Mazmunĺ kirisiw
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda investitsiyalarni
Download 179.61 Kb.
|
BMI Universitet 000000
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya faoliyati ishtirokchisi
1.2. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda investitsiyalarni tutgan o‘rni
Investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doyir huquqlar. Investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq; harakatlari majmui. Investor - o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliqlarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Investitsiya faoliyati ishtirokchisi - investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Reinvestitsiyalar - investorning faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish. Investitsiyalar muljallangan ob’ektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi. Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chikarishga, shuningdek, moddiy ishlab chikarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Investorlar investitsiyalarni quyidagi yullar bilan amalga oshirishlari mumkin: yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg‘armalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulkni yoki aksiyalarni olish; qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekistan Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan KERZ majburiyatlarini olish; konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, kazib olish yoki ulardan foydalanishga bulgan konsessiyalarni olish; mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish soxalari ob’ektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek, erga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish. Investorlar investitsiyalarni qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin. Investitsiyalar birlamchi yoki takroran qo‘shiladigan shakllarining o‘zgartirilishi ularning investitsiyalar sifatidagi darajasining o‘zgarishiga olib kelmaydi. Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi: pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; kuchar va kuchmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliqlar) hamda ularga doir huquqlar; intellektual mulk ob’ektlari, shu jumladan texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bulgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau; erga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqidan kelib chiquvchi asheviy huquqlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliqlar. Moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish ob’ektlari investitsiya faoliyatining ob’ektlaridir. Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan quriqlanadigan manfaatlarini buzadigan ob’ektlarga investitsiya kiritish ta’qiqlanadi. Quyidagilar investitsiya faoliyatining sub’ektlari (investorlar va ishtirokchilar) bo‘lishlari mumkin: O‘zbekistan Respublikasining rezidentlari - fukarolari (jismoniy shaxslari), yuridik shaxslari; mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari; xorijiy davlatlar, xalkaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekistan Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari; hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlatlar va xalkaro tashkilotlar. Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq, buyurtmachi (mablag‘ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo‘lishlari, shuningdek, investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo‘lishlari mumkin. Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi bo‘lishlari mumkin. Investitsiya faoliyati jarayonida mahsulot (ishlar, xizmatlar) bahosi, qoida tarikasida, tanlov (tender) savdosi natijalariga ko‘ra, kelishilgan narxlarda belgilanadi. Investitsiya faoliyati sub’ekti bozorda monopol holatni egallagan hollarda narxlarni davlatning vakolatli organi konunlarga muvofiq; tartibga soladi. Davlat investitsiya faoliyati doirasida: davlat byudjeta va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘i hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalash yuli bilan amalga oshiriladigan investitsiya: O‘zbekiston Respublikasi hukumati kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan xolda amalga oshiriladigan investitsiya markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi. Markazlashtarilgan investitsiyalarni boshqarish davlat investitsiyalari maqsadlari uchun ob’ektlarni, investitsiyalash shart-sharoitlarini belgilashdan va ular bilan bog‘liq, boshqa masalalarni hal etishdan iborat. Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yunalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Hәr bir alohida investitsiya loyihasi buyicha yoki umuman O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi buyicha beriladigan imtiyozlarning aniq ruyxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida, tegishli investitsiya fondlari tashkil etilishi mumkin. Investitsiya faoliyati sub’ektlarining manfaatlariga muayyan tarzda daxldor umum majburiy tusdagi qonun hujjatlaridan ular erkin foydalana olishlari lozim. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari investitsiya faoliyati sub’ektlarining surovlariga ko‘ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart. Investitsiya faoliyatini cheklab quyish, tuxtatib turish yoki tugatish investorning, davlatning vakolatli organi yoki sudning karoriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliqlar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har kanday daromad O‘zbekiston Respublikasi xududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi. Tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga chet ellik investorlar tomonidan reinvestitsiya tariqasida qo‘shiladigan daromad deganda O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalashdan olingan har kanday mablag‘, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va komission muqofotlar, texnikaviy yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun tulovlar va boshqa shakldagi mukofot pullari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi xududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg‘armasining kamida o‘ttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har kanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko‘rsatadilar. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ruyxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etish va ularni davlat ruyxatiga olish tartibi O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona O‘zbekistan Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etgan xolda O‘zbekiston Respublikasi xududida yuridik shaxs huquqiga ega bulgan shu’ba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalar va boshqa alohida bulinmalar tashkil etishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bulinmalari tashkil etilishi mumkin. CHet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyati, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, ularning shu’ba korxonalari, filiallari va boshqa tuzilmalarini, shuningdek xo‘jalik uyushmalari va birlashmalarini tashkil etish, sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish, chet el nvestitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlarini shakllantirish, ijara shartnomalari va boshqa shartnomalarini tuzish buyicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, soliqlar va boshqa majburiy tulovlarni tulaydi. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha harajatlari ularning o‘z valyuta tushumlari hisobiga, shuningdek chet el valyutasini olishning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobiga ta’minlanishi lozim. Ularning valyutada o‘zini o‘zi qoplashi tuziladigan konsorsiumlar, birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar doirasida ham ta’minlanishi mumkin. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan xolda eksport-import operatsiyalarini mustakil ravishda amalga oshiradilar. Uzlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ishlab chiqarish extiyojlari uchun mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chikariladigan o‘zining ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o‘z extiyojlari uchun import kilinadigan mahsulotni aniqdash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi. CHet ellik investorlar va ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish extiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk boj o‘ndirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. CHet ellik investorlarning va chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy extiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan boj undirilmaydi. CHet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tegishli, ularning investitsiyalari sifatida qo‘shiladigan ixtirolarni patentlash va sanoat namunalarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Rekonstruksiya va tarakkiyot fondi (RTF) 2006 yilning 11 mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining UP-3751 sonli Farmoni bilan tashkil kilingan. MDH ga a’zo mamlakatlarda tashkil kilingan Fondlardan farkli ularoq, RTF barqarorlash, sug‘urta va investitsiya vazifalarini bajaradi. Bir tomondan, u nisbatan ortiqcha valyuta tushumini qabul qilish va inflyasiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi pul massasining keskin o‘sishiga yul kuymaslik hisobiga makroiqtisodiy barqorlikni ta’minlashga yunaltiriladi. Boshqa tomondan esa, u kulay jahon narxlari kon’yunkturasi natijasida olingan moliyaviy resurslarni jamg‘aradi hamda iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy o‘sishda muhim ahamiyatga eta bulgan bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va texnik modernizatsiyalash uchun foydalanadi. RTF ning bunday yunalishi O‘zbekistonga tuplangan kon’yunktura daromadlaridan past tahlilli aktivlar taqdim etayotgan mamlakatlarga mablag‘ kiritish uchun emas, balki sezilarli kapital oqimiga ehtiyoj sezayotgan o‘z mamlakatida iqtisodiy o‘sish maqsadlari uchun o‘zaro zid bo‘lgan imkoniyatlardan maqbulini tanlash (dilemmasini) masalalarini hal etishga imkon beradi. SHu bilan birga, Fond milliy valyutaning real ayirboshlash kursini oshirishni rag‘batlantirmaydi, chunki u moliyaviy resurslarni erkin konvertatsiyalanuvchi valyutada jamg‘aradi va ularni mahalliy investorlarga texnika va texnologiyalarni importdan sotib olish uchun xorijiy valyutasida takdim etadi. Bunda Fond mablag‘larini faqat zamonaviy import asbob-uskunalar va ilg‘or texnologiyalarni harid qilish uchun foydalanishga yunaltirish mumkin. Bu Fondning yana bir muxim vazifasi-birgalikda moliyalashtirilayotgan loyihalarga mahalliy va xorijiy investorlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qarzga olingan investitsiyalarini jalb etishga xizmat qiladi. Fondning investitsiya loyihalariga yunaltiriladigan mablag‘lari xorijiy investorlari uchun loyihaning iqtisodiy siyosat uchun ustuvorligi va mablag‘larni samarali kiritish imkoniyati haqida darak beruvchi uziga xos belgi vazifasini bajaradi. Bu esa Fondning investitsion imkoniyatlari loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun qo‘shimcha jalb etilgan mablag‘lar hajmiga proporsional ravishda o‘sishini anglatadi. SHunday qilib, o‘z vazifalari buyicha Fond O‘zbekistondagi boshqa qator fondlardan farq qiladi, chunki u bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishi kuzda tutilgan: makroiqtisodiy barqarorlashtirish, yangi istiqbolli ishlab chiqarishlarni yaratish, mamlakatning investitsion va innovatsion rivojlanishi orqali kelajak avlodlar uchun quyilmalar kiritish kabilar Download 179.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling