Mazvzu: Iqtisodiyot nazariyasi-barcha iqtisodiy fanlarning uslubiy poy devoir va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi ekanligi reja


Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tizimi


Download 149.74 Kb.
bet2/18
Sana05.01.2022
Hajmi149.74 Kb.
#234005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Umarov Abduqaxxor nazariya

2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tizimi
Iqtisodiy fanning vazifasi, boshqa har qanday fanniki singari faktlarni to’plash, ularni tizimga solish va ulardan xulosa chiqarishdan iborat. «Kuzatish va bayon etish, aniqlash va turkumlash, deb yozadi Shmoller, bular faqat tayyorgarlik ishlari xolos. Biroq biz bular orqali erishishga intilayotgan narsa iqtisodiy hodisalarning o’zaro aloqadorliklarini bilishni namoyon etadi» (A.Marshall. «Prinstipы politicheskoy ekonomii», t.1, kn.1, s.85, «Progress» 1983g.). Boshqacha aytganda, iqtisodiy fanning vazifasi bo’lib iqtisodiy qonunlarni ochib berish hisoblanadi.

Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv bo’lib, bu ularning kishilar ongi va erkiga bog’liq emasligini anglatadi. Iqtisodiy fan tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar ob’ektiv mavjud bo’lgan iqtisodiy qonunlarning nazariy ifodasini namoyon etadi. Demak, ular o’rtasidagi farq qonunlarning ob’ektiv reallikni ilmiy ong prizmasi orqali sub’ektiv ifoda etilishida namoyon bo’ladi.

Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularning amal qilishi faqat jamiyatga taalluqli bo’lib, ularning aksariyat qismi vaqtinchalik, o’tish tavsifiga ega bo’ladi.

Siyosiy iqtisod va ekonomiksdagi qonunlarni tushunishda tafovut mavjud. Agar siyosiy iqtisod iqtisodiy qonunlar yordamida ishlab chiqarish munosabatlarining mohiyatli jihatlarini ochib bersa (ya’ni, tadqiqot chuqur mohiyat darajasida amalga oshirilsa), ekonomiks yuzaki iqtisodiy jarayonlar bilan ish olib borib, qonunlarning o’zini emas, balki ularning namoyon bo’lish shakllarini tahlil qiladi, ya’ni rivojlanishning ma’lum tendenstiyalari va qonuniyatlarini aniqlab beradi. Jumladan, P.Samuelson shunday yozadi: «Bizning qonunlarimiz faqat o’rtacha holatda amal qiladi, bu o’rtacha atrofida ahamiyatli darajada tebranadi, ular ehtimollar qonuni hisoblanadi».1 Bu erda so’z mohiyatiga ko’ra qonuniyatlar va tendenstiyalar haqida boradi.

K.Makkonnell ham «qonunlar», «prinstiplar», «nazariyalar» va «modellar» singari tushunchalar sinonim sifatida qo’llanilishi, chunki ular individ va institutlarning iqtisodiy xulq-atvoridagi qonuniyatlarni umumlashtirilishi va qayd qilinishini aks ettiradilar. Ekonomiks kamyoblik qonuni, samaraning pasayib borishi qonuni, talab qonuni, daromadning pasayib borishi qonuni, so’nggi qo’shilgan naflilikning pasayib borishi qonuni va shu kabi qonunlar bilan ishlaydiki, bularning barchasi tendenstiya sifatida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning chuqur jarayonlari bilan yuzaki jarayonlari tahlilining uyg’unlashuvi iqtisodiyot nazariyasini faqat boyitadi.

Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlarni quyidagi ko’rinishlari bo’yicha tizimga ajratadi:

1. Umumiy qonunlar – kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar tavsifi va rivojlanish darajasiga muvofiq kelishi qonuni va h.k.

2. Xususiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, qiymat qonuni.

3. Maxsus qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.

4. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiluvchi qonunlar. Masalan, erkin raqobat qonunlari monopolistik raqobat qonunlaridan farq qiladi.

Bu qonunlar ichida tizimni tashkil etuvchi sifatida muayyan ishlab chiqarish munosabatlaridagi asosiy prinstipni aks ettiruvchi asosiy iqtisodiy qonun maydonga tushadi.

A.Marshall: «Fan o’z qonunlarining soni va aniqligini oshira borib, ularni tobora qattiq tekshiruv ostiga olib, oldinga intiladi. Bu holat to yagona, asosiy qonun uning qisman namoyon bo’lishini ifodalovchi bir qator nisbatan tor qonunlarni to’liq qamrab olgungiga va almashtirgunga qadar davom etadi»2 deb yozadi.

Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni, ya’ni iqtisodiy hodisalarning alohida tomonlarini tavsiflovchi ilmiy tushunchalarni ishlab chiqadi. Masalan, qiymat qonunining amal qilishi qiymat, pul, tovar, kredit, moliya va h.k. singari bir qator iqtisodiy kategoriyalar orqali namoyon bo’ladi.

Ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni bilish va ulardan foydalanish iqtisodiyot nazariyasining tub muammosi hisoblanadi. Bu ko’p qirrali muammolar bir qator murakkab masalalarning hal etilishini taqozo etadi:

1. Jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi alohida iqtisodiy qonunlarning ochib berilishi va tadqiq etilishi, ular tizimining aniqlanishi. Iqtisodiy qonunlarni bilish jarayoni, har qanday boshqa bilish jarayoni singari, cheksizdir. U yangi qonunlarni ochib berish, aniqlangan qonunlar doirasini kengaytirish bilan birga ularning mazmunini yanada chuqurroq ochib berishga yo’naltirilgan. Ayniqsa, ularning ichki mantiqini, koordinastiya va subordinastiyasini ochib berilishi katta ahamiyat kasb etadi.

2. Iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish shakli, ularning o’zaro aloqasi, harakati va o’zaro ta’sirining namoyon bo’lish shakllarini tadqiq etish. Busiz iqtisodiy qonunlar tizimini ochib berish, ulardan foydalanish yo’llari, shakllari va usullarini aniqlash mumkin emas. Bu, xususan, umumiy va maxsus qonunlarning nisbati to’g’risidagi masalaning aniqlab berilishini talab etadi.

3. Iqtisodiy jarayonlarda ob’ektivlik va sub’ektivlikning nisbatini to’g’ri tushunishni taqozo etuvchi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilishi, ulardan ongli ravishda foydalanish mexanizmini ochib berish.

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar o’rtasidagi to’g’ri va teskari aloqalar qonunlarning amal qilish mexanizmi yoki iqtisodiy mexanizmni tashkil etadi. Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy tizim tomonidan yaratilganligi sababli ob’ektiv hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilarining empirik yoki ongli ravishdagi harakatining natijasi sifatida jamiyatning xo’jalik mexanizmi tarkib topadi.

Iqtisodiy kategoriya sifatidagi xo’jalik mexanizmining asosiy mazmunini tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Biroq, bu kategoriya ishlab chiqarish munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi munosabatlarni (kooperastiya, mehnatning ixtisoslashuvi va taqsimoti va h.k.), shuningdek, iqtisodiy ustqurma (iqtisodiy ong; iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi muassasalar; xo’jalik huquqi; iqtisodiy siyosat)ni ham o’z ichiga oladi. Jamiyat uchun samarali amal qiluvchi xo’jalik mexanizmi zarur. Buning mezoni sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar resurslaridan tejamli foydalanish maydonga tushadi. Iqtisodiyot nazariyasi rastional xo’jalik munosabatlarini tarkib toptirishga ko’maklashishga qaratilgan. Buni u individlar va jamoat tashkilotlari iqtisodiy xulq-atvori prinstiplarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiradi.


Download 149.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling