Mediata’lim butun ta’lim-tarbiya muvaffaqiyatlarining poydevori hisoblanadi
Download 1.06 Mb.
|
L - 3. 2.5.3 Информатика нопедагог 2019 охирги вариат маърузаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Invite Friends
Telegramdan qanday foydalanish
Telegram dasturini (appni) telefoningizga ( ya’ni siz ishlatayotgan qurilmangizga – telefon, planshet va kompyuter) o’rnatib olib yoki veb sahifani o’zida telegram ochsangiz bo’ladi. Har ikkala holatda ham sizdan davlatingizni tanlash va telefon nomeringizni kiritish so’raladi. Albatta telefoningizga (umuman foydalanayotgan qurilmangizga) telegramni yuklab (skachat qilib), o’rnatib olsangiz, keyinchalik foydalanishda ishingiz osonlashadi. Android uchun Play Store va IOS uchun App Storedan bepul telegram appni yuklab (skachat) qilib olsangiz bo’ladi. Skachat qilib olgandan keyin, uni albatta o’rnatib (install) olasiz! O’rnatishtugaganidan so’ng, telegramni oching va START MESSAGING tugmasini bosing! Keyin sizdan davlatingizni tanlashni va telefon nomeringizni kiritishni so’raydi: Siz kiritgan telefon nomeringizga aktivatsiya qilish uchun besh xonali kod boradi. Bu kodni ikki daqiqa ichida kiritishingiz kerak. Berilga kodni to’g’ri kiritganingizdan keyin ism familiyangiz kiritilishi so’raladi. Ism va familiyangizni kiritgandan keyin, telegramingizdan foydalanishni boshlasangiz bo’ladi. Bunda eng avvalo telegramdagi do’stlaringizni topib olishingiz kerak, ya’ni xabar yozishni boshlash uchun yangi kontaktlar qo’shishingizga to’g’ri keldi. Telegram sizni telefoningizning kontaktlar ro’yxatida telefon raqamlarini qidiradi va biron-bir raqam Telegram akkauntiga bog’langan bo’lsa, siz ularni Telegramda ko’rishingiz va ularga xabar yuborishingiz mumkin. Shunday qilib, agar siz do’stingiz bilan Telegram orqali suhbat qurishni istasangiz, do’stlaringizdan Telegram orqali ro’yxatdan o’tishni so’rashingiz mumkin. Shu tarzda ularning telefon nomerlarini o’zingizning telefon kontaktingizga saqlab qo’ying! Shu bilan bir qatorda, do’stlaringizni Telegramdagi WhatsApp kabi boshqa ilovalardan ham taklif qilishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun qurilmangizning menyu tugmasini bosing, Kontaktlar-ni tanlang, Invite Friendstugmasini bosing! So’ngra do’stlaringizni taklif qilishni istagan dasturni tanlang va do’stlaringizga chaqiruvingizni yuboring! Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling