MchJ raxbari kelgusida «Xizmat ko’rsatuvchi»
SHARTNOMANING BAJARILISHI
Download 23.43 Kb.
|
xizmat ko\'rsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5. SHARTNOMANING BAJARILISHI
5.1 Shartnoma qonun xujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi shart. Agar tomonlar uz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta'minlasa shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi. 5.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun xujjatlarda belgilangan xollar bundan mustasno. 5.3. «Buyurtmachi»ning roziligi bilan xizmat muddatidan oldin xizmat ko’rsatilishi mumkin. 5.4. «Buyurtmachi» muddatlari buzilgan xolda yetkazib berilgan buyurtmani qabul qilishni rad etishga xaqli. 5.5. «Buyurtmachi» ma'sul xodimini «Xizmat ko’rsatuvchi»ga berilgan buyurtmani olib kelish uchun jonatiladi, va «Buyurtmachi» ning ma'sul xodimi shartnoma bo’yicha «Buyurtmachi» ning buyurtmasini qabul qiladi. 5.6. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan buyurtma bevosita «Buyurtmachi»ning buyurtmanomasida ko’rsatilgan muddatlar va xajmda mazkur shartnomada ko’rsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. 5.7. «Buyurtmachi» ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud buyurtmaning tegishli turkumlarini yetkazib berish sanasini o’zgartirishga xaqlidir, bu xaqda “Xizmat ko’rsatuvchi”ning buyurtmanomasida ko’rsatilgan sana boshlanishidan kamida 1-kun oldin xabardor qiladi. 6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 6.1. Ko’rsatilayotgan xizmat sifati “Xizmat ko’rsatuvchi” tomonidan noto’g’ri aniqlanishi, ularning qiymati noto’g’ri belgilanishi va undirilishi xollari aniqlangan taqdirda “Xizmat ko’rsatuvchi” ko’rsatilgan xizmatning sifatini shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan xolda qayta hisob kitob qiladi va hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashkari “«Buyurtmachi»”ga noto’g’ri hisob-kitob qilingan summaning 20% miqdorida penya to’laydi. 6.2. Agar ko’rsatilgan xizmatning sifati, assortimenti, navlari, standart texnik shartlar talablariga namunalarga yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda aybdor tomon yetkazib berilgan sifati zarur darajada bo’lmagan buyurtma qiymatining 20% miqdorida penya to’laydi. 6.3. Xizmat ko’rsatib berish bo’yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarilishi rad etilganligi uchun xizmat ko’rsatuvchi «Buyurtmachi»ga belgilangan ustamalardan tashkari ko’rsatilishi kerak bo’lgan xizmatning 20% miqdorida penya to’laydi. Jarimadan tashkari “Xizmat ko’rsatuvchi” “«Buyurtmachi»”ga xizmat ko’rsata olmasligi natijasida aniqlangan zararni to’laydi. 6.4. Xizmat ko’rsatish kechiktirilgan yoki to’liq xizmat ko’rsatilmagan taqdirda “Xizmat ko’rsatuvchi” “«Buyurtmachi»”ga kechiktirilgan xar bir kun uchun majburiy bajarilmagan qismining 0,5% miqdorida penya to’laydi. Biroq bunda penyaning umumiy summasi ko’rsatilmagan xizmatning qiymatining 50% dan ortiq bo’lmasligi kerak. 6.5. Ko’rsatilgan xizmat uchun o’z vaqtida xaq to’lanmaganda “«Buyurtmachi»” “Xizmat ko’rsatuvchi”ga muddati kechiktirilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan to’lov summasining 0,4% miqdorida penya to’laydi, biroq bu kechiktirilgan to’lov summasining 50% dan ortiq bo’lmasligi kerak. 6.6. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo’llaniladi. Download 23.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling