Media maydonda axborot tarqatish madaniyati
Download 71.53 Kb.
|
Media maydonda axborot tarqatish madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intervyu
Mavzu bo‘yicha topshiriqMashq. Internetdan yoshlar orasida mashhur bo‘lgan ijrochining videokliplari taqdim etilgan servisni toping. Tavsiya etilgan savollardan foydalanib, uni tahlil qiling. Mediakontentni baholashning eng yaxshi usuli – uni shaxsan yaratishdir!Mediamatnni tahlil qilishni o‘rganishning eng yaxshi usuli uni mustaqil ravishda tayyorlashdir. Jurnalistikaning istalgan janrida material tayyorlashni o‘rganib olgan talaba boshqa mualliflar tomonidan tayyorlangan materiallarni tezkor tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Jurnalist materialini tayyorlash jarayoni g‘oya generatsiyasi(tug‘ilishi)dan boshlanadi. Bugun qanday voqealar dolzarb, yangiliklarda nima haqida so‘z yuritilyapti? Mavzu tanlangandan so‘ng rakurslar haqida o‘ylab ko‘rish zarur bo‘ladi. Voqea kimning nuqtai nazaridan bayon etiladi va muallif o‘quvchilarga qanday fikrni yetkazmoqchi? So‘ngra axborot izlash bosqichi boshlanadi: Siz kimdan intervyu olmoqchisiz? Internetda ushbu mavzuga oid qanday axborotlar mavjud? IntervyuMaqola tayyorlash jarayonida jurnalist ko‘plab axborot manbalari bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida band bo‘lgan insonlarda mavjud axborot ayniqsa qimmatli hisoblanadi. Shu ma’noda ulardan intervyu olish jurnalist uchun axborot to‘plashning eng samarali usullaridan biri sanaladi. Ammo intervyu ko‘p vaqt va kuch talab qiladigan jarayon. U ko‘p jihatdan bo‘lajak suhbatni tashkil etish, ijtimoiy ahamiyatli axborotga ega bo‘lgan suhbatdosh uchun savollarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Materialning oxirgi ko‘rinishida intervyudan parchalargina beriladi. Jurnalistika amaliyotida tayyor bo‘lgan materialni xato va kamchiliklar hamda noaniqliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun intervyu beruvchiga o‘qitib olish yaxshi odat hisoblanadi. Televidenie va radio intervyularida auditoriya savol va javoblarni eshitib turadi, shu bois xatoliklar ehtimoli kam bo‘ladi. Suhbatdoshga beriladigan savollarni shakllantirib olish uchun mahoratli jurnalistlar intervyudan oldin mavzuni diqqat bilan o‘rganadi. Agar jurnalist intervyuda tilga olinayotgan mavzu bilan tanish bo‘lmasa, aniq va asosli savollar berishi mushkul. Intervyu olish bo‘yicha tavsiyalar: qisqa javoblar qaytariladigan savollar bermaslik lozim; savollarni navbatma-navbat berish maqsadga muvofiq. Bir vaqtda ikkita savol berilganda intervyu beruvchi ularning bittasiga javob qaytarishi yoki javoblar aralashib ketishi ehtimoli yuqori bo‘ladi; jurnalist o‘zining suhbatdoshga va mavzuga qiziqishini ko‘rsatib bera olishii uchun intervyuga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Aniq shakllantirilgan savollar bo‘lg‘usi materialning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi. diqqatingizni jamlab suhbatdoshingizni tinglang. Javoblar izoh talab qilsa, qo‘shimcha savollar bering; o‘z nuqtai nazaringizni bildirmang, intervyu beruvchining fikrlariga e’tibor bering; o‘ta murakkab savollar bermang. Download 71.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling