Mediamatnlar yaratishda qo‘shma gaplarning qo‘llanishi. Oav materiallari tahlili


Download 23.74 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi23.74 Kb.
#194275
1   2   3   4   5
Bog'liq
qoshma gaplar

2-topshiriq. Va, ammo, lekin, biroq, yo, yoki bog ‘lovchilari ishtirokida gap tuzing

BOG ‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR.

Bog ‘langan qo‘shma gaplar birdan ortiq teng sodda gaplarning teng bog ‘lovchilar orqali birikishidan tashkil topadi: Paxtalar qiyg ‘os ochildi va terim boshlandi.

Bog ‘langan qo‘shma gaplar 3 turli bo‘ladi:



Biriktiruv bog ‘lovchili bog ‘langan qo‘shma gaplar

Zidlov bog ‘lovchili bog ‘langan qo‘shma gaplar

  • Ayruv bog ‘lovchili bog ‘langan qo‘shma gaplar

Va, ham bog ‘lovchilari, bog ‘lovchi vazifasida keluvchi –da, -u (yu) yuklamalari bog ‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktirib bog ‘laydi. Masalan: Bugun ertalab ham sovuq bo‘ldi, ham yomg ‘ir yog ‘di.

Ammo, lekin, biroq kabi zidlov bog ‘lovchilari bilan bog ‘langan qo‘shma gaplar zid va qarama-qarshi munosabatni ifodalaydi. Masalan: Havo bulut bo‘ldi, biroq yomg ‘ir yog ‘madi.

Ba’zida zidlov bog ‘lovchilariga vazifadosh bo‘lgan –u (yu-), -da yuklamalari qo‘llanadi. Masalan: Signal berildi-yu, o‘yin boshlandi.

Goh, ba’zan, dam, yo, hoh, bir kabi bog ‘lovchilar qo‘shma gap qismlarini ayirib bog ‘lash uchun ishlatiladi. Ular, odatda, takrorlanib qo‘llanadi: Uning dam jahli chiqar, dam kulgisi qistar edi.




Download 23.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling