Mediata’lim butun ta’lim-tarbiya muvaffaqiyatlarining poydevori hisoblanadi
Download 1.06 Mb.
|
L - 3. 2.5.3 Информатика нопедагог 2019 охирги вариат маърузаси
3.2.5.3 Veb texnologiyalar va ularning imkoniyatlari. Internetning WWW hizmati asosan web-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug‘ulishi tabiiy. Web-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. XI asr – yuksak intelletual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri. Chunki internet, televideniye, kino, radio, video, telefon va boshqa aloqa vositalari juda tez jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Mediata’lim interfaol o’quvchiga indivudial ta’sir etadigan usul sifatida ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Media-ta’lim o’quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyat-larini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash umumlashtirish, xulosa chiqarishga o’rgatadi. Mediata’lim qanchalik mustahkam bo’lsa, o’quvchi dunyoqarashi, intel-lektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Bu esa milliy istiqlolimiz sharofatidir. Milliy istiqlol ta’limning mazmuni va mohiyatini eski andozalardan ozod qildi. Mustaqillik g’oyasi bilan sug’orilgan milliy mafkura g’oyalarini o’zida jo etgan va qamrab olgan boshlang’ich ta’lim bo’yicha davlat ta’lim standarti, ta’lim konsepsiyasi, yangi darsliklar, o’quv–uslubiy qo’llanmalar, dasturlar, tavsiyalar, yo’riqnomalar chop etildi va multimediyali elektron darsliklar yaratilmoqda. Mediata’lim butun ta’lim–tarbiya muvaffaqiyatlarining poydevori hisoblanadi. Ta’lim jarayoniga matbuot, televideniya, radio, kino, video va internet olib kirilmoqda. Bularning barchasi mediadarslar nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda. YuNESKO huzuridagi kino va televideniya bo’yicha xalqaro kengash 1973 yilning birinchi martida video ta’limga shunday ta’rif bergan: “Mediata’lim deganda pedagogika nazariyasi va amaliyotida maxsus bilim sohasi sifatida qaraliyotgan ommaviy kommunikatsiya vositalarini egallash uchun nazariy va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishni tushunish lozim”. Hozirgi kunda o’quvchilar uchun informatsion savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Ommaviy axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot evolyutsiyasi tufayli hattoki tayyorgarligi umuman yo’q foydalanuvchilar, jumladan kichik maktab yoshdagilar ham ularni bemalol o’zlashtirib olmoqdalar. Mediata’lim o’qitishning mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini sifat jihatdan o’zgartirmoqda, ma’lum shartlarda o’quvchilarning individual qobiliyatlarini, ularning shaxs xususiyatlarini ochishga, saqlashga va rivojlantirishga, bilim doirasini kengaytirishga, mukammalikka intilishga yordam berishi mumkin. Mediata’lim resurslari yordamida ular u yoki bu materialni tezroq o’zlashtiridilar, o’quv jarayoniga faol ishtirokchilar sifatida jalb qilinadilar. Mediata’limning jadal rivojlanishi atrofimizdagi hayotni sifat jihatdan o’zgartiradi hamda ko’plab yangi muammolarni, masalan, axborot madaniyatini shakllantirish hamda o’sib kelayotgan avlod salomatligi uchun so’zsiz xafziligini ta’minlash muammolarini keltirib chiqaradi. Mediata’lim o’quv jarayonida nazariy axborotni berish bilan materiallarni yuqori darajadagi zamoniviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’quv ab’ektlari va voqeallarni model-lashtiradi, ularni avtamotik rivishda ketma-ketlikda namoyish etadi, ta’svirni tushuradi. Mediata’lim o’quvchilarning o’quv mazmunini o’zlashtirishda qizi-qishini yanada oshiradi. O’quvchilarning ko’rgazma-obrazli ta’sirida fikr yuritishi, motorik va verbal kommunikativ ko’nikmalarnging shakllanishiga olib keladi. Yurtimizda gazeta, jurnal, axborotnoma-byulleten’, radio, televideniye, axborot agentliklari, veb-saytlar kabi, jami 7 turdagi ommaviy axborot vositasi ro’yxatga olingan. Ular O’zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 tilda va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 ortiq ixtisosliklar bo’yicha faoliyat olib bormoqda. Respublikamizda 2012 yil 1 aprel xolatiga ko’ra, ro’yxatga olingan ommaviy axborot vositalarining umumiy soni 1254 tani tashkil etadi. Ulardan 706 tasi gazeta, 255 tasi jurnal, 16 tasi axborotnoma-byulleten’, 4 tasi axborot agentligi, 64 televideniye, 36 radio, 173 ta veb- saytlar faoliyat yuritmoqda. Hammamiz ommaviy axborot vositalaridan maqsadli foydalani-shimiz kerak. Faqat ezgu niyatlarda, yaxshi amallar uchun koni foydadir. Hozirgi davrda sun’iy yo’ldosh axborot uzatishining eng qulay vositasi bo’lib qoldi. Katta mablag’ talab etiladigan sun’iy yo’ldoshga hamma davlat ham egalik qilolmaydi. Shu bois ham fazoviy sun’iy yo’ldoshlar bir nechta davlatga qarashlidir. AQSh 30 ta, Yaponiya 21 ta, Rossiya 12 ta, Xitoy 9 ta, Hindiston 9 ta sun’iy yo’ldoshga ega. O’quv jarayonida ommaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quvchilarining psixofizi-ologik rivojlanishga mos keladi, o’quv jarayonini yanada qiziqarli qiladi, o’qitish mazmuni, shakllari va usullariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Axborotlashgan jamiyat sharoitida bu alohida dolzarblik kasb etadi. Mediata’limning bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam beradi, oddiy yo’nalishlardagi media axborot tilini o’rganish; o’quvchining badiiy o’sishi, rivojlanishiga hissa qo’shish, mediamatnlarni qabul qilish, o’rganish va malakali tahlil etish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat. Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda mediata’lim masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limning barcha bug’inlarida tobora faol qo’llanilayotgan mediata’limning turli yo’nalishi, tur va shakllari o’quvchilar, jumladan, o’quvchilarning ma’naviy kuchi, qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib, ta’lim tizimiga yangicha gumanistik yo’nalgan-lik baxsh etadi. Mediata’lim o’zining texnologik infrastruk-turasi, o’z tayanch ta’lim texnologiyalariga ega. Mediata’limning asosiy mazmuni media-madaniyat kino san’ati badiiy televideniya va badiiy media tilini uning tarixini bilish tushunishdir. Mediata’lim-o’quv jarayoni va uning barcha didaktik shart-sharoitlarni takomillashtiruvchi hodisadir. Ta’lim jarayonida mediata’limni tashkil etishda o’quv predmetlarining materiallari nihoyatda talabchanlik bilan muvofiqlashtirilishi lozim. O’qituvchi o’rganilayottan materialning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishga harakat qilishi, o’quvchilar ongida barqaror tizimlashtirilgan bilimlarni singdirish vositasi hisoblanadi. Mediata’limning pedagogik strategiyasi badiiy taxlil qila olish, uni talqin qilish asosida baho berishdan iboratdir. Mediata’limnig markazida o’quvchi shaxs turadi, uning qiziqishi, xoxish, istaklarini xisobga olish, olingan axborot vositasida tanqidiy fikrlashga o’rgatish kerak. Xorijiy davlatlar pedagogik olimlarning fikricha, mediata’lim tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarni o’quv bilish jarayonida reaktiv fikrlashga o’rgatadi. Axborot bilan ishlash, axborot qidirish, zarurlarni ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish mantiqiy yaqinlarini ajratishni o’rganadi. Shular asosida axborot madaniyati shakllanadi. Hozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalarida «axborot xurujlari» atamasi tez – tez tilga olinmokda. Niyati buzuq bo’lgan ayrim guruhlar sa’y–xarakatlari bilan ommaviy axborot vositalari tajovuz quroliga aylantirilmoqda. «Mafkuraviy xurujlari»da insonning ongi va qalbi nishonga olinmoqda. Yoshlar masalasi, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi alohida e’tiborni talab etadi. Yoshlarimizni mafkuraviy xurujlardan himoya qilish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq : • o’quvchi-yoshlar turmush tarzi, ruhiyati va qiziqishlarini davomli o’rganadigan psixodiagnostika markazini tashkil etish; • o’quvchilar hayotini o’rganish maqsadida psixologik, sotsiologik va pedagogik yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish; • ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarning milliy asoslarini kuchaytirish, • yoshlar ishtirokida sobiq ittifoq davridagi kinofil’im, multfil’imlarni tarbiyaviy ahamiyatini tanqidiy tahlil etish; • ta’lim muassasalarida o’kuvchilar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga teleradio ko’rsatuvlarni yoshlarning yoshini hisobga olgan holda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni maxsus kunlik reja asosida tashkil etish. Axborot xavfsizligini ta’minlash orqali biz milliy madaniyatimizni, o’z tilimizni, o’zimizning ommaviy axborot manbalarimizni himoya qilamiz. Mediata’limning mukammalligi yoshlarning kelajagini so’zsiz belgi-laydi. Ana shu keng qamrovli pedagogik jarayon ta’lim tamoyillariga mos holda, darsda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llashni, takomillashtirishni, interfaol, interaktiv usullarni keng ko’lamda bosqichma-bosqich amalda joriy etishni talab etadi. Muxtasar qilib aytganda, ta’lim-tarbiyaga e’tibor bermasdan turib, kelajagimiz bo’lgan navqiron va sog’lom avlodni, bilimli, savodli yoshlarni tasavvur qilib bo’lmaydi. Yoshlikda berilgan bilimning o’rnini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydi, yoshlikdagi bilim qoyadagi bitikdir. Quyida Siz bilan ta’lim jarayonida veb texnologiyalarni qo’llashning 10 xil foydali texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz: Конец формы Texnologiyalar sohasida so’nggi yillarda shiddatli o’zgarishlar kuzatilmoqda. Bu borada o’qituvchi va talabalar uchun bilim olishda keng imkoniyatlar bor. Hozirda o’quvchilarga dars berish jarayoni ham turli interfaol qo’llanmalar yordamida yanada qiziq olib borilmoqda. Quyida keltirilgan 10 xil moslama bilan bilim berish jarayonini yanada qulaylashtirish mumkin. Bu texnologik qo’llanmalar Amerika va G‘arb davlatlarida juda ommalashgan bo’lib, ularning vazifasi dars jarayonini yanada samarali tashkil etishdan iborat. Keling, ular bilan tanishamiz.
Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling