molidan voz kechganini kompensatsiyalashi, tavakkalchilik uchun mukofotlashi va ushbu davrdagi inflyasion yo‘qotishlarni qoplash uchun etarli bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonunida, «investitsiyalar» tushunchasi «iqtisodiyot yoki boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga egalik qilish huquqi» deb izohlangan.
Investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – bu iqtisodiyotni barcha sohalari kabi agrosanoat majmuasi sohalarini ham asosiy ishlab chiqarish vositalari yordamida rivojlantirishga, qayta ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatining majmuidir. Investitsiya so‘zi bizning iqtisodiyotimiz uchun nisbatan yangi bir qancha qamrovli makroiqtisodiy tushunchadir.
Moliyaviy ta’rifi bo‘yicha investitsiyalar – bu foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yiladigan mablag‘larning barcha turlaridir: iqtisodiy ta’rif bo‘yicha esa asosiy va aylanma kapitalni yaratish, kengaytirish, qayta tiklash va texnik qayta jihozlashga ketgan qo‘yilmalardir.
Ishlab chiqarish nuqtai - nazaridan investitsiyalar deganda yangi kapital, shu jumladan ishlab chiqarish vositalari va intellektual salohiyat, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni tushuniladi.
Respublikamizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash birinchi navbatda, agrosanoat majmuasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligi sohasiga ichki va xorijiy sarmoyalarni yo‘naltirishni talab etadi. Olib borilayotgan tashqi savdo, iqtisodiy, shu jumladan, investitsion siyosat va aloqalarda quyidagi yo‘nalishlar ustuvor va muhim ahamiyatga molik hisoblanadi:

  • agrar sohada eksport salohiyatini rivojlantirish va yanada mustaxkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;

  • respublika qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni rivojlantirish. Xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda zamonaviy korxonalar barpo etish, ularni ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlash asosida raqobatbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi sub’ektlarga, xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda, o‘z mahsulotlariga chet el bozorlarida sotish uchun ko‘proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda imtiyozlar tizimini yanada kengaytirish borasida aniq, maqsadli siyosat olib borish;

  • xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng ko‘lamda jalb etish uchun zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar tizimini vujudga keltirish va tashqi iqtisodiy o‘zgarishlarga mos holda muvofiqlashtirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuasini – ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta firmalarni, tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish manfaatlari va sharoitlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiya tizimlarini vujudga keltirish.

Investitsiyalar turli xil belgilarga asosan turkumlanadi: asosiy kapitalni ko‘paytirish zaruriyati bilan bog‘liq sof va asosiy fondlar eskirishini qoplash zaruriyati tufayli yuzaga kelgan yalpi investitsiyalar. Investitsiyalar yo‘naltirilgan ob’ektiga qarab ham farqlanadi. Bunday ob’ektlar bo‘lib, mulk, moliyaviy vositalar, nomoddiy boyliklar xizmat qilishi mumkin. Ta’sir yo‘nalishi bo‘yicha: almashtirish, kengaytirish, fondlar tarkibini yangilashga ajratish mumkin.
Maqsadlar va ular bilan bog‘liq tavakkalchilik nuqtai-nazaridan investitsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • venchur (tavakkalchilikka xos);

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri;

  • portfel;

  • annuitet.

Tavakkalchilikka xos investitsiyalar, yoki venchur kapitali deb, tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan kapital qo‘yilmalarga aytiladi. Venchur kapitali - bu yuqori tavakkalchilik bilan bog‘liq yangi faoliyat turlarida chiqariladigan yangi aksiyalarga investitsiya kiritishdir. Venchur kapitali asosan innovatsion va yangi texnologiyalar bilan bog‘liq faoliyat turlarida uchraydi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar - foyda olish va boshqaruvda ishtirok etish maqsadida, xo‘jalik faoliyati yuritayotgan sub’ekt ustav kapitaliga qo‘yiladigan qo‘yilmalardir.
Portfel investitsiyalar - portfelni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlar (jamg‘arma va depozit sertifikatlari, sug‘urta polislari va h.)ni sotib olishdan iboratdir.
Annuitet (nemischa annuitat-yillik to‘lov) – investitsiya kirituvchi shaxsga bir xil vaqt oralig‘ida muayyan daromad keltiradigan investitsiyalardir. Bunga asosan sug‘urta va nafaqa jamg‘armalariga mablag‘ qo‘yishni misol tariqasida keltirish mumkin.
Davlat investitsiyalari deganda byudjet va nobyudjet fondlari hamda qarz mablag‘lari hisobiga markaziy va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, hamda o‘zining shaxsiy va qarz mablag‘lari hisobiga davlat korxona va tashkilotlari kiritadigan kapital qo‘yilmalar tushuniladi.
CHet el investitsiyalari - chet ellik fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatlar tomonidan amalga oshirilidigan kapital qo‘yilmalardir.
CHet el investitsiyalarining asosiy maqsadi qo‘yilgan mablag‘lari yuzasidan yuqori daromadni ta’minlash va qo‘ygan sarmoyasidan ko‘proq foyda olishdan iboratdir. Mamlakatimiz agrosanoat majmuasiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri chet el investitsiyalarining kirib kelishi bilan xorijiy banklar bilan ishlash tajribasini, xalqaro marketingni, xom ashyo va materiallar bozori hamda xalqaro savdo xaqidagi bilimlarini ham olib keladi. O‘zbekiston chet el investitsiyalarining eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish uchun boy xom ashyo resurslarga ega bo‘lgan agrosanoat majmuasiga va qishloq joylariga yo‘naltirishdan ayniqsa manfaatdordir.
CHet el investitsiyasi va qabul qiluvchi mamlakatning manfaatlari o‘zaro mos kelgan taqdirdagina to‘g‘ridan - to‘g‘ri chet el investitsiyalari mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning muhim rag‘batlantiruvchi omili bo‘lishi mumkin. Investitsiyalar bu ikki tomonlama o‘zaro harakat jarayonining ya’ni tadbirkor va investorning maqsad sari harakati natijasidir.
Loyihaning muvaffaqayati ikki tomonning ham qanchalik umumiy til topishlariga bog‘liq. SHu kunda umumiy qabul qilingan investitsion loyihalar samaradorligini baholash mezonlari va rejalari, uslublari tadbirkorlar va investorlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni ta’minlaydi. Hamma uslublar pul oqimlarini tahlil qilish tamoyillariga asoslanadi.
SHuning uchun respublikamizda chet el investitsiyalarini kiritish bilan barobar markazlashtirilgan, korxona va chet el investorlarining mablag‘larini oqilona uyg‘unlashtirib borish uchun amalga oshirishning tegishli konsepsiyalarini joriy etish lozim. Investitsiya bu respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun asosiy ishlab chiqarish vositalarini kengaytirgan holda to‘ldirib borishning yagona tizimidir. SHunday ekan investitsiyalar korxonalar uchun mashinalar, uskunalar, yangi texnologik jarayonlar va liniyalarni sotib olishga jalb qilinishi zarur. Miqdoriy ko‘rsatkichlaridan sifat ko‘rsatkichlarining ziyod bo‘lishi investitsiyaning samarasini belgilovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari foydalanishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar manbalarini quyidagi ketma-ketlikda aks ettirish mumkin:

  • o‘z moliyaviy resurslari va ichki xo‘jalik zaxiralari;

  • qarz moliyaviy mablag‘lari;

  • aksiyalarni sotish va boshqa jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar;

  • korxonalar uyushmalari tomonidan markazlashtirilgan moliyaviy mablag‘lar;

  • nobyudjet fondlari mablag‘lari;

  • davlat byudjeti mablag‘lari;

  • chet el investorlari mablag‘lari.

Qishloq xo‘jaligida chet el investitsiyalarini shakllantirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

  • chet el kapitalining ulushli ishtiroki bilan qo‘shma korxonlar tuzish;

  • to‘liq chet el investorlariga tegishli korxonalar, ularning filiallari va vakolatxonalarini tuzish;

  • chet el investori tomonidan korxonalar, bino, inshootlar qurish, korxonalardagi ishtirok ulushlari, aksiya va obligatsiyalarni sotib olish;

  • er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini va boshqa mulkchilik huquqlarini sotib olish;

  • zayom, kredit, mulk va mulkchilik huquqlarini taqdim etish.

Kirib kelgan chet el investitsiyalari, bu faqatgina iqtisodiyotga kiritilgan oddiy kapital qo‘yilma emas, balki o‘zbek korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini va texnik darajasini oshirishning birdan-bir ishonchli yo‘li hamdir. O‘zbekistonga o‘z kapitalini joylashtirish orqali chet el kompaniyasi yangi texnologiyalar, ish faoliyatini tashkil etishning yangi uslublari va jahon bozoriga chiqish imkoniyatini ham olib keladi.
Investitsiyalar har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda amalga oshiriladi. CHunki ular davlatni, tarmoq, korxonalar, va nihoyat, aholining iqtisodiy negizini mustahkamlashga sarflanadi. Erkin bozor iqtisodi bosqichma-bosqich shakllantirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar sarflanishi ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. CHunki tarmoqni ustuvor shaklda rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy bino-inshootlar, barcha turdagi zarur texnikalar, qishloq xo‘jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya inshootlari, serunum, tezpishar navlar, zotli, mahsuldor hayvonlar hamda aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash lozim.
Hozirgi davrda investitsion mablag‘lar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga ham sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu muammoning to‘g‘ri, samarali hal etilishi ma’lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini ob’ektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag‘lari tarmoqda doimiy va o‘zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa muddatlarga mo‘ljallab sarflanishi mumkin. Agarda qishloq xo‘jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta’mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo‘ljallangandir. Ularni asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb atashadi. SHu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo‘jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi. Ular qisqa muddatga sarflangan hisoblanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag‘lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo‘jaligi (korxonalar)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya-melioratsiyalashtirish natijasida xarajatlarni kamaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko‘payishi va sifati yaxshilanishini, olinadigan daromad (foyda) summasi oshishishni ta’minlaydi. Bu investitsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir.
SHularni e’tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion siyosat ishlab chiqilgan. U mamlakatda «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi, «CHet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi (1998y) qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.
Investitsiyalar maqsad hamda vazifalariga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • kapital investitsiyalar;

  • innovatsion investitsiyalar;

  • ijtimoiy investitsiyalar.

Asosiy fondlarni barpo etishga va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar, deb ataladi.
Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish va o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsiya investitsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar ijtimoiy investitsiyalar, deb ataladi.
Ular real hamda moliyaviy invaestitsiyalarga ham bo‘linadi. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag‘lar real investitsiyalarni tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, veksel, sertifikat) shakllantirishga sarflangan mablag‘lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi. Real investitsiyalarni kapital qo‘yilmalar, deb ham atash mumkin. Kapital qo‘yilmalar yalpi va sof kapital qo‘yilmalariga bo‘linadi. Real investitsiyalarning umumiy summasi yalpi kapital qo‘yilmalarini tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital qo‘yilmalardir. Sof kapital qo‘yilma yalpi kapital qo‘yilma sumasiga teng yoki kam bo‘lishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi, jumladan, korxonalar miqyosida yalpi kapital qo‘yilmani sof kapital qo‘yilmaga aylantirishga alohida e’tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, ya’ni ishga tushirilishini ta’minlash zarur.
Milliy hisoblar tizimida asosiy kapitalga hamda moddiy ishlab chiqarish vositlariga sarflangan mablag‘lar real investitsiyalar deb hisobga olinadi.
Lekin, respublika qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlari sust sur’atlar bilan rivojlantirilayotganligi moliyaviy investitsiyalar ko‘lami kengayishini talab darajasida ta’minlamayapti. Jumladan, jamoa, shirkat, fermer xo‘jaliklarida qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksellar…) chiqarilib, sotilayotgani yo‘q. Kelajakda bu muhim masalani hal etishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Davlatning iqtisodiy siyosatida qishloq xo‘jalik korxonalarida ham qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etish tadbirlari ishlab chiqilishi va ular amaliyotga tatbiq etilishi lozim.
Bozor iqtisodi sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:

  • tender asosida raqobatbardosh loyihalarni tanlashga. Bu qishloq xo‘jaligida investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta’minlaydi;

  • qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligiga. Qishloq xo‘jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlari real hisobga olingan holda iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan bo‘lishi zarur. CHunki, aksariyat hollarda loyihada belgilangan mablag‘lar ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun etmaydi, oqibatda ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho‘zilishiga olib keladi;

  • chet el investorlarini va ularning investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga jalb etishga. Buning uchun qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarga bo‘lgan shaxsiy va xususiy mulkchilikni rivojlantirish lozim va boshqalar.

Barcha omillarni e’tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi. Qishloq xo‘jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta’minlanadi. Unda bog‘zor, uzumzorlar barpo etiladi. Zotli, sermahsul chorva hayvonlari yaratiladi.
Ular yangi ish joylari barpo etilishini ta’minlaydi, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan tadbirkorlarning bilimlarini, malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ularning uyg‘unlashishi natijasida tarmoqda etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko‘paytirilib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o‘z navbatida, aholini, qayta ishlash tarmoqlarini va nihoyat, davlatning talabi qondirilishini ta’minlaydi, fuqarolarning turmush darajasini yuksaltiradi. Bularning hammasi investitsiyalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Kapital qo‘yilmalarning xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ulkan. Birinchidan, kapital qo‘yilmalar jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Kapital qo‘yilmalardagi o‘zgarishlar jami talabga etarlicha ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad (YAMD) hajmining ham o‘zgarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, kapital qo‘yilmalar korxonaning asosiy fondlari jamg‘arilishiga, ya’ni ko‘payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga sarf qilingan pul mablag‘lari boshlang‘ich bosqichda korxona faoliyati natijalariga ta’sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan, kapital qo‘yilmalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o‘sishiga olib keladi, natijada YAMD qisqaradi. Misol uchun, tugatilmagan qurilishning ko‘payishi, moddiy resurslar oshishi, to‘lanadigan ish haqining ko‘payishi hamda ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Xuddi shunday tarzda noritmik holda etkazib berilgan vositalar me’yordan yuqori bo‘lib, korxona zahiralariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ular sarflanayotgan kapital qo‘yilmalarning qiymati o‘sishiga hamda samaradorligiga ta’sir etadi.
Kapital qo‘yilmalarning miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq:

  • kapital qo‘yilma amalga oshirilayotgan loyihaga;

  • mamakatdagi va korxona faoliyatidagi iqtisodiy o‘zgarishga;

  • davlatning soliq siyosati va banklarning foiz stavkasiga;

  • tashqi savdodagi iqtisodiy holatga;

  • milliy valyutaning ichki va tashqi kursiga;

  • mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka.

Investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) qishloq xo‘jaligining har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. CHunki ular evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ulardan to‘liq va samarali foydalanish natijasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, sifati yaxshilanadi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab yanada yaxshiroq qondirilishini ta’minlaydi. SHu bilan birgalikda sof foyda summasi ko‘payadi. Natijada qishloq xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati tug‘iladi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalar, kapital qo‘yilmalarning ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi.



Download 179.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling