Mazvzu: Iqtisodiyot nazariyasi-barcha iqtisodiy fanlarning uslubiy poy devoir va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi ekanligi reja


Bozor munosabatlarini tahlil qilishning boshlang’ich tamoyillari


Download 149.74 Kb.
bet9/18
Sana05.01.2022
Hajmi149.74 Kb.
#234005
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Umarov Abduqaxxor nazariya

1. Bozor munosabatlarini tahlil qilishning boshlang’ich tamoyillari.
Har qanday iqtisodiy tizim iqtisodiy tashkil etishning umumiy muammolari, ya’ni nima, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarishni hal etishga yo’naltirilgan. Biroq har bir iqtisodiy tizim bu muammolarni o’z holicha, mazkur tizimning amal qilishi uchun xos bo’lgan usul va tamoyillardan kelib chiqqan holda hal etadi.

Bozor tizimi uchun talab va taklif, narxning tashkil topishi, erkin raqobat mexanizmlari vositasida amalga oshiriladigan iqtisodiy jarayonlarning o’zini-o’zi tashkil etishi va o’zini-o’zi tartiblashi xosdir. Bu mexanizmlar bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etuvchi tamoyil va institutlar bilan bevosita bog’liqdir. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) xususiy mulkchilik; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) xulq-atvorning bosh motivi sifatidagi xususiy manfaat; 4) raqobat; 5) narx tashkil topishining bozor tizimi; 6) davlat rolining cheklanishi.

«Sof kapitalizm» (laissez faire) bozor tizimining mazkur belgilari real hayotda, ayniqsa hozirgi davrda hech qachon mavjud bo’lmagan. Shunga ko’ra, bu model ma’lum darajada ideal hisoblanadi, biroq uni ko’rib chiqmay turib, bozor tizimining amal qilish mexanizmini ochib berib bo’lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti nazariyasi sifatida «Ekonomiks» aynan bozor tizimning tashkil topish modellari, tamoyillari va amal qilish mexanizmlarini tadqiq etadi. Bunda «ekonomiks» iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda funkstional yondashuvni amalga oshiradi, ya’ni yuzaki iqtisodiy shakllarni, ular o’rtasidagi funkstional aloqalarni tahlil etishga e’tiborni jamlaydi. Bu bozor aloqalarini tahlil qilishning boshlang’ich tamoyillarini hamda tadqiqotning xususiy usullari majmuini belgilab beradi.

Bozor munosabatlarining boshlang’ich tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Tahlil tashqi iqtisodiy shakllar bilan cheklanib, ular ortida yashiringan chuqur aloqalar o’rganilmaydi.

2. Iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv tavsifi inkor etilib, ularning talqini sub’ektiv-psixologik nuqtai nazardan amalga oshiriladi. «Abadiy» va «tabiiy» deb izohlanuvchi iqtisodiy qonunlarning tarixiy tavsifi inkor etiladi.

3. Iqtisodiy qonunlarning ijtimoiy tavsifi inkor etiladi, ularni faqat muayyan individ, korxona yoki firma uchun ahamiyatga ega bo’lgan sabab-oqibat aloqalari orqali tushuntiriladi.

4. Bozorning tahlili mikroiqtisodiy nazariya nuqtai-nazaridan amalga oshirilib, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar esa mikro- ko’rsatkichlarning shunchaki yig’indisi sifatida ko’rsatiladi.

5. Muomala sohasining jamiyat iqtisodiy hayotidagi belgilovchi roli to’g’risidagi ayirboshlash konstepstiyasi ilgari suriladi. Iqtisodiy qonun tushunchasi faqat muomala sohasi doirasi bilan chegaralanadi.

6. Neoklassik maktab klassik maktab (A.Smit va D.Rikardo) bilan aloqani uzib, o’zining shaxsiy nazariy asosini ishlab chiqadi, noiqtisodiy hodisalar (psixologik, biologik, ahloqiy, tarixiy, huquqiy va h.k.)ni keng jalb etadi.

7. Bozor vositasida tartibga solish kapitalistik iqtisodiyotni inqirozsiz rivojlanishini ta’minlay oladi, degan qoidani ilgari suradi.

8. Kapitalizmning iqtisodiy inqirozlar, ishsizlik, ishlab chiqarish anarxiyasi, jamiyatning boylar va qashshoqlarga tabaqalanishi kabi ziddiyatlarini tabiiy deb hisoblanadi. Ularni kapitalizmni takomillashtirish orqali bartaraf etish mumkin, deb hisoblanadi («xalq», «rejali», «tashkil etilgan», «demokratik» kapitalizm konstepstiyalari).

9. Ham kapitalistik, ham sostialistik tuzumlardan farqlanuvchi kapitalizm transformastiyasi konstepstiyasi ilgari suriladi («industrial», «postindustrial», «superindustrial», «texnotron», «programmalashtirilgan», «poststivilizastion», «postburjua», «umumiy iste’mol jamiyati» nazariyalari).

Mazkur tamoyillarni amalga oshirishning misoli sifatida qiymat muammosini keltirish mumkin. Eng keng tarqalgani qiymat nazariyasining neoklassik yo’nalishi hisoblanadi. Bu yo’nalishning asoschisi bo’lib Kembridj universiteti iqtisodiyot fanlari professori A.Marshall, taniqli namoyondasi bo’lib amerikalik iqtisodchi P.Samuelson hisoblanadi.

Marshall qiymat muammosi bo’yicha cheksiz bahslashuvni samrasiz deb hisoblab, mehnatning qiymat nazariyasini so’ngi qo’shilgan foydalilik nazariyasi bilan, shuningdek, talab va taklif nazariyasini ishlab chiqarish xarajatlari bilan birlashtirishga urindi. Natijada narxning kengaytirilgan nazariyasini ishlab chiqdi. Tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan abstrakt mehnati sifatidagi qiymatning mavjudligini inkor etgan holda, Marshall haqiqatda faqat narxlar, bir tovarlarning boshqalari yoki pulga ayirboshlash mumkin bo’lgan nisbatlar mavjud bo’lishini ta’kidlagan. Shunday tarzda, «qiymat» kategoriyasining mohiyatini tashkil etuvchi kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ayirboshlashdagi narsalar o’rtasidagi munosabatlar bilan almashtirib, u asosiy e’tiborni mazkur iqtisodiy kategoriyaning mazmuni hamda boshqa kategoriyalar bilan sabab-oqibat bog’liqliklarini tushuntirishga emas, balki turli hodisalar o’rtasidagi tashqi funkstional bog’liqliklarni o’rnatishga qaratdi. Agar klassik iqtisodiyot nazariyasining diqqat markazida qiymat tursa, ekonomiksning mantiqiy sxemasi markazida narx va narxning tashkil topishi turadi.

Xuddi shunday tarzda «pul» kategoriyasini ta’riflashda g’arb iqtisodchilari umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovar sifatidagi mohiyatdan emas, balki «likvidlilik» darajasidan, ya’ni bevosita tovarlarga ayirboshlana olish qobiliyati darajasidan kelib chiqadilar. Natijada hosil bo’lgan pul agregatlari faqat to’lov vositalarini emas, balki «potenstial» pullarning turli elementlari – jamg’arma, qimmatli qog’ozlar va h.k.larni ham o’z ichiga oladi. Shu bilan birga, pulning qaysi vazifasini asosiy deb hisoblashdaridan kelib chiqqan holda uni turli mualliflar turlicha ta’riflaydilar.

Ekonomiks «kapital» kategoriyasining mohiyatiga ham chuqur kirmaydi. Agar klassiklar kapitalni kishilar o’rtasidagi munosabat asosida o’z-o’zidan o’suvchi qiymat sifatida ta’riflasa, ekonomiks kapitalning yaqqol namoyon bo’luvchi xossasi – uning foiz ko’rinishida pul daromadi keltirish qobiliyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun diqqat markazida foyda (ishlab chiqarish) turuvchi klassik siyosiy iqtisodga qarama-karshi o’laroq, kapitalning zamonaviy nazariyalari asosini foiz tashkil etadi. Kapitalning g’arbga oid konstepstiyasining mohiyati shundaki, ishlab chiqarish va kapitalistik daromadni o’zlashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari kapitalning buyumlashgan shaklini tashkil etuvchi ob’ektlarning fizik yoki texnik-iqtisodiy xossalaridan keltirib chiqariladi. Kapital umumiy, tarixdan tashqaridagi kategoriya sifatida namoyon bo’ladi.

Shunday qilib, ekonomiks ishlab chiqarish munosabatlarining ijtimoiy jihatlaridan ko’z yumib, diqqat e’tiborni funkstional aloqalar va miqdoriy tahlilga qaratadi.

Ekonomiks nazariy tuzilishining asosiy metodologik tamoyillarini ko’rib chiqamiz.




Download 149.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling