Mebel buyumlarini pardozlash


Download 259.5 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi259.5 Kb.
#1350573
Bog'liq
MEBEL BUYUMLARINI PARDOZLASH


ASOSIY QISM


MEBEL BUYUMLARINI PARDOZLASH


Pardozlash turlari
Yog'och va yog'och materiallarni pardozlash deganda, ular yuzasida
suyuq lok-bo'yoq, plyonka va list materiallar yordamida himoya-dekorativ
qoplamalar hosil qilish ishlari tushuniladi.
Ishlatiladigan pardoz materiallari, ularni surtish texnikasi va ishlov
berish shakllariga ko'ra pardozlash quyidagi turlarga bo'linadi:
— shaffof, yog'och teksturasi saqlanib qoladi va u parda qatlam tagidan
ko'rinib turadi;
— noshaffof, yog'och teksturasi, rangi ko'rinmaydi;
— o'xshatma pardoz, bunda oddiy yog'ochning tashqi ko'rinishi ko'rkamlashadi, qimmatbaho yog'ochga o'xshatib pardozlanadi.
ShafTof pardoz. U yog'och yuzasida suyuq yoki plyonkali materiallar ishlatish natijasida olinadi. Bunda yog'ochning tabiiy rangini o'zgartirish lozim bo'lsa, yog'och yuzasi oldindan bo'yoq moddalar bilan ishlanadi.
Shaffof qoplamaning eng oddiy ko'rinishi - yog'ochga surtilgan shaffof lokning yupqa qavatidir. Bunda yog'och lokning ma'lum bir qismini shimib oladi, bir qismi esa yog'och sirtida yupqa shaffof parda (qatlam) / hosil qiladi (209-rasm). Yog'och lokni bir tekisda shimmaydi: bo'sh qatlamlar ko'p, zich qatlamlar esa kam miqdorda lok shimadi. Agar birinchi lok qatlami quriganidan so'ng ikkinchi marta lok surtilsa, u yog'och tomonidan
shimilmaydi yoki juda oz miqdorda shimiladi, chunki yog'och yuzasi birinchi qatlam bilan gruntlanib qolgan bo'ladi. Ikki-uch qatlam lok surib g'ovaklari ochiq pardozlangan lok qatlami olinadi (209-a rasm). Masalan, yog'ochni nitroloklar bilan qo'lda pardozlash natijasida himoya qatlamlari maxsus gruntovkalar ishlatmasdan hosil qilinadi.
Lokni ko'p marotaba surtish va uni yog'och g'ovaklari orasiga ishqalab, yog'och yuzasidagi g'ovaklar bekilgan lok qoplamalari olish mumkin (209-b rasm). Masalan, nitroloklar bilan pardozlashda lok hosil qilgan parda qatlamni maxsus suyuqliklar bilan ishqalanadi (tekislanadi).
Lok hosil qilgan plyonkani tekislovchi suyuqlik bilan ho'llangan tampon yordamida tekislanganda yog'och g'ovaklari bekilib qoladi.
Ammo ishlab chiqarishda lok sarfini kamaytirish uchun pardozlanadigan yuzaga oldindan yog'och teksturasi va rangi saqlanib qoladigan runtovka 2 bilan ishlov beriladi. Gruntovka uchun eng arzon, suyultirilgan iniq loklar ishlatiladi yoki pardozlanadigan yuzaga nisbatan yuqori adgeziyalik xususiyatiga ega bo'lgan parda hosil qiluvchi moddalarning eritmasidan foydalaniladi. Ayrim aqtlarda gruntlovchi tarkiblarga
kukunsimon to'ldirgich moddalar qo'shiladi. Kukunsimon to'ldirgich qo'shilgan gruntlovchi tarkiblar g'ovak to'ldirgichlar 3 deb ataladi. Yuzalarni spirtli loklar bilan pardozlashda gruntovka va g'ovak to'ldirgichlar o'rnida mo'mli mastikalar ham ishlatiladi.
Suyuq gruntovkalar ishlov beriladigan yuzalarga surtiladi, g'ovak-to'ldirgich va mastikalar esa sirtga ishqalab yotqiziladi, shunda yog'ochdagi g'ovaklar to'la bekiladi.
G'ovak to'ldirgichlar va gruntovkalardagi parda hosil qiluvchi materiallar, qisman yog'ochga shimiladi va uning sirtida yupqa parda qatlami ko'rinishida qoladi. 209-d rasmda g'ovak to'ldirgichli shaffof (tiniq) qoplamaning tuzilishi ko'rsatilgan.
Shaffof himoya dekorativ qoplamalar chiroyli teksturaga ega bo'lgan
yog'ochlarda qo'llaniladi. Ularga asosan bargh daraxtlar va ayrim ninabargli daraxtlar (archa, tilog'och)dan olingan yog'ochlarni ko'rsatish mumkin.
Shaffof himoya qoplamalari buyumlarning orqa yuzalarini ham pardozlash uchun ishlatiladi.
Noshaffof pardoz. Yog'och yuzasida bir xil rangli shaffof, gulli qoplamalar suyuq (emallar, loklar) yoki plyonkali (qoplangan) materiallar bilan hosil qilinadi
Noshaffof qoplamalar yuzaga bir necha qatlam emal bo'yoqlarini yotqizish orqali olinishi mumkin. Xuddi shaffof parda qatlamlarida bo'lgani kabi emal bo'yoqlarida ham ochiq va yopiq g'ovakli qoplamalarni olish mum\kin. Ularning tuzilishi bir-biriga aynan o'xshash bo'ladi. Yaltiroq yoki xira silliq noshaffof qoplamalar olish uchun grunt qatlami berilgan yuzalarda yoppasiga shpatlovka ishlari bajariladi. Ayrim notekisliklar (ezilgan joy, sinib uchib ketgan joylar)dan iborat bo'lgan yuzalarni tekislash uchun esa o'sha joylarni o'zinigina shpatlovka qilinadi.
Ayrim joylar 6 va yoppasiga (yaxlit) 5 shpatlovka qilingan joylar quriganidan keyin yuza qum qog'oz bilan jilvirlanadi va u noshaffof lok yoki emal bilan qoplanadi. 209-e rasmda noshaffof bir xil rangli silliq qoplama tuzilishi ko'rsatilgan. Ko'p rangli shakldor qoplamalarni olish uchun yuzalar bir necha xil rangli lok yoki emal bilan trafaretlar yordamida qoplanadi.
Ninabargli va ayrim arzon daraxt yog'ochJaridan, yog'och qirindili, yog'och tolali plitalardan tashkil topgan yuzalar noshaffof qoplama bilan qoplanadi.
Noshaffof qoplamalar kasalxona va oshxona mebellari, turar joy binolarida devor ichiga quriladigan mebellar, qishloq xo'jalik mashina detallari, deraza, eshik va shu kabilarni pardozlashda qo'llaniladi.
Yog'och buyumlarni qimmatbaho yog'ochga o'xshatib pardozlash. Ma'lumki, past navli yog'ochlarning teksturasi uncha chiroyli bo'lmaydi, shuning uchun ulardan yasalgan buyumlarning tashqi ko'rinishini chiroyli qilish uchun ular qimmatbaho yog'ochlarga o'xshatib pardozlanadi. Bu maqsadda buyumga bo'yoq chuqur singdiriladi shpatlovkalanadi), buyum sirtiga qimmatbaho yog'och teksturasiga o'xshash naqshlar solingan qog'ozlar, plyonkalar yopishtiriladi, shuningdek, plastiklar qoplanadi.
Pardozlashning bu turi 209-f rasmda ko'rsatilgan. Yog'och materiallar yuzasini plyonkalar bilan qoplash ishlari laminirlash deb ataladi.
Pardozlanadigan yuzani tayyorlash Yuzalarni suyuq lok-bo'yoq materiallar bilan pardozlashga tayyorlash ishlari ikki xil bo'ladi: duradgorlik va bezakli pardozlar. Har ikkalasida ham shaffof va noshaffof qoplamalar olish mumkin.
Shaffof pardozlashdan oldin qilinadigan duradgorlik tayyorgarligi.
Pardozlanadigan yuza har xil mexanik ishlov berishlar yordamida tozalanadi: randa, siklya yordamida tozalanadi, qumqog'ozlar bilan silliqlanadi.
Shaffof pardozlashdan oldin tayyorlanadigan yuza tekis va silliq bo'lishi kerak. Shpondagi uncha katta bo'lmagan yoriqlar, tola uzilib chiqqan joylar pardozlanadigan yuza rangiga moslab shpatlovka qilinadi. Odatda, shpatlovka yelim qo'shib yog'och changidan tayyorlanadi. Yuzalar jilvirlashdan oldin shpatlovkalanadi. Pardozlanadigan yuza g'adir-budurligi shaffof qoplamalar olishdan oldin kamida 32 mkm bo'lishi lozim.


Noshaffof pardozlashdan oldin qilinadigan duradgorlik ishlari. Ko'chib
ketgan butoq (ko'z) joylari parmalanadi, tiqin bilan to'ldiriladi, randalash,
frezerlash yoki jilvirlash orqali unga mexanik ishlov beriladi. Pardozlana-
digan yuzaning g'adir-budurligi noshaffof pardozlashda 200—60 mkm orasida
bo'ladi.
Shaffof pardozlashdan oldin qilinadigan pardoz ishlari. Bunda quyidagi
operatsiyalar bajariladi: yog'och yuzasidagi tukchalarni yo'qotish, smo-
lasizlantirish, oqartirish, bo'yash, gruntlash va g'ovak joylarni to'ldirish.
Operatsiyalar orasida pardozlanadigan yuzalar quritiladi va changdan
tozalanadi. Pardozlash ishlari nihoyasida yuzaning g'adir-budurligi kamida
16 mkm bo'lishi kerak.
Yog'och bo'yoq eritmalari yoki loklar surtilganda ho'llanishi natijasida
undagi tukchalar ko'tarilib qoladi. Shu ko'rinishdagi yog'och materiallar
pardozlash uchun yaramaydi.
Tukchalarni yo'qotish uchun yuza ho'llanadi, quritiladi va qo'lda yoki
stanoklar yordamida 6-8 raqamli qumqog'ozlar bilan jilvirlanadi. Yuzani
ho'llash uchun iliq suv ishlatiladi, ammo tukchalarni to'liq yo'qotish
uchun yuza kamida uch marta ho'llanib, jilvirlanadi.
Jilvirlashdan keyin tukchalar yana yotib qolmasligi, abraziv zarrachalar
bilan kesilib ketishi uchun unga qattiqlik xususiyati beriladi. Bu maqsadlar
uchun glyutin yelimining issiq suvdagi 3-5 % li eritmasi bilan sirt ho'llanadi.
Poliefir loklari bilan pardoz berishda tukchalar yo'qotilmaydi, chunki
bu lok yog'ochni sezilarli darajada ho'llamaydi.
Ninabargli daraxtlar yog'ochidan yasalgan buyumlarni pardozlaganda yog'ochning tabiiy teksturasi saqlab qolinishi lozim bo'lsa, bunday yuzalar skipidar, benzol, atseton yoki benzin bilan yuvib smoladan tozalanadi.
Smoladan tozalovchi tarkiblar (suyuqhk)ning konsentratsiyasi quyidagicha bo'ladi: atsetonning suvdagi 25 % li eritmasi; sodaning 5—6 % li eritmasi; yoki ularning 1:4 nisbatdagi aralashmasi.
Smolasizlantiruvchi tarkiblar isitilgan holda yuzaga cho'tka yordamida surtiladi va smola erib ketganidan keyin iliq suv yoki nimtatir soda eritmasi bilan yuvib tashlanadi.
Yog'och material yuzalarini oqartirish - bu ham yog'ochni pardozlashdan awal, uning rangini bir xillashtirish maqsadida qilinadigan operatsiyalardan biridir. Bu maqsadlar uchun quyidagi retsept bo'yicha tayyorlanadigan kombinirlangan tarkiblar ishlatiladi, massa qismlarda:
sovunli suvda yuvib tashlanadi yoki oksalat kislotaning shunday konsentratsiyasi eritmasi bilan neytral holga keltiriladi va quritiladi.
Oqartirish ishlari cho'tka yoki tampon bilan amalga oshiriladi, buning uchun eritma yuzaga surtiladi va bir necha minut ushlab turiladi. Oqartirish ishlarini bajarishda rezina qo'lqoplardan foydalanish tavsiya etiladi.
Suvda eriydigan bo'yoqlar bilan bo'yash. Yog'och materiallar tabiiy rangini bo'rttirib ko'rsatish yoki ularga boshqa rang (fon) berish uchun bo'yaladi. Bo'yash uchun suvda eriydigan bo'yoqlardan, pigmentlardan (quruq bo'yash) yoki rangli suyuq gruntovkalardan foydalaniladi.


Suvda eriydigan bo'yoqlardan eng ko'p ishlatiladiganini anilin bo'yoqlari yoki xurushlagichlardir. Anilin bo'yoqlarining suvdagi eritmasi yog'och sirtini eritma rangiga bo'yaydi.
Xurushlagichlar (protravalar) yog'ochdagi oshlovchi moddalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida uni bo'yaydigan bo'yoq moddalarning bir turidir.
Yog'och materiallar suvda eriydigan bo'yoqlar bilan qo'lda bo'yoqqa
botirib olish usulida
(okunaniye), pnevmatik purkagichlarda, valli mashinalarda bo'yaladi.
Qo'lda bo'yalganda bo'yoqni buyumning yuziga bir tekisda surtish, oqib tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak, ortiqcha bo'yoq quruq tampon bilan artib tashlanadi.
Detallar bo'yoq ichiga botirib olib bo'yalganda ular ilgakka osiladi va
eritmah vannaga cho'ktiriladi. Cho'ktirish tezhgi, detaining eritmada turish vaqti va detalni vanna ichidan chiqarib olish tezligi tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Detal vannadan chiqarib olinganidan keyin, uni vanna yoniga shunday osib qo'yiladiki, undagi ortiqcha bo'yoq moddalari vannaga erkin ravishda oqib tushaveradi. Botirib olish usuli bilan asosan usti silliq detallar bo'yaladi.
Pnevmatik purkagichlar yordamida bo'yashda bo'yoq eritmasi bo'yoq purkagich bilan yog'ochning sirtida ko'ndalang va bo'ylama ravishda purkab chiqiladi. Bo'yoqning ortiqcha qismi yuzadan tampon bilan sidirib linadi. Bo'yoq purkagichlardagi havo bosimi: purkagichga kiraverishda 0,35—0,4 MPa, bo'yoq eritmasiga 0,01—0,05 MPa ga teng. Purkagich soplosidan ishlov beriladigan yuzagacha bo'lgan masofa 250—350 mm, soplo teshigi diametri 1,5—2 mm, bo'yoq purkagicrining harakat tezligi 30—40 m/min.
Buyum sirtiga lok-bo'yoqlarni valli stanoklar yordamida bir tomonlama yoki ikki tomonlama surtsa bo'ladi. Bunda yelim surtuvchi stanoklar juda qo'l keladi. Vallar bir tekisda bo'yashi uchun ular ustidan porolon qoplangan bo'ladi. Zagotovkani uzatish tezligi 6—12 m/min.
Buyum sirtidagi lok-bo'yoq qatlami juda yaxshi quritilishi lozim. Ularning qancha vaqtda qurishi bo'yoq turi, qatlam qalinligi va buyum quritilayotgan muhit temperaturasiga bog'liq. Lok-bo'yoq pardasi tez qurishi uchun buyum sun'iy yo'l bilan quritiladi. Buning uchun buyum awalo isitiladi va buyum quritiladigan xonada havo harakatga keltiriladi (konveksiya).
Sex sharoitida quritish vaqti harorat 18—23 °C bo'lganda kamida 3 soat, konvektiv quritish kameralarida harorat 45—50 °C bo'lganda 10 min, harorat 80—85 °C bo'lganda 5 minutni tashkil etadi.
Detallar (buyumlar) bo'yoqlarning suvli eritmalari bilan bo'yalganda bo'yash chuqurligi (chuqurlikka shimilishi) odatda kami bilan 0,5 mm ni tashkil etadi. Suvli bo'yoqlar bilan buyumlarni bo'yashning kamchiligi shundan iboratki, bunda bo'yalgan yuzalarda yog'och tukchalari ko'tarilib qoladi. Shuning uchun bo'yalgan yuza quriganidan keyin uni tolalari bo'ylab dag'al mato yoki yumshoq qirindilar bilan ishqalanadi. Natijada hurpayib qolgan tukchalar yo'qoladi, ortiqcha bo'yoqlar olib tashlanadi.
Pnevmatik purkagichlar yordamida suvda eruvchi bo'yoqlar bilan "quruq" bo'yash amalga oshiriladi. Pnevmatik bo'yashda havoning bo'yoq purkagichga kirishdagi bosimi 0,5-0,6 MPa, detalgacha uning oralig'i 400- 500 mm, soplo diametri 1,5-1,8 mm bo'ladi. Purkagichdan chiqqan bo'yoq eritmasi detalga yetib kelguncha havoda quriydi, bo'yaladigan yuzaga u quruq pigment holida kelib tushadi. "Quruq" bo'yalgan yuzalar uni
quritishni va tukchalarni yo'qotishni talab qilmaydi.
"Quruq" bo'yash to'g'ridan-to'g'ri, lok surtishdan oldin bajariladi va quruq bo'yoq mod dasi yog'och yuzasida mahkamlanib qoladi. "Quruq" bo'yashning kamchi ligi shundan iboratki, bunda yog'och teksturasi qisman bo'lsa ham bo'g'ilib qoladi.
Yog'och sirtini bo'yash va uni bir vaqtning o'zida gruntlash uchun mo'ljallangan gruntovkalar yog'ochning bir tekisda bo'yalishini ta'minlaydi va yog'och tukchalari ko'tarilib qolmaydi.
Gruntlar yog'och yuzasiga valli stanoklarda surtiladi, zagotovkalarni uzatish tezligi 5—15 m/min; zagotovkalarning kambar yuzalariga bo'yoqlar pnevmopurkagichlar yordamida sepiladi. Gruntovka qatlami berilgan zagotovkalar kameralarida yoki sex ichiga o'rnatilgan stellajlarda xona sharoitida quritiladi.
Yog'och buyumning yuzi tep-tekis bo'lishi uchun uning ayrim joylari yoki yuzasi yoppasiga gruntlanadi va shpatlovka qilinadi. Bu o'z navbatida lok, emal sarfini ancha kamaytiradi va pardozlash sifatini oshiradi.
Spirtli polituralar bilan yuzalar pardozlanganda, ular 3—5 % li politura yoki nitroloklar bilan gruntlanadi. Tampon yordamida surtilgan yupqa politura yoki nitrolok sex sharoitida 5—10 min quritiladi va 5—6-raqamli qumqog'ozlar bilan jilvirlanadi. Odatda yuza ikki-uch marta gruntlanadi va har bir qavat quriganidan keyin jilvirlanadi.
Nitroloklar bilan pardozlashdan oldin yuzalar maxsus gruntlar (HK, BHK va boshq.) bilan ishlanadi. Yog'ochga gruntlar qo'lda, pnevmatik purkagichlarda, valli mashinalarda purkash va surtish yo'li bilan beriladi.
Qo'lda gruntovkalar cho'tka yoki tampon bilan surtiladi va yuza ishqalab chiqiladi. B3—4 vizkozimetr asbobida qovushoqligi 30±5 sek bo'lgan gruntovkalar pnevmatik purkash yo'li bilan sepiladi. Havoning purkagichga kirishdagi bosimi 0,3-0,5 MPa, gruntlovchi tarkibga ko'rsatadigan bosesa 0,05—0,1 MPa ni tashkil etadi. Gruntovkalar yuzaga krestli usulda yupqa qatlam qilib beriladi. Purkash 250—400 mm masofadan turib amalgam oshiriladi, soplo teshigining diametri 1,5—2,2 mm ga teng bo'ladi.
Gruntlash valli stanoklarda ham bajariladi. Zagotovkani uzatish tezligi 8—12 m/min. Gruntovkalarni surtish uchun lok quyish mashinalari ham ishlatiladi. Har xil sabablarga ko'ra gruntovkaning sarf miqdori 135 g/m2 ni tashkil etadi. Gruntovka odatda bir marta beriladi.
Gruntli qatlamlar quritiladi va jilvirlanadi. Sex sharoitida qurish vaqti 18—23 °C da 1—2 soatni tashkil etadi. 45—50 °C li konvektiv quritish kameralarida qurish vaqti gruntovka markasiga qarab 20—25 min ni tashkil qiladi. Awal aytganimizdek, har safar gruntlangan yuzalar 5—6-raqamli qumqog'ozlar bilan jilvirlanadi.
Yuzalar moyli emallar bilan bo'yaladigan bo'lsa, ular oldindan alif bilan gruntlangan bo'ladi. Nitroloklar bilan pardozlashda g'ovak to'ldirgichlar shunday surtiladiki, bunda kukunsimon to'ldirgichlar yog'och g'ovaklarini to'ldirishi lozim. G'ovak to'ldirgich qo'lda tam-pon yordamida yoki valli stanoklarda surtiladi. Valli stanoklar konstruksiyasiga ko'ra surtuvchi rakelh yoki ishqalovchi valli bo'ladi.Val-rakelli stanokda zagotovkalar vall ar / orqali uzatiladi, vannadag 4 g'ovak to'ldirgich surtuvchi val 6~ orqali zagotovka sirtiga uzatiladi; surtiladigan g'ovak to'ldirgich miqdori dozalovchi val 7orqali rostlab bo-riladi. Rakel 5 orqali g'ovak to'ldirgich ishqalab ortiqchag'ovak to'ldirgichlar olinadi,rakel 2 orqali va qaytadan vannaga Jtushiriladi.
Ishqalovchi valli stanok- larda (210-b rasm) g'ovak to'ldirgich zagotovka g'ovak-lari orasiga ishqalab kirgizi-ladi, ular rolikli stol 14 ustida bo'ladi.
210-a, b rasmdag'ovak to'ldirgich stanoklarining sxemasi juda oddiy ravishda tasvirlangan Poliefir loklari bilan gruntlanadigan yuzalarga, odatda, grunt qatlamijuda oz miqdorda beriladi.
Noshaffof pardozlashdan oldinqilinadigan ishlar Pardoz berishning bu turi o'z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:
smolasizlantirish, grunt qatlamini yotqizish, ayrim joylarni yoki barcha yuzani yoppasiga shpatlovka qilish. Bunday pardozlashdan keyin yuzaning g'adir-budurligi kamida 16 mkm bo'lish kerak.
Noshaffof pardozlashdan oldin qilinadigan gruntlash ishlari uchun pigmentlashgan gruntovkalar ishlatiladi, odatda, ularning rangi asosiy lok-bo'yoq material rangiga mos tushishi kerak. Noshaffof parda qatlamlar olishda gliftal, kazein, kanifol-kazeinli, moyli, nitrosellulozali gruntovkalar ishlatiladi. Ular qo'lda tampon yordamida va valli stanoklarda surtiladi. Bunda ishlatiladigan asbob-uskunalar shaffof pardoz berishda qo'llaniladigan asbob-uskunalardan keskin farq qilmaydi.
Ayrim joylarni shpatlovkalash quyuq shpatlovkalar yoki zamazkalar bilan amalga oshiriladi. Bunda buyumning u yer bu yeridagi mayda-chuyda teshik va yoriqlar bekitib tashlanadi; buyum yoppasiga zamazkalansa, pardozlanganidan keyin uning umumiy ko'rinishi ancha chiroyli chiqadi.
Shpatlyovkalash qo'lda ishlatiladigan shpatellar yordamida bajariladi, u dastali metall plastinka yoki yog'ochli kurakchadan iborat bo'ladi.
Yog'och buyumning yuziga shpatlovka qattiq qil cho'tka bilan tekis qilib surtiladi, so'ngra shpatel bilan uning ortiqcha qismlari olib tashlanadi, bunda bir vaqtning o'zida yog'ochdagi notekis joylar to'lib chiqadi.
Shpatlyovka qatlami batamom qurigach, abraziv 4—6-raqamli qum qog'ozlar bilan jilvirlanadi.
Buyum yuzasini yoppasiga shpatlovkalash ishlari pnevmatik purkagichlarda, quyish raklyasi mavjud valli stanoklarda yoki ishqalovchi valga ega bo'lgan stanoklarda bajariladi.
Yoppasiga shpatlovkalash jarayoni o'z mohiyatiga ko'ra shaffof pardozlashdagi gruntovkalash va g'ovak to'ldirish operatsiyalaridan farq
qilmaydi. Shpatlyovka qatlami surtilgandan so'ng 18—23 °C li xona haroratida
quritiladi; bu nitrosellulozali shpatlovkalar uchun 3 soatni, konvektiv quritish kameralarida 60—70 °C li haroratda poliefir shpatlovkalari uchun 2,5—3 soatni va 40—45 °C da nitrosellulozali shpatlovkalar uchun 1 soatni tashkil etadi. Shuningdek, termoradiatsion ultrabinafsha quritgichlarida esa 1,5—3 minutni tashkil etadi.
Ultrabinafsha nurli quritish kameralaridan foydalanganda poliefirli shpatlovkalarning qurish vaqti 30 sekundgacha kamayadi. Shpatlovka tarkibiga qurish jarayonini tezlatuvchi modda — sensibilizator qo'shiladi. Shpatlovka qilingan yuza qotganidan so'ng 4—6-raqamli qumqog'oz bilan jilvirlanadi.
Shpatlovka qilingan yuza tekis, ravon, silliq va shpatlovka oqib tushgan joylardan xoli bo'lishi kerak Yog'och hu>umlar sirtini qimmatbaho yog'ochlarga o'xshatib pardozlash (imitatsiya)
Qimmatbaho yog'ochlar (qizil daraxt, yong'oq, palisandr, olcha, limon daraxti, dub va boshqalar) ga o'xshatib pardozlash usuli ninabargli daraxtlar, oqqayin, zirk daraxti va shu kabi yog'ochlardan yasalgan buyumlar ko'rinishini ko'rkamlashtirish uchun xizmat qiladi.


Aerografiya. Bu usul shundan iboratki, silliqlangan, gruntlangan, mayday teshiklari va g'ovaklari bekitilgan yuzaga siqilgan havo yordamida bo'yoqlarning suvdagi eritmasi pnevmatik purkagichlar yordamida sepilib, qimmatbaho yog'och teksturasi tushiriladi. Pnevmopurkagichlarda soploteshikchaning diametri taxminan 0,5 mm, unga kelayotgan havo bosimi esa 0,2 MPa atrofida bo'ladi.
Soplo-teshikchadan otilib chiqayotgan ingichka oqim yo'llari yog'och yuzasida biror rasm tushirish uchun yetarli boiadi. Ingichka va yo'g'on yo'llar (chiziqchalar) hosil ilishda pnevmopurkagichning joy almashtirish tezligi katta ahamiyatga ega.
Yog'och yuzasiga rasm tushirishdan awal pnevmopurkagich yordamida yog'och rangiga mos keluvchi fon hosil qilinadi; so'ngra uning ustidan yog'ochning tekstura shakli qayd etiladi; shakl (naqsh)larni mustahkamlash uchun uning ustidan lok qoplanadi. Yog'och sirtini biror qimmatbaho yog'ochga, masalan, qizil daraxt, palisandr, yong'oq yog'ochiga o'xshatilganidan keyin unga lok beriladi.
Aerografiya usulida olingan shakl (tekstura) sifati asosan ishchining malakasi va o'xshatish uchun tanlangan yog'och teksturasiga bog'liq. Bezakli mebellarni aerografiya usuli bilan o'xshatma pardozlab, ularning ichki tomonlari imitatsiya qilinadi.
O'xshatib pardozlashning bir necha usuli bor: masalan, yog'och tabiiy rangini yuzaki bo'yab yoki bo'yoqni chuqurroq singdirib, arzon yog'ochni qimmatbaho yog'ochga o'xshatib pardozlash; tekstura tushirilgan qog'oz yopishtirib pardozlash; aerografiya va bosma usulida pardozlash.
Bosma usulda pardozlashda dastlab vallarga maxsus klishelar yordamida yog'ochning qimmatbaho teksturasi (naqshi) tushiriladi, keyin bu naqshlar vallardan buyum yuziga tushiriladi. 211-rasmda zagotovka yuzasiga yog'och teksturasini bosma usulda tushiruvchi stanokning sxemasi keltirilgan.
Bosma usuli bilan pardozlashda dastlab stanok vallariga maxsus qolip — klishelar yordamida qimmatbaho yog'och teksturasi chiziladi, so'ngra ular vallardan plita yuzasiga tushiriladi. Bosma usulda shakl tushirishning yuqori, yassi, chuqur bosish usullari bo'lib, ular bir-biridan shakl tushiruvchi qolipning shakl ottiski ko'rinishi bilan farq qiladi. Bular
ichida chuqur bosma usuli alohida o'rin tutadi.
Poligrafiya bosish stanogining asosiy ish elementi — qimmatbaho yog'och teksturasi shakli o'yib chizilgan metall valdan iboratdir.
Bosish uchun ishlatiladigan bo'yoq (bosma bo'yoq) shakl be-ruvchi silindr 4 ga bo'yoq solingan vanna 1 ga biroz botib aylanadigan ta'minlovchi val 2 orqali surtiladi. Rakel 3 shaklli silindr ustidagi or-iqcha bo'yoqni tutib qoladi, uningqolgan qismi esa o'yuvchi moddayordami bilan metall ustiga chizilgan chuqurchalar 5 ichida qoladi.
Chuqurchalarning shakli tushiriladigan tekstura shakliga mos keladi.
Shaklli silindr chuqurchalaridagi bo'yoq usti elastik poliuretan bilan qoplangan bosma val 6 ga va undan keyin zagotovka 9 ga o'tadi. Stanokka zagotovkalar usti rezina bilan qoplangan val 8 yordamida uzatiladi. Bosma valni tozalab turish uchunqurilma 7 xizmat qiladi stanoklarda yotqizish , bo'yoqni quritish teksturaning ikkinchi rasmini valli stanoklardan o'tqazish bo'yoqni quritish , bo'yoqni mustahkamlash uchun lok qavatini surtish, lokni quritish Bu ishlar bajarilganidan so'ng zagotovka shaffof lok bilan qoplanadi.
Yuqorida nomi tilga olingan liniyaning uzunligi taxminan 20 m ni tashkil etadi. Zagotovkaga to'liq pardoz berish uchun 6-8 min vaqt sarf bo'ladi.



Plyonkalar bilan qoplangan plitalar laminirlangan plitalar deb ataladi.
Duradgorlik-mebel buyumlarni qoplash uchun, odatda, qog'oz asosli plyonkalar ishlatiladi, ularga oldindan yog'och teksturasi
(rasmi) tushirilgan bo'ladi. Rasm tushirilgan qog'ozni polimer bog'lovchi modda bilan shimdiriladi, uni quritib olingan qog'oz plyonka deb ataladi.
Qog'oz asosli plyonka materiallar bilan qoplash quyidagilarni o'z ichiga oladi: asosning oldindan tayyorlab qo'yilgan yuzasiga plyonka (Ust) qo'yiladi.
Agar plyonkani asosga nisbatan adgeziyasi (yopishuvchanligi) bo'lmasa, unda asosga oldindan yelim surtib chiqiladi. Plyonka ustidan polirovka qilingan metall qistirma qo'yiladi.

Agar bosib naqsh solingan qoplamalar olish zarur bo'lsa, matritsa o'rnida shishagazlamadan foydalaniladi. Matritsa issiqlayin presslash jarayonida o'zidagi rasmlarni pardozlanayotgan yuzada qoldiradi.
Shakllangan press-paketlar gidravlik pressning qavatlari orasiga joylashtiriladi va metall qistirmaning qalinligiga qarab 3-8 min ichida presslanadi.
Pressdagi plita temperaturasi 110-150 °C, bosim esa 0,5-2,5 MPa atrofida bo'lishi mumkin.

Yelim ishlatmasdan plyonkalarni qoplashda plyonka oldindan termoreaktiv smola bilan shimdirilgan bo'ladi. Presslash jarayonida plyonkaning o'zida bo'lgan termoreaktiv smola yumshab eriy boshlaydi, uning bir qismi yog'och plitaning (asos) yuza qatlamlariga shimiladi, qolgan qismi
esa plyonka sirti bo'ylab bir tekisda yoyiladi. Issiqlik ta'siri ostida smola qattiq to'rsimon holatga o'tadi va yog'och asos bilan mustahkam birikadi.
Agar bunda ishlatilayotgan plyonka termoplastik smolalar asosida olingan bo'lsa, ular eriganidan so'ng press plitasida sovutiladi va qotganidan so'ng press plitalari orasidan chiqarib ohnadi.

Plyonka materiallarni asosga yopishtirish (qoplash)ni past bosimlarda ham (0,05 MPa) amalga oshirish mumkin, bunda bosim faqat plyonkani yopishtirish uchungina sarf bo'ladi. Past bosim plyonka ustidan og'irroq siquvchi valiklarni yumalatish natijasida olinadi. Ayrim holatlarda yumalatiladigan valiklar 40-60 °C gacha isitilishi mumkin. Qoplash uchun plastmassali, asosan, polivinilxloridli plyonkalar ishlatiladi.
ITBX plyonkalari har xil rangda va dekorativ rasmlar tushirilgan holda, shu jumladan, o'zida qimmatbaho yog'och teksturasini mujassamlashtirgan ko'rinishda ishlab chiqariladi.
Shuningdek, duradgorlik-mebel buyumlari ishlab chiqarishda o'zi yelimlanadigan dekorativ plyonkalar ham pardozlash ishlarida keng qo'llaniladi. Ularni yopishtirish asosga o'ramni ochib yozish va ustidan valli moslamalar bilan yurgizib chiqishdan iborat bo'ladi.
Pardoz materiallarni qoplash usullari Pardoz materiallarni surtish (yotqizish) usullari pardozlanayotgan detaining o'lchami va shakliga, olinadigan qoplama qalinligi, korxonada
pardozlash jarayonining mexanizatsiyalashtirish darajasiga bog'liq bo'la di. Suyuq pardozlovchi materiallar pardozlanadigan yuzalarga qo'l asboblari, pnevmatik urkagichlar, yuqori quwatli elektr maydonida purkash, quyish, botirib olish va valli stanoklar yordamida surtish orqali beriladi.

Qoi asboblari yordamida buyumlarni pardozlash. Kam miqdordagi pardozlash ishlarini bajarish qo'l asboblari: mo'y- qalamlar, cho'tkalar, tamponlar yordamida surtiladi.
Buyumning kambar yuzalariga (yon chetlariga, qirralariga) lok, bo'yoq va emal surtishda kalta qilli dumaloq mo'yqalam (ruchnik)lardan, serbar yuzalariga lok-bo'yoq va emal surtishda esa enli va yassi mo'yqalamlardan foydalaniladi yo'l qo'ymaslik kerak; har gal berilgan lok qatlami yaxshi quriganidan keyingina navbatdagi qatlam beriladi. Buyumning yuzi bir tekisda va bir xilda yaltirab tursagina, u to'la pardozlangan hisoblanadi.
Tampon bilan yaltiratish (polirovka-jilo berish)da shellak nomli tabiiy smolaning 5-15 % li spirtdagi eritmasi qo'llaniladi. U shellakli politura deb ataladi.
Jilo berishda tamponga yaltiratuvchi suyuqlikni yaxshi shimdirish kerak, lekin suyuqlik oqib tushadigan darajada bo'lmasligi lozim. Qo'lda jilolashda yuzaga to'rt marta suyuqlik surtiladi (215-rasm), awalo ho'l tamponni buyum yuzida chapdan o'ngga, keyin o'ngdan chapga doiraviy yo'nalishda harakatlantirib surtiladi, ya'ni yuza gruntlanadi (215-a rasm). Bu birinchi jilo berish boiadi. Ikkinchi marta jilo berilganda (215-b rasm) tampon
ilonizisimon harakatlantiriladi va shu izdan doiraviy yo'nalishda harakatlantirib, orqasiga qaytariladi. Uchinchi galda (215-d rasm) tampon 8 raqami shaklida harakatlantiriladi; to'rtinchi martada (215-e rasm) tampon 8 raqami shaklida bo'ylamasiga va ko'ndalangiga harakatlantiriladi, bunda buyumning bir yo'la kattagina qismiga jilo beriladi.
I
sh boshlash oldidan tamponga yaltiratuvchi suyuqlikni shimdirib, buyumning biror joyini yaltiratib ko'rish kerak; agar tampon izidagi lok (u "las" deb ataladi) darrov qurisa, bunday tampondan foydalanish mumkin; agar u tez qurimasa, tamponga suyuqlik ko'p himdirilganligidan darak beradi.
Tampon bilan ishlaganda uni qattiq bosmaslik kerak, aks holda qo'lni kuydirishi mumkin. Tampon yaxshi sirpanishi uchun buyum yuziga 2-3 tomchi o'simlik yog'i (paxta yoki kungaboqar yog'i) tomiziladi.
Buyum sirtini yaltiratishda tampon sirtiga ozgina pemza kukuni sepiladi.
Yaltiratish operatsiyalari o'rtasida ma'lum vaqt (sutka hisobida) o'tishi kerak, ana shunda yaltiratuvchi suyuqlik qatlami (parda) qurib ulguradi.





Tampon bilan qo'lda yaltiratish sermennat ish hisoblanib, bunda mehnat unumdorligi juda past bo'ladi; eng yaxshisi, buyum yuzini stanokda yaltiratish kerak.
Smolali polituralar, tekislovchi va yaltiratuvchi suyuqliklar hamda jilolash pastalari bilan parda qatlamlar sirti ko'rkamlashtirilganda ularda moy yuqi qoladi. Jilo berilgan sirtdan moy yuqini ketkazish pardozlash operatsiyasining yakunlovchi bosqichidir. Jilo berilgan sirtdan moy yuqini ketkazish va uni yaltiratish uchun moy yuqini ketkazuvchi tarkiblar ishlatiladi, ular sirtga qo'lda yoki mexanizatsiyalashgan usulda surtiladi.
Moy yuqini ketkazuvchi materiallar tarkibida erituvchilar (benzin, etil spirti) hamda moyni o'ziga shimadigan yumshoq abrazivlar bo'ladi.
Pnevmatik purkagichlar yordamida buyumlarni pardozlash Bu usul bilan egrichiziqli yuzalar, yig'ib bo'lingan buyumlar, kambar yuzalar va panjarasimon buyumlar (eshik va deraza romlari) loklanadi yoki bo'yaladi.
Pnevmatik purkash usuli pardoz materiallarni siqilgan havo oqimida purkab sepishga asoslangan. Purkagichning soplo (kichik diametrli teshikcha) sidan chiqayotgan havo oqimi pardoz materialini juda kichik mayday zarrachalarga parchalab tashlaydi va ularni buyum tomon o'zi bilan olib ketadi. Buyum yuza qismiga borib tekkan suyuqlik zarrachalari (lok-bo'yoq) bir-biri bilan qo'shilib, yupqa parda hosil qiladi.
Purkagich bilan ishlaganda oqim pardozlanayotgan yuzaga tik yo'nalgan
bo'lishi kerak (216-a rasm). Bunda parda qatlam J detal 2 yuzasida yetarli darajadagi qalinlikka ega bo'ladi va bir tekis qoplanadi. Agar oqim yuzaganisbatan qiya ushlansa, yuqoridagi samaraga erishib bo'lmaydimasofa me'yordan katta bo'lish oqibatidir. Buning uchun purkagich bilanbuyum orasidagi masofani me'yorda ko'rsatilganidek olish kerak.
Yuzalardan pardoz materiallarini oqib (silqib) tushishiga sababbo'ladigan holatlarga misol qilib quyidagilarni ko'rsatish mumkin: pardozmaterialining qovushoqligi me'yordagidan past yoki ortiq qilib sepilgan.
Nitrosellulozali loklarni qizdirmasdan pnevmatik purkash yo'li bilan birmarta sepishda hosil bo'luvchi parda qalinligi 8-25 mkm, qizdirib sepishda esa 20—50 mkm ni tashkil etadi.
Pardoz materiallarini pnevmatik purkash orqali sepishda qoplama sifatli chiqadi va ish unumi yuqori bo'ladi. Ammo pnevmatik purkashning o'ziga yarasha katta kamchiligi bor, pardoz materialining tuman hosil qilishi hisobiga ko'p isrof bo'lishi va katta kuch hamda tezlikda buyum tomon yo'nalish olgan lok (bo'yoq) zarrachalarining unga urilib, chetga chiqib ketishidir.

Bunday yo'qotishlar korpusli mebellarni pardozlashda 15-25 %


ni tashkil etsa, stullarni pardozlashda 70 % gacha yetadi. Pardoz materiallarini pnevmatik purkash usuli lok-bo'yoq tumanini so'rib oluvchi moslama va filtrlar bilan jihozlangan purkash kabinasi bo'lishini taqozo etadi.
Yuqori kuchlanishli elektr maydonida buyumlarni pardozlash. Purkash usulida ro'y beradigan isrofgarchiliklarni pardozlanayotgan buyum bilan purkalayotgan pardoz material zarrachalari orasida o'zaro tortishuv kuchi hosil qilib yetarli darajada kamaytirishga erishish mumkin.
Yuqori kuchlanishli elektr maydonida buyumlarni pardozlash usuli quyidagilardan iborat: bo'yaladigan buyumning musbat zaryadh yuzi bilan purkalayotgan loko'yoqlarning manfiy zarrachalari orasida yuqori kuchlanishli o'zgarmas elektr maydoni hosil bo'ladi; purkalayotgan lokbo'yoqlarning manfiy zarrachalari elektrostatik maydonning kuch chiziqlari bo'yicha harakatlanib, yerga ulangan konveyerga osib qo'yilgan buyum yuziga
o'tirib qoladi. Buyum yuqori kuchlanishli elektrostatik maydonda bo'yalganda deyarli hamma jarayonlar avtomatlashtiriladi, lok-bo'yoqlarning nobud bo'lishi kamayadi, sexdagi sanitariya-gigiyena sharoiti yaxshilanadi, bo'yashda katta maydon talab qilinmaydi va bo'yalgan yuza sifatli chiqadi.
Elektr maydonida purkash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar aylanadigan purkagich shakliga qarab kosasimon, qo'ziqorinsimon va disksimon bo'ladi. 217-rasmda yuqori kuchlanishli elektr maydonida pardozlash sxemasi keltirilgan.
Purkagichlar elektr izolyatsion materialdan ishlangan vertikal moslamalarga o'rnatiladi. Kosacha, qo'ziqorin yoki disk ko'rinishidagi purkagichlar elektr yoki pnevmatik yuritma orqali aylanma harakatga keltiriladi va ularning burchak tezligi kerakli miqdorda o'zgartirib turiladi. Purkagich 2 qurilmasining o'rtasidan naycha 3 orqali lok bo'yoq beriladi. Ular markazdan qochma kuch ta'sirida mayda tomchilarga bo'linadi va kosacha, qo'ziqorin yoki diskning chekka qirralari orqali atrofga sochilib chiqa
boshlaydi.
Forsunkalarga manfiy zaryadli yuqori kuchlanishli to borib yopishadi.
Yuqori kuchlanishli elektr maydonida sepish usulida pardoz materiallari taxminan ikki marta kam sarf bo'ladi. Shu bilan birga o'zidan elektr tokini kam o'tkazadigan yog'och buyumlarni pardozlashda maxsus tok o'tkazadigan gruntovkalar bo'lishi talab etiladi.
Bo'yaladigan yuzalarning qanchalik puxta tayyorlanganhgi bo'yash sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Tirnalgan, chizilgan, yog'och tukchalari hurpayib turgan, g'adir-budur yuzalar yaxshi bo'yalmaydi, bo'yalganida ham sifati past bo'ladi: bo'yoq tekis yoyilmaydi, chala bo'yalgan joylar qoladi. Buning oldini olish uchun buyumning bo'yaladigan yuzini silliqlash, keyin changini artib tashlash k erak. Yuqori kuchlanishli elektr maydonida
bo'yaladigan buyumlar yuzasining g'adir-buduirligi 60 mkm dan kam bo'lmasligi lozim.
Deraza romlari, eshik va deraza kesakilari, stul, kreslo va shu singari buyumlar yuqori kuchlanishli elektr maydonida bo'yaladi.
Quyishinalari yordamida buyumlarni pardozlash. Pardoz materiallarini yupqa suyuqlik pardasi shaklida quyish - yaxlit yassi yoki ozgina egilgan yuzali plitalarni pardozlashda eng ko'p qo'llaniladigan usullardan biridir.
Pardoz materiallarini quyish usuli bilan surtish (yotqizish)da lok quyish mashinalaridan foydalaniladi (218-a rasm).


Bu mashinaning asosiy qismi idish ko'rinishidagi quyish kallagi 3 dan iborat bo'lib, ichida mayda-mayda teshikli metall naycha bor; shu naycha tufayli bo'yoq buyum sirtiga bir tekisda beriladi. Kallakning pastki tomonida tirqishi bor, ma'lum burchak ostida o'rnatilgan po'lat plastinalardan birining holatini o'zgartirish yo'li bilan tirqishni kattalashtirish yoki toraytirish mumkin. Mashina kallagiga lok-bo'yoqlarni metall bak 5, filtr va shesternyali nasos 4 dan iborat bo'lgan qurilma uzatib turadi
Buyum yuziga lok-bo'yoqni ko'p yoki kam surtish kallakdagi tirqishning eniga, konveyerning / tezligiga, bo'yoqning qovushoqligiga hamda uzluksiz berib turilishiga bog'liq. Bu mashinada pardozlanadigan buyumlarning bo'yoq beriladigan yuzi puxta tayyorlangan bo'lishi lozim, aks holda, bo'yoq pardasida nuqsonlar (pufaklar va hokazo) paydo bo'ladi.
Tubida tirqishi bo'lgan quyish kallaklari ko'p qo'llaniladi {218-b rasm). Kallakning tub tomonida tirqishi bo'lib, u 120° burchak ostida o'rnatilgan po'lat plastinkalardan iborat. Plastinkalardan birining dastlabki holatini
o'zgartirish yo'li bilan tirqishning kattaligini rostlash (0...5 mm oralig'ida)
mumkin. Kallakka pardoz materiali lok-quyish mashinasining nasosidan kollektor 7 orqali beriladi.
Tubida tirqishi bo'lgan quyish kallaklari kamchiliklardan xoli emas. Chunonchi, uning butun uzunligi bo'ylab o'zgarmas parda oqimi hosil qilish qiyin; lok-bo'yoq materiali yaxshilab filtrlangan bo'lishi kerak, aks holda, tirqishning ayrim joylariga tiqilib qoladi, oqib chiqayotgan u zluksiz parda uziladi; yuqori tezlikda kollektordan oqib tushayotgan lok-bo'yoq kallak devorlariga tegib, havo pufakchalarini hosil qiladi.
Tubida tirqishi bo'lgan kallak konstruksiyalari ichida eng yaxshisi og'zi
Quyish to'g'oni mavjud bo'lgan quyish kallaklari (218-d rasm) oddiy tuzilishga ega va unga xizmat ko'rsatish oson. Ular asosan poliefir loklarini qoplashda ishlatiladi. Nitroselluloza loklarini bu tipdagi kallaklar yordamida surtib, yupqa parda qatlamlari (25-35 mkm) olib bo'lmasligi uning kamchiligi hisoblanadi.
Buyum sirtida lok-bo'yoqning yupqa suyuqlik pardasi ekran orqali quyilishi 218-e rasmda ko'rsatilgan. Bu quyish kallagi yangi tipdagi lokquyish mashinalarida o'rnatiladi. Lok-bo'yoq materiali nasos yordamida kollektor 7 orqali kallakning o'ng qismidan to'siq Pbilan ajratilgan chap qismiga tushadi. Uning pastki qismida fdtr 10 (kapronli to'r) o'matilgan tirqish bor. Chap tomoniga o'tgan lok-bo'yoq material havo pufakchalari
va boshqa aralashmalardan xoli bo'ladi. Kallakni yuvish vaqtida to'siqni 9 osongina chiqarib ohsh mumkin. Tozalangan lok-bo'yoq to'g'ondan ekranga 11, undan esa yupqa qatlam tarzida konveyer ustidan o'tayotgan detalga oqib tushadi.
Buyumlarni quyish usuli bilan pardozlash pnevmatik purkashga qaraganda qator afzalliklarga ega: ish unumi yuqori; lok-bo'yoq materiali isrofi ancha kam; ventilyatsiya qurilmalariga sarflanadigan xarajatlar iqti-sod qilinadi. Tuman hosil bo'lmaganligi uchun sexda sanitariya-gigiyena sharoiti yaxshilanadi; detallar ustiga qovushoqhgi yuqori bo'lgan lok-bo'yoq materiallarini surtib, kerakli qalinlikdagi parda qatlamini hosil qilish
mumkin.
Brusokli detallardan yasalgan buyumlarni (deraza, eshik kesakilari, deraza romlari va boshqalar) oqim tarzida quyish usuli orqali bo'yash keng tarqalgan. Bunda osma konveyerlarga ilib qo'yilgan buyum maxsus kameradan (bo'yoqni oqim tarzida beradigan jihozlar bilan ta'minlangan) o'tkaziladi;
undan buyumning barcha tomoni bo'yalib chiqadi.


So'ngra u konveyer bilan birga erituvchi bug'lar to'ldirilgan qo'shni kameraga keladi, bu yerda bo'yoq parda qatlami erituvchi bug'lar ta'sirida buyum yuzasiga bir tekisda tarqaladi va oqib tushgan ortiqcha bo'yoqlar qiya tekislik orqah bakka kelib tushadi. Buyum esa konveyer orqali quritish kamerasiga o'tib ketadi. Bu kamera erituvchi bug'lar o'tib ketmasligi uchun qo'shni kameralardan yaxshi izolyatsiya qilingan.
219-rasmda oqim tarzida (dush) quyish qurilmasining sxemasi keltiril-gan. Buyum 1 konveyer 2ga osilgan; oqim tarzida (dush) quyish zonasiga kirib keladi. Bu yerda unga kollektordan 4 oqib tushayotgan lok-bo'yoq surtiladi. Kollektor yuritma 8 yordamida ilgarilama-qaytma harakat qiladi.
Kollektorning o'z o'qi atrofida tebranib turishi ±10°. Lok-bo'yoq nasos 6 orqali bakdan 7 olib uzatiladi.
Lok-bo'yoqning ortiqcha qismi buyum sirtidan pastdagi taglikka oqib tushadi, u yerdan filtr orqali o'tib, yana bakka qaytib tushadi. Xuddi shu taglikka erituvchi bug'lar to'ldirilgan kameradan ham ortiqcha lok-bo'yoq materiallari kelib qo'shiladi. Bu usulning afzal tomonlari: buyum yuzasida tekis va silliq parda qatlami hosil bo'ladi; botirib olish usuliga qaraganda lok-bo'yoq 10-15 %, pnevmatik purkash usuliga qaraganda esa 25-30 % tejaladi; buyumlarni osma konveyerga zichroq qilib osish imkoni tug'iladi;
bo'yash jarayonini avtomatlashtirish mumkin; ish unumi botirib olish usuliga qaraganda yuqori, ishlovchilar soni kam va sex ichida sanitariya-gigiyena sharoitlari yaxshi bo'ladi.
Oqim tarzida quyish qurilma asosida deraza romlari, eshik polotnolarini bo'yaydigan yarim avtomatik liniyalar (UA-38-A, JL1-38-M va OK-515) yaratilgan, eshik va deraza kesakilarini bo'yash uchun esa OK-516 liniyasi ishlab chiqarishga joriy etilgan.
Lok-bo'yoq parda qatlamlarini quritish. Buyum sirtidagi suyuq pardozlovchi qoplama quritish agentlari (havo, infraqizil nur va boshqalar) ta'siri hisobiga qotadi.
Quritish qurituvchi agentlarning ta'sir etish doirasiga qarab majburiy bo'lmagan quritish va majburiy bo'lgan quritish turlariga bo'linadi. Majburiy bo'lmagan quritish xona temperaturasida, ya'ni 18-23 °C da amalga oshadi
Download 259.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling