Noshir
Axborotni kim tarqatayapti? (Muallif aniqmi: ismi-sharifi, lavozimi, kompaniya nomi keltirilganmi? Muallif shu soha bo‘yicha mutaxassis sifatida tanilganmi?)
Veb-sayt qanday maqsadda yaratilgan?
Mazkur ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan boshqa mediamahsulotlar ham mavjudmi?
Fikrlar, reklama va boshqalarni dalillardan ajratib olish osonmi?
Material baholanganmi (noshir, jurnalist, ekspert yoki nashriyot tomonidan)? Boshqa manbalarda ushbu materialga havolalar bormi? Agar Internetdagi boshqa manbalar ushbu resursga havola berayotgan bo‘lsa, bu hol uning keng qo‘llab-quvvatlanishini bildiradi.
Saytda keltirilgan nuqtai nazar va qarashlar asoslanganmi?
Faqat bitta fikr va nuqtai nazar afzal, deb bilingandek tasavvur uyg‘onmayaptimi?
Dalillarning manbalari aniq ko‘rsatilganmi? Dalil va manbalar qanchalik dolzarb va muhim?
Veb-saytning tili va dizayni to‘g‘ri tanlangani borasida nima deyish mumkin?
Sahifa oxirgi marta qachon yangilangan? Undagi axborot hali ham ishonchli desa bo‘ladimi? Materialning e’lon qilingan sanasi ko‘rsatilganmi?
Axborot nisbatan batafsil bayon etilganmi yoki u ilmiy yoxud ommabop manbaga asoslanganmi?
Siz xuddi shunday axborotni bir nechta mustaqil manbadan topa oldingizmi?
Ushbu axborot ishonchli ekanini asoslab bering.
mashq. Tavsiya etilgan savollardan foydalanib, “Kamolot” YoIH veb-sayti kontentini tahlil qiling.
mashq. Tasavvur qiling, ukangiz velosipeddan yiqilib tushdi. Shifokorlar uning o‘ng tizza bo‘g‘imi shikastlanganini, va unga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati yo‘qligini aytmoqda. Internetdan bunday tan jarohatini qanday muolaja qilish va davolash bo‘yicha ishonchli axborotlarni izlab toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |