Mehmonxona sanoati bu mehmon tomonidan talab qilinadigan vaqtinchalik turar joy va qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatuvchi korxonalar majmuasi
Download 325.5 Kb.
|
Masharipov...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyurtmali tur.
Xizmatlar paketi (toplami). Kompleks xizmat korsatish oz ichiga turistlik xizmatlar toplami turpaketni oladi. Turizmda xizmatlar turli tumandir: joylashtirish, ovqatlantirish, tanishish, ekskursion, dam olish-kongilochar va maishiy xizmatlar, sport va kurort dasturlari, turistlik safarlar va h.k. Turistlik amaliyotda asosiy va qoshimcha xizmatlar tushunchalari amal qiladi. Ular ortasida qanday farq bor? Istemolchilik xususiyatlari nuqtai nazaridan ular ortasida hech qanday farq mavjud emas. Ekskursiyalar agar ular turning narxiga va kompleks xizmat korsatishiga kiritilgan bolsa ular asosiy xizmatlar hisoblanadi, ammo agar turist oz xohishiga binoan tolangan turga qoshimcha ravishda yana biror ekskursiyani harid qilsa, bu qoshimcha xizmatga aylanadi. Shunday qilib, asosiy va qoshimcha xizmatlar ortasidagi farq ularning turist tomonidan dastlabki sotib olingan turga aloqadorligiga bogliq. Amaliyotda asosiy turistlik mahsulot bu xizmat korsatish kompleksidir, yani turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning standart toplami. Xizmatlar paketi (toplami)-turoperator tomonidan yaratilgan bolib, malum xizmatlar toplamidan: tashish, joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalar va h.k. iborat turistlik mahsulotdir. Turdagi xizmatlar paketi turist tomonidan tanlangan turistlik dam olish turi boyicha ularning ehtiyojlari va sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Tur va uning paketini shakllantirishda turistlar bilan ishlashning ikki varianti mavjud:
a) buyurtmali turlar sotilishi; b) inklyuziv turlar sotilishi. Buyurtmali tur. Buyurtmali turlarni sotishda dasturni shakllantirish va xizmatlar tarkibini yaxlitlash turist xohishiga binoan, uning bevosita ishtirokidaamalga oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri boyicha turli xizmat korsatish variantlari taklif etiladi: joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi boyicha turli xil mehmonxonalar. ovqatlanish-turli variantlar (toliq yoki toliq yarim pansion, yoki umuman ovqatlanishsiz) shved stoli yoki «alya kort» va x.k. ekskursiyalar, harid-kongilochar xizmatlar. transport xizmatlari — aviauchish variantlari, temiryol tashuvlar, avtomobil arendasi va h.k. variantlari. sport va davolanish kurort xizmatlari. viza xizmatlari, shuningdek sugurta xizmatlari. Yuqorida aytilganidek, bunday turlarni tuzishda turistning ozi bevosita ishtirok etadi. Turist tomonidan talangan xizmatlar tur dasturiga shakllantirladi. Narx hisoblanadi, uni turist turpaketga ega bolgach tolaydi. Odatda bunday buyurtmalar agentliklarda shakllantiriladi va song joriy uchun turopera-torga yonaltiriladi. Buyurtmalarning tez va sifatli taminlash uchun bugungi kunda xalqaro turizmda turagentliklar va operatorlik kompaniyalari tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmoqda. Xalqaro turizmda paketni yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va turni sotishni operativ hal qilish uchun kompyuter va telefaks aloqasidan keng foydalaniladi. Download 325.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling