biznes-hamkorga
aylaning
Biznesni kengaytirish uchun mablag‘ga
muhtoj muvaffaqiyatli
kompaniya haqida
bilasizmi? Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, siz
qisqa muddatli farishtaga aylanib,
ularga
ushbu mablag‘ni berishingiz mumkin.
Kompaniya egasiga kredit berish o‘rniga
aksiyadan ulush so‘rang. Bu holatda firma
egasi kompaniya ishini boshqaradi,siz esa
biznesda ishtirok
etuvchi passiv hamkorga
aylanasiz.
Tavsiyalar
manbaiga aylaning
Har bir
kichik biznes savdolarni
qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiyalar manbaiga
ehtiyoj sezadi.
Siz doimiy ravishda
foydalanadigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi va
hamkorlik uchun tavsiya eta oladigan
tadbirkorlar ro‘yxatini tuzing.
Ular bilan
bog‘laning, tavsiyalarga haq to‘lash tizimi
ko‘zda tutilganini so‘rang.
Ro‘yxatga
tanish hisobchi, landshaft
dizaynerlari, elektriklar –
istalgan odamni
kiritish mumkin. Bu odamlar xizmatlarini o‘z
do‘stlaringiz, qarindoshlar va hamkasblarga
tavsiya etishga tayyor turing.
Odamlar bilan
muloqot qilib, har bir tavsiyadan komissiya
olishingiz mumkin.