Мазу: Ча=ало=лик даврининг психологик хусусиятлари
Maxsus muassasalarga bolalarni saralash
Download 230.5 Kb.
|
Дефектология асослари маъруза матни
Maxsus muassasalarga bolalarni saralash.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni iloji boricha erta aniqlash va tegishli muassasalarga yuborishning zarurligi shundaki, umumta’lim maktablarini rivojlanishida turli nuqsoni bo’lgan bolalarning ko’pchiligi o’qiydi va ushbu maktab darsligini o’zlashtirishga qiynaladi, o’zlashtirib ololmaydilar. Defektologlarning vazifalari shundan iboratki, bolalarning aqliy bilim imkoniyatlariga va hissiy–irodaviy doiralarining xususiyatlariga mos sharoitda ta’lim olishlari, tarbiyalanishlariga imkoniyat yaratib berishdir. Maxsus maktablarni to’g’ri saralash davlat xalq ta’limi tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Ma’lum bir turdagi maxsus maktablarda tarbiyalash va o’qitilishi lozim bo’lgan bolalarni malakali saralashdan o’tkazish qabul–saralash komissiyalarning vazifalaridir. Bolani har tomonlama to’liq o’rganish, agarda u bolaning faoliyati jarayonida amalga oshirilsa muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Bolani o’rganish, tekshirishda foydalaniladigan metodlar, materiallar ham ularning yosh va individual xususiyatlarini etiborga olgan holda bo’lishi lozim. Komissiya a’zolari bola bilan aloqa o’rnatish, uning shaxsiy sifatlarini yaxshiroq anglashlari kerak. Yordamchi maktablarga bolalarni tibbiy-pedagogik komissiyaning namunali nizomi va aqliy va jismoniy nuqsonga ega bo’lgan bolalarni yordamchi maktablarga qabul qilish qo’llanmasi asosida amalga oshiriladi. Komissiya bir kunda 10 tadan ko’p bo’lmagan bolalarni tekshirishi lozim. Tibbiy–pedagogik komissiya yil davomida ishlaydi. Komissiya a’zolari xalq ta’limi bo’limi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya azolariga, vrach psixonevrolog, pedagog-defektolog, psixolog, logoped kiradi. Komissiya raisi bo’lib, xalq ta’limini bo’limining vakili (Respublika komissiyasida xalq ta’limi vakili) komissiya raisining muovini qilib-sog’liqni saqlash bo’limining vakili (Respublika komissiyada–sog’liqni saqlash vazirligining vaklli) tayinlanadi. Tibbiy o’rganish o’ziga oftalmologik, otolaringologik, somatik, nevrologik, psixiatrik, tekshirishlarini kiritadi. Komissiyada bolani avval tibbiy tekshirishdan o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Tibbiy pedagogik komissiyada tekshirish usullari: Tibbiy tekshirish. Psixologik tekshirish. Pedagogik tekshirish. logopedik tekshirish. Bola har tomonlama tekshirilgandan so’ng ma’lumotlar bayonnomalarda qayd etiladi. Unda qisqa analitik ma’lumotlar, umumiy xulosalar, boshqa buzilishlar haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bolaga tavsiya etilgan maktab turi shuningdek, zarur davolash ishlari ko’rsatiladi. Bayonnomalar bola yuboriladigan bolalar bog’chasi, maktab internatida bo’ladi. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling