2. Xizmat korsatish klasslari
Xizmat korsatish klasslari taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini belgilash uchun ishlatiladi. Turistlik mahsulot turli tuman xizmatlar yigindisidan iborat bolganligi uchun ularni turistga sotishda darajasini belgilash bilan bogliq muammolar kelib chiqadi. Turlar va xizmatlarning darajasini belgilash boyicha bizning mamlakatimiz bozorlarida ham xalqaro bozorda ham normativ standartlar mavjud emas. Shuning uchun turoperator va turagentlar turni siljitish va sotishda shartli ravishda tur boyicha xizmatlarni lyuks, birinchi klass, turistlik klass, ekonom (iqtisod) klass qilib belgilanadi.
«Lyuks klass». Ushbu klass boyicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli xashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samalyotlarida uchish, xashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport lyuks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k. Bunday turlar VIP-xizmat korsatish turkumi (razryadi) boyicha taqdim etiladi.
Birinchi klass — bu ham nisbatan yuqori darajali xizmat korsatish bolib, 4-5 yulduzli mehmonxonalarga joylashtirish, biznes klass darajadagi samalyotlarda uchishni, obroyli restoranlarda ovqatlanishni, individual transfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
Turistlik klass 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, shved stoli boyicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat korsatish turidir.
Iqtisod klassi. Eng arzon xizmat korsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan talabalar va kam taminlanganlar foydalanadi. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bolmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni kozda tutadi: 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, ozoziga xizmat korsatish tamoyili boyicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Bir soz bilan aytganda hammasi tejamli va arzon. Ammo shuni unutmaslik lozimki, ushbu belgilashlarning barchasi shartlidir va kopincha ular milliy variantlar va farqlarga ega. Nima bolganda ham turni sotib olishda har bir xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |