4-§. Atom yadrosining tarkibi
Rezerford tajribalaridan yadro atomning asosiy massasini o’zida mujassamlashtirgan musbat zaryadli zarra ekanligi aniqlandi. 1919-yilda Rezerford elektrondan keyingi elementarr zarracha - protonni kashf etdi. Proton massasi elektron massasidan 1836,1 marta katta bo’lgan, elektr zaryadi elektron zaryadiga, spini esa ga teng bo’lgan musbat zaryadli turg’un elementar zarra.
1920-yili Rezerford massasi proton massasiga teng bo’lgan neytral zarracha mavjudligini taxmin qildi va u 1932-yilda ingliz fizigi D. CHedvik tomonidan aniqlandi. Bu zarrachani neytron deb ataldi. Keyinroq atom yadrosi proton va neytronlardan tuzilgan deb, ularni birgalikda nuklonlar deb nomlandi.
YAdrodagi nuklonlar soni A yadroning massa soni bo’lib, neytronlar soni
(4.1)
dan topiladi, bunda Z - protonlar soni.
YAdroni belgilash uchun ZXA belgilash ishlatiladi.
YAdrodagi protonlar soni o’zgarmaydigan yadrolar guruhiga izotoplar deyiladi. Masalan: 1H1, 1H2, 1H3.
YAdrodagi neytronlar soni o’zgarmaydigan yadrolar guruhiga izotonlar deyiladi. Masalan: 1H3, 2He4, 3Li7, 4Be8.
Massa soni o’zgarmasdan qoladigan yadrolar guruhiga izobarlar deyiladi. Masalan: 1H3, 2He3, 18Az40, 20Ca40.
Do'stlaringiz bilan baham: |