3. Videoni “suratda surat” rejimida tomosha qilish
Messenjerning mobil ko‘rinishida YouTube-videoni chatning o‘zida tomosha qilish mumkin. Buning uchun havola yonida aks etgan prevyu-rasm ustiga bosishning o‘zi kifoya. Hamma ham videoni “rasmda rasm” rejimi, ya'ni barcha chatlarning ustidagi kichik oynada ishga tushirish mumkinligini bilmaydi
Buning uchun rolikni Telegram’da ishga tushiring va uning tepasidagi to‘g‘ri-to‘rtburchak shaklidagi belgiga bosing. Paydo bo‘lgan oynani joydan-joyga olish mumkin, biroq o‘lchami o‘zgarmaydi.
Bu rejim bir vaqtning video ko‘rib, do‘stlar bilan yozishish imkoniyatini beradi. U ovoz tasvirga qaraganda muhimroq bo‘lgan vaziyatlarda ayniqsa foydali. Chunki bu kabi kichik ekranda video odatda aniq ko‘rinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |