Mazvzu: Iqtisodiyot nazariyasi-barcha iqtisodiy fanlarning uslubiy poy devoir va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi ekanligi reja


Iqtisodiy fanlar tizimi va ularning iqtisodiyot nazariyasi bilan o’zaro bog’liqligi


Download 149.74 Kb.
bet3/18
Sana05.01.2022
Hajmi149.74 Kb.
#234005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Umarov Abduqaxxor nazariya

3. Iqtisodiy fanlar tizimi va ularning iqtisodiyot nazariyasi bilan o’zaro bog’liqligi
Iqtisodiy fan o’z ichiga bir butun fanlar tizimini oladi. Mazkur tizimda fanlar differenstiastiyasi (tabaqalanishi) va integrastiyasining uzluksiz jarayoni boradi, ilmiy muassasa va olimlarning ixtisoslashuvi ro’y beradi.

Iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o’rinni barcha boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va metodologik asosi hisoblangan iqtisodiyot nazariyasi egallaydi. Bu fanlar iqtisodiyot nazariyasining xulosa va qoidalaridan iqtisodiyot va tarmoq muammolarini hal etishga tatbiqan foydalanadilar. O’z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning natijalaridan foydalangan holda, iqtisodiyot nazariyasi nazariy xulosalarning to’g’riligini tekshiradi va o’zining yanada rivojlanishi uchun zarur materiallarga ega bo’ladi.

Hozirda iqtisodiy fanlarni to’rtta guruhga ajratish mumkin:

1. Iqtisodiyot nazariyasi va uning asosiy yo’nalishlari: siyosiy iqtisodiyot, ekonomiks, umumiy (universal) iqtisodiyot nazariyasi.

2. Umumiy iqtisodiy fanlar: jamiyat iqtisodiy rivojlanishi tarixi, iqtisodiy geografiya (yoki ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish), iqtisodiy statistika, shuningdek, integrastiyalashgan fanlar – boshqarish va tartibga solish nazariyasi, demografiya (nufus to’g’risidagi fan).

3. Funkstional fanlar: mehnat iqtisodiyoti, prognozlashtirish, moliya, pul muomalasi, kredit, marketing.

4. Tarmoq fanlari: sanoat, transporta, qurilish, aloqa, qishloq xo’jaligi va h.k. iqtisodiyoti. Shuningdek, bu fanlar qatoriga nisbatan yangi hisoblangan quyidagi fanlarni ham kiritish mumkin: ta’lim, maishiy xizmat ko’rsatish, turizm iqtisodiyoti va boshqalar.

Siyosiy iqtisod rivojlanishi hali past darajada bo’lgan, sostial ixtiloflar kuchli o’rin egallagan jamiyatlar uchun zarur. Ekonomiks esa boy, postindustrial, sostial-sinfiy tuzilma doirasidan chiqib bo’lgan jamiyat uchun ko’proq foydalidir. Universal iqtisodiy nazariya jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarini qamrab oladi va ifodalaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi ta’riflab o’tilgan fanlar, shuningdek sostiologiya, psixologiya, taix va boshqa fanlarning yutuqlarini hisobga oladi.

Iqtisodiy fanlar tizimi va ularning turkumlanishi ilmiy bilimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashib borishi jarayonini aks ettiradi, jamiyat iqtisodiy munosabatlarining turli-tumanligi to’g’risida guvohlik beradi. Iqtisodiy fan tabaqalashuvining jadallashuvchi jarayoni ham iqtisodiyot nazariyasi, ham boshqa iqtisodiy fanlarga taalluqli bo’lgan bir qator metodologik muammolarni ilgari suradi. Ular qatoriga iqtisodiyot nazariyasi va tarmoq iqtisodiyoti fanlari predmetining farqlanishi, ularning mazmunini tashkil etuvchi iqtisodiy munosabatlarni aniqlash masalasi kiradi.




Download 149.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling