Mehmonxona sanoati bu mehmon tomonidan talab qilinadigan vaqtinchalik turar joy va qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatuvchi korxonalar majmuasi


Servisni va istemolchining ozaro bogliqligi


Download 325.5 Kb.
bet6/17
Sana17.06.2023
Hajmi325.5 Kb.
#1527076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Masharipov...

2. Servisni va istemolchining ozaro bogliqligi. Xizmatlar istemolchi va ijro etuvchilarning ozaro tasiri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistlik xizmatlarni korsatish jarayoni (ishlab chiqarish) istemol bilan birga parallel ravishda yuz beradi. Malumki, moddiy shaklda tovarlarni ishlab chiqarish, uni sotuvidan oldin boladi, faqat undan keyingina istemol jarayoni boshlanadi. Yana bir muhim xususiyatlaridan biri bu turistlik tovarlar va xizmatlar istemoli faqatgina istemolchini, yani turistni uning ishlab chiqilgan joyiga olib borilgan holdagina amalga oshiriladi. Oddiy tovarlar va xizmatlar istemoli esa teskarisi, yani ishlab chiqilgan mahsulot joyidan qatiy nazar tayyor bolgach, istemolchi uni shu yerning ozida istemol qiladi.
3.Saqlanmaslik. Turistlik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistlik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bolmaganligi bilan turistlik xizmatlarni saqlanmasligi bozor konyukturasini yaxshilab organishni, talab vataklifni mutonosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bolmaganga qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
4. Sifatning doimiy emasligi (xizmatlar sifati kop hollarda manbaning holati, uning malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bogliq boladi). Mehmondostlik sohasidagi xizmatlar ozining ozgaruvchanligi bilan ajralib turadi, yani, ularni sifati qanday sharoitlarda kim uni rad etishga bogliq boladi. Bunday ozgaruvchanlikni bir necha sabablari mavjud. Birinchidan, bunday turdagi xizmatlar bir vaqtning ozida korsatiladi va qabul qilinadi, bu esa ularning sifatini nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Ehtiyojni vaqtinchalik nobarqarorligi, ehtiyoj yuqori bolgan davrda xizmat sifatini saqlashni muammoli qilib qoyadi. Kop narsalar xizmat korsatish vaqtida uni rad etish holatiga bogliq boladi. Aynan bir kishi bugun sizga yaxshi xizmat korsatishi mumkin, ammo ertasi kuni sifatsiz xizmat qilishi mumkin. Bunday sifatsiz xizmat korsatishni turli sabablari bolishi mumkin: xizmat sifatidagi osish va tebranishlar, mehmondostlik industriyasi shaniga mijozlar tomonidan aytiladigan etirozlar norozilikning bosh sababi bolib hisoblanadi. Turistlik xizmat korsatish tarkibi asosiy va qoshimcha xizmatlar bilan farqlanadi.
Turistlik korxonalar korsatadigan asosiy xizmatlarga qoyidagilar kiradi: tashishni tashkil etish boyicha xizmatlar; joylashtirish; turistlarni ovqatlantirish; sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish boyicha xizmatlar. Turistlik korxonalar korsatadigan qoshimcha xizmatlarga qoyidagilar kiradi: turistlarni sugurtalash boyicha xizmatlar; gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon xizmatlari; turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan joyigacha -mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish boyicha, hamda sayohat shartlaridakozda tutilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan) istalgan boshqa tashishlar boyicha xizmatlar; texnikani tamirlash boyicha xizmatlar; ijara berish boyicha xizmatlar; valyuta ayiraboshlash; telefon xizmati; pochta xizmati; maishiy xizmat korsatish xizmatlari; plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k. Bunday bolinish istemol xususiyatlari nuqtai nazaridan olib qaraganda, ahamiyatli farqlar yoqligi sababli shartlidir. Yollanmada qayd qilingan va asosiy dasturga kiritilgan xizmatlar asosiy hisoblanadi.
Qoshimcha xizmatlarni yetib kelgan joyida turistning ozi mustaqil harid qiladi. Ular yollanma narxiga kirmaydi. Kopgina holatlarda turistlik asosiy xizmatlarga transport xizmat-lari, joylashish va ovqatlantirish xizmatlaridan tashkil topadi. Ammo, tanishuv (ekskursion), malakaviy ish turizmi, sport, diniy maqsadlarda sayohatlar tashkil etilganda qoshimcha xizmatlar ham ushbu turlarning asosini tashkil etadi. Asosiy va qoshimcha xizmatlar ortasidagi farq, ularni dastlabki harid qilingan yollanma paketiga kiritilgan xizmatlardan tashkil topadi. Turistlarga nomoddiy xizmatlardan tashqari moddiy xizmatlar yoki maxsus mahsulotlar taqdim etilishi mumkin, masalan, shahar rejasi, metro haritasi, suvenirlar, turistlik jihozlar. Shunday qilib, Ozbekistonda turizm bozorini organish va rivojlan-tirish jarayonida, kelgusida turizmni asl mohiyatini belgilovchi qoyidagi uchta jihatlarni hisobga olishni hozirgi davr talab qilmoqda: dam olish va kongil ochar faoliyat sifatida; bevosita turizmga xizmat qiluvchi tarmoqni qamrab oluvchi biznes sifatida; turizm bozoriga yonaltirilgan moddiy ishlab chiqarish va xizmat korsatish tarmogi korxonasining faoliyati sifatida qarash togri kelmoqda.

Download 325.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling