7. GIF-animatsiyalar tayyorlash va yuborish
Telegram’ning mobil shaklida videoni yuborish funksiyasi bor. U tezda rolik suratga olish, zarur bo‘lsa uni kesish, sifatni tanlash va chatga yuborish imkonini beradi. Natijada MP4 formatidagi videofayl paydo bo‘ladi va bosish orqali ishga tushadi.
Agar videoni tayyorlash jarayonida kesish menyusidagi mikrofon belgisiga bosib ovoz o‘chirilsa, videoyozuv chatga GIF shaklida yuboriladi. U avtomatik ravishda ijro etilaveradi.
8. Suratlar ustiga niqob joylashtirish
Telegram’ga surat yuborishda smartfonda tasvirni kadrlashtirishingiz, rangini o‘zgartirishingiz, imzo qo‘shishingiz yoki turli qiziqarli stiker-niqoblarni yopishtirishingiz mumkin. Bu kulgili parik, soqol, ko‘zoynak, hayvon quloqlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Bunday stikerlarni tanlash uchun xabarni yuborish menyusida smartfon kamerasi yordamida suratga oling. Keyin tahrirlash menyusida cho‘tkaga, keyin esa niqob belgisiga bosing. Messenjer tomonidan taklif etilgan barcha stikerlarni aylantirish, shuningdek, ularning o‘lchamini o‘zgartirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |