Media va axborot savodxonligi-raqamlashuv davrining asosiy talabi
Download 250.81 Kb.
|
Media va axborot savodxonligi raqamlashuv davrining asosiy talabi
Mass-mediaga tegishli barcha narsalarni mediamatn kabi tushunchadan alohida ko‘rib bo‘lmaydi. Bu — mediasavodxonlikni shakllantirishning asosiy vositasi. Mediamatn bu o‘rinda o‘z ichiga jurnalistik matn, PR-matn, publitsistik matn, gazeta matni, tele- va radio matn, reklama matni, internet-OAV matni, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar matni va h.k. larni qamrab oluvchi ommaviy kommunikatsiya mahsuli sifatida tahlil qilinadi. Mediamatn ommaviylik (media mahsulotlarni yaratish sohasida ham, ularni iste’mol qilish sohasida ham), integrativlik va ochiqlik kabi kategoriyalar mavjudligini nazarda tutadi.
Shunday qilib, mediasavodxonlik ko‘nikmalarini egallash davomida, ya’ni axborotni olish, tahlil qilish, baholashni o‘rganish orqali kishi nafaqat yangi bilimlarni egallaydi, balki o‘z professional faoliyati doirasida va umuman hayotida samarali bilim olish layoqatini o‘zlashtiradi. Turli maqsadlar uchun axborotni izlash, tizimlashtirish va undan foydalanish sohasidagi imkoniyatlari yanada kengayib boradi.
Download 250.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling