Media axborot
Download 346.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Untitled presentation
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haqiqiy kitob yozib mualliflik gonorarini qo‘lga kiriting
Suratlaringizni
internet tarmog‘ida foyda keltirishga majburlang Suratga olishni yoqtirasizmi? Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, uni passiv kirim manbaiga aylantirish mumkin. Shutterstock va iStockphoto kabi fotobanklar suratlarni sotish uchun sizga platforma taqdim etishlari mumkin. Siz sayt mijoziga sotilgan har bir suratdan foiz yoki qat'iy belgilangan mablag‘ni qo‘lga kiritasiz. Bu holatda har bir surat tushumning yana va yana ishlashi mumkin bo‘lgan alohida manbaiga aylanadi. Sizdan bor-yo‘g‘i portfolio yaratish, uni bir yoki bir necha platformaga yuklash talab etiladi. Shu bilan sizning faol harakatingiz yakunlanadi. Suratlarni sotish bilan bog‘liq barcha texnik masalalar veb-platforma yordamida hal etiladi. Haqiqiy kitob yozib mualliflik gonorarini qo‘lga kiriting Elektron kitob yozish bilan bog‘liq jarayon kabi bu yerda ham dastlab mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Biroq ish yakunlangach, kitob savdoga qo‘yiladi va u butunlay passiv kirim manbaiga aylanadi.Bu ayniqsa kitobni nashriyotga sotishga muvaffaq bo‘lingan vaziyatga xos. U har bir savdodan gonorar to‘laydi. Har bir sotilgan nusxadan foiz olasiz. Agar kitob mashhur bo‘lsa, bu foizlar yirik mablag‘ga aylanadi. Bundan tashqari, bu to‘lovlar bir necha yillar davom etishi mumkin. ObviousInvestor.com saytidan bo‘lgan Mayk Payper yaqinda aynan shunday yo‘l tutdi. U Amazon’dagina sotilgan “Sarmoyalar tushunarli til bilan” kitobini yozdi. Birinchi kitob shu qadar ommalashdiki, seriya yozishga undadi. Bu kitoblar jami bo‘lib unga har yili olti raqamdan iborat summani olib kelmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling