Media axborot
Download 346.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Untitled presentation
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot orqali daromad qilish
- YouTube orqali daromad
- Hamkorlik marketingini sinab ko‘ring va sotishni boshlang
Axborot orqali daromad qilish Axborot orqali daromad qilish uchun axborotni iste’molchiga yetkazib berish uchun olinadigan ma’lum bir haq tushuniladi. Bunda istemolchi axborotni olganidan keyin haq toʻlashi mumkin yoki yetkazib beruvchi axborotni tarqatganligi uchun haq olishi mumkin. Axborot orqali daromad olish boʻyicha bloggerlik faoliyati alohida natijalarga erishmoqda. Oʻzbekistonda bloggerlik faoliyati “axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonun doirasida tartibga solinadi. YouTube orqali daromad Ushbu soha juda tez rivojlanyapti. Siz istalgan kategoriya – musiqali, ta'limga bog‘liq, komediya, kinolar sharhi kabi yo‘nalishlarda roliklar suratga olishingiz va uni YouTube’ga joylashtirishingiz mumkin. Keyin esa bu roliklar Google AdSense’ga ulansa, ularda avtomatik tarzda reklamalar paydo bo‘ladi. Tomoshabinlar ushbu reklamalar ustida sichqonchani bossa, Google AdSense’dan pul olishni boshlaysiz. Sizning muhim vazifangiz – munosib roliklarni yaratish, ularni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib etish va bir necha klipdan daromadni ta'minlash uchun yetarli miqdorni qo‘llab-quvvatlash. Videoni suratga olish va montaj qilish u qadar mushkul emas, biroq shundan keyin juda uzoq vaqt davomida to‘liq passiv daromad manbaiga ega bo‘lasiz. Hamkorlik marketingini sinab ko‘ring va sotishni boshlang Passiv daromadning bu texnikasi bloglar va faol internet-sayt egalari uchun ko‘proq mos keladi. Qandaydir mahsulotlarni saytingizda targ‘ib etib, qat'iy belgilangan to‘lov yoki savdodan foiz olishingiz mumkin. Bu yo‘l bilan pul ishlab topish qiyin emas. Chunki o‘zingiz payqaganingizdek, ko‘plab kompaniyalar mahsulotlarini ko‘proq joyda sotishdan manfaatdor Hamkorlik to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqaruvchilar yoki ularning saytiga murojaat qilish orqali topish mumkin. Reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmat sizga qiziq bo‘lsa yoki sayt mavzusiga to‘g‘ri kelsa, undan-da yaxshi. Download 346.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling