Mchjda Korxona mehnat resurslari va ularni boshqarish Reja
Xodimlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishi
Download 45.63 Kb.
|
mehnat resurs
3.2 Xodimlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishi
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda boshqaruv faoliyati demokratlashtirishga yo‘naltirilganligi va jamoada ishbilarmonlik sherikliklarini o‘rnatish bilan ajralib turadi. Kompaniya rahbariyatining asosiy vazifasi - faol kadrlar siyosatini olib borish va xodimlarning individual xususiyatlari va kasbiy mahoratini inobatga olgan holda ularning tashabbuskorligi va ijodiy faolligi uchun sharoit yaratish. Xodimlarning malaka darajasini saqlab qolish uchun har yili kadrlar attestatsiyasi o‘tkaziladi. Attestatsiya natijalariga ko‘ra kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish rejasi ishlab chiqiladi, so‘ngra kadrlar o‘zgarishi amalga oshiriladi. Shu bilan birga, kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish davom etayotganiga qaramay, umumiy malaka darajasi umuman past darajadagi ishchilar sonining kamayishiga qaramay, asosan o‘rtacha darajada. Ijtimoiy va psixologik omillar korxona faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Korxona rahbariyati jamoada sog'lom ish muhitini yaratishga, texnik jihozlangan ish joylarini tashkil qilishga muvaffaq bo‘ldi. Yosh mutaxassislarga o‘qish, ularga moslashuvchan ish vaqti bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi. Har xil yig‘ilishlarda va rejalashtirish yig'ilishlarida rahbariyat turli bo‘limlar va guruhlar ishini baholaydi. Ijobiy natijalar bo‘lsa, alohida ishchilarga ham, guruhlarga ham minnatdorchilik bildiriladi. O‘zbekistonda mehnat resurslarining soni, salmog‘i va o‘sish sur’atlarini xalq xo‘jaligi tarmoqlarida va respublika hududida taqsimlanishi, nihoyat mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi o‘ziga xosdir. O‘zbekistonda tabiiy o‘sishning yuqori bo‘lishi, aholisi tarkibida yosh avlod ko‘p bo‘lishi, o‘z navbatida, mehnat yoshidagi aholi salmog‘ining nisbatan kamayishiga olib keladi. Ma’lumki mehnat yoshidagi aholi ishlab chiqarishda turli sabablarga ko‘ra ishtirok etolmaydi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish, armiya xizmatini o‘tash, ishlashga sog‘lik yo‘l qo‘ymasligi va har xil obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra vaqtincha ishlamaslikka sabab bo‘ladi. Korxonalarda qo‘llaniladigan ijtimoiy va psixologik rag'batlantirish usullari orasida dam olish xonalarini yaratish, korporativ tadbirlarni tashkil etish ham bo‘lishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyati ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yо‘llarini doimo qidirishni talab qiladi. Agar shunday qilinmas ekan, korxonaning qat’iy raqobat muxitida omon qolishi qiyindir. Bu ayniqsa, kichik va о‘rta korxonalarga tegishlidir. Avval aytib о‘tilganidek, ularning vujudga kelishi va rivojlanishining barcha bosqichlarida qiyinchiliklar va hal qilinmagan muammolar juda kо‘p uchraydi. Tadbirkor muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun oddiy bozor omillari (mahsulotni doimo yangilash, sifatini oshirish, marketing tadqiqotlari, muvaffaqiyatli raqobat va boshqalar)dan tashqari о‘z faoliyatining samaradorligiga erishishning turli-tuman yо‘llaridan foydalanishi zarur. Bular quyidagilardir: - ilg‘or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foydalanish; - xom ashyo va materiallarning yangi turlarini qо‘llash; - asosiy fondlardan yaxshiroq foydalanish; - aylanma mablag‘larni aylanishini jadallashtirish; - mehnatni tashkil qilishning samarali shakllari va usullarini qо‘llash; - menejment fani va amaliyotining ilg‘or yutuqlaridan foydalanish; - mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish va boshqalar. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo`jalik yuritishning bozor tizimi qamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo‘lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yo‘qotish bilan izohlash mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin: •ishlab chiqarish va mehnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda kompleks ravishdagi mehanizatsiyalashtirish; •asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish; •progressiv, mehnat qamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish; •xom ashyo va materiallar (meqnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish; •ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish; •ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish. Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina hoxish va istaklarning o‘zigina yetarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo‘lgan yo‘nalishlarini izlash va aniqlash, ikkinchidan, pul mablag‘larini va boshqa zarur bo‘lgan resurslar (investitsiyalar) izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiytexnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni “bog‘lash”, to‘rtinchidan, o‘z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samaraliligini qisoblab chiqish talab qilinadi. Fan-texnika taraqqiyoti so‘nggi paytlargacha evolyutsion ravishda rivojlanib kelmoqda edi. Asosiy e’tibor amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish, mashina va uskunalarni qisman zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora-tadbirlar ma’lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi. Korxona faoliyatining samarali bo‘lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o‘rinni egallaydi. Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullaridan foydalanish orqali erishiladi. Samaradorlikning asosi xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirishdadir. Korxona xo‘jalik yuritishining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida mehnat mahsuldorligi, fond qaytimi va fond sig‘imi, material sig‘imi, mehnat sig‘imi, rentabellik va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Korxonaning barqarorligi yoki nochorligi uning samarali yoki samarasiz faoliyat yuritishini mos ravishda aks ettiradi. Bu jihatdan bugungi xo‘jalik yuritish amaliyoti to‘lov qobiliyati koeffitsienti, xususiy va qarzga olingan aylanma mablag‘lar nisbati koeffitsienti, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti va xususiy aylanma vositalar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti kabi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi. Turli korxonalarda xo‘jalik yuritish samaradorligiga o‘z imkoniyatlari va yuzaga keluvchi iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda turli usullar yordamida erishiladi. Download 45.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling