1-mashq. Bog ‘langan qo‘shma gap qismlarining qanday vositalar bilan bog ‘langanligini aytib bering.
1. Reja bajarildi, ammo hali dalada paxta bor. 2. Muvaffaqiyatlarga erishdik, lekin hali ishimizda kamchiliklar oz emas. 3.Bahor keldi-yu, lekin hali gullar ochilgani yo‘q. 4.Sen o‘z ustingda yaxshi ishlayapsan, biroq hali kamchiliging ko‘p.
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR.
Qismlari ergashtiruvchi bog ‘lovchilar yoki shunday bog ‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog ‘langan qo‘shma gaplar ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi.
Masalan: Agar qiz bo‘lsang, otingni Kimsanoy qo‘yaman, agan o‘g ‘il bo‘lsang, Kimsanboy qo‘yaman. Sayramov to‘g ‘on boshiga kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |