Mehmonxona sanoati bu mehmon tomonidan talab qilinadigan vaqtinchalik turar joy va qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatuvchi korxonalar majmuasi
Mehmonxona xizmatlari xususiyatlari
Download 325.5 Kb.
|
Masharipov...
Mehmonxona xizmatlari xususiyatlari
Turizm industriyasi — bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obektlari, kongil ochish obektlari va vositalari, bilim orttirish, davolash, soglomlashtirish, sportga doir, diniymarosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turistlikekskursiya va gid-tarjimonlik xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotlar majmuidir. Ozbekiston Respublikasining «Turizm togrisida» gi Qonunda turistlik industriya tushunchasi quyidagi tarzda tariflanadi: Turistlik industriya - turistlik faoliyatning turistlarga xizmat korsatishini taminlovchi turli subektlar (mehmonxonalar, turistlik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, ekport muassasalari va boshqalar) majmui. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatning yoki turistlik markazning ijtimoiy tuzilishidan qatiy nazar turizm sohasida turistlik faoliyatni amalga oshiruvchi bir qancha turli xildagi korxonalar, chunonchi: turizmni tashkillashtiruvchi turoperator va turistlik agentliklar mavjud. Bundan tashqari turistlarni tashuvchi, mehmonxonalar va joylashtirish tizimining boshqa korxonalari, umumiy ovqatlanish, attraksionlar va kongil ochar joylari, shuningdek, ular qatoriga bank sohasidagi muassasalar, sugurta xizmati va boshqalar kiradi. Turizmning maxsus turlarida davolash muassasalari, oqitish tizimi muassasalari hamda aniq turistlik mahsulotning maqsadlariga muvofiq keladigan sport va boshqa muassasalar ishtirok etishlari mumkin. Bu tashkilotlarning barchasi bir-birlarini uygun ravishda toldirishi va istemolchi uchun zarur bolgan hamda assortiment boyicha yetarli darajadagi barcha xizmatlarni korsatadi. Turizm tashkilotchilariga turizm sohasidagi ikki xil korxona mansubdir: turoperatorlar va turistlik agentliklar. Bu korxonalar turizm xizmatining ozi bilan bevosita shugullanmaydilar, balki faqat istemolchi (turist) bilan bevosita xizmat korsatuvchining ortasida vositachilik vazifasini bajaradilar. Oz navbatida 5 ularning faoliyati - bu ham xizmat korsatishdir. Fransiyaning turistlik qonunchiligida bu korxonalarni ularning mohiyati va vazifasining harakteriga muvofiq ravishda turizm tashkilotchilari deb togri nomlaydilar. Transport tizimi turistlarni piyoda bir joydan boshqa bir ikkinchi joyga otkazishni istisno qilganda, texnik taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi: fillar, tuyalar, otlar, eshaklar, itlar kabi hayvonlardan; yer usti mexanik harakat vositalaridan (velosiped, avtomobil, avtobus, temir yoldan); havoda harakatlanish vositalaridan (havo transportidan); suv transportidan - qayiq, sollar, daryo va dengiz suv usti va osti kemalaridan foydalanish asosida turgun ravishda shakllanadi. Turistlarni bir joydan boshqa joyga olib boruvchilar ish bosqichlariga, ularning turistlik mahsulot tarkibidagi orniga muvofiq ravishda asosiy va yordamchi tashuvchilarga bolinadi. Ish bosqichlariga kora ularni quyidagilarga bolish mumkin: transfer, kop hollarda avtobus, turistlarni jonatish, joyidagi asosiy tashuvchiga yetkazib berish, turistlarni aeroport terminalidan, vokzaldan mehmonxonaga eltish hamda xuddi shu operatsiyalarni turistlar vatanlariga qaytayotganlarida bajarish; turistlarni borishlari kerak bolgan uzoq masofalarga eltish; avtobus va temir yol turlarida marshrut boyicha olib yurish, bunda tashish bosqichi aslida turning zaruriy va asosiy elementi boladi, tashish vositalari esa, kopincha tunash joylariga aylanadi, bunga dengiz sayohatiga doir marshrutlarni ham kiritish mumkin; ekskursion marshrutlardagi tashish, masalan, shahar boyicha, tematik boglardagi va boshqa tashishlar; shopping turlar uchun yuk tashish. Joylashtirish - turizm industriyasining eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Joylashtirish (tunash) bolmasa turizm ham bulmaydi. Bu turistlarni qabul qilib olish va oz turistlik resurslarini ishlatishdan qatiy nazar va kattadaromad olishga tashna bolgan har qanday turistlik region va markaz iqtisodiyotining talabidir. Mehmonxona industriyasi mexmondostlik tizimi-ning mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bolgan mexmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat korsatish tantanalari kabi eng qadimgi ananalaridan kelib chiqadi. Shuni takidlash kerakki, mutlaqo tranzit turistlar va ekskursion xizmat korsatish hisobiga yashaydigan turistlik markaz va joylar mavjud. Lekin bu holda yaxshi foyda olish uchun turistlik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega bolish kerak. Mehmondostlikning (mehmon qabul qilish) industriyasi - bu mintaqa yoki turistlik markaz xojaligining eng kuchli tizmidir va turizm iqtisodiyoti-ning muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va individual joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, appartamentlar, turistlik xutorlar, shuningdek, turistlarni joylashtirishda ishtirok etvchi xususiy sektor vositalarini tashkil etadi. Download 325.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling