10. ThinkCERCA (QUICKCERCA)
ThinkCERCA (QuickCERCA) o’qituvchilarga matnlar tuzish va o’quvchilarda muhokama qilib o’ylash ko’nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Mavzuni tanlab o’qish darajasiga moslangan matnni tanlashingiz mumkin. O’quvchilar matnda amalga oshirish kerak bo’lgan ishlarni belgilash va ularning fikrlarini ham bilishingiz mumkin.
11. Telegram nima va uning imkoniyatlari qanday?
Telegram oddiy qilib aytganda tezkorlik va xavfsizlikka qaratilgan xabar almashish dasturidir (appidir), va bu tez, oson va bepul. Telegramni barcha qurilmalaringizda bir vaqtning o’zida ishlatsangiz bo’ladi ya’ni xabar sizning telefoningiz, planshetingiz yoki kompyuteringiz orasida muammosiz sinxronlashtiriladi.
Telegram bilan, siz xabarlar, rasmlar, videolar, va ko’p turdagi fayllarni (doc, zip, mp3 va hokazo) yuborishingiz mumkin, shu bilan birga 100 000 gacha guruhlar ochsangiz bo’ladi.
Telefoningizda yozilgan (saqlab qo’yilgan) kontaktlardan ismlariga ko’ra odamlarni topishingiz mumkin. Bundan tashqari, qurilmangizdagi disk maydoni haqida qayg’urishga hojat yo’q. Telegramning keshni boshqarish imkoniyatlari disk xotirasini ko’paytirib yubormaydi.
Telegramning IOS, Andriod va Windows telefonlar uchun dasturlari (applari) bor. Telegramning veb versiyalaridan foydalansangiz ham bo’ladi, ya’ni Windows, OSX va Linux uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |