Mehmonxona sanoati bu mehmon tomonidan talab qilinadigan vaqtinchalik turar joy va qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatuvchi korxonalar majmuasi


Turistlik xizmatlar haqida tushuncha


Download 325.5 Kb.
bet7/17
Sana17.06.2023
Hajmi325.5 Kb.
#1527076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Masharipov...

Turistlik xizmatlar haqida tushuncha. Ozbekiston Respublikasining «Turizm togrisida»gi Qonunidagi ayrim moddalarda turistlik xizmatlar bilan bogliq tushunchalarning tarifi berilgan. Jumladan, Qonunning 3-moddasida turistlik xizmatlar tushunchasi haqida: «turistlik xizmatlar—turistlik faoliyat subektlarining joylash-tirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari korsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar», - deb tariflanadi. Qonunning 11-moddasi: «Turistlik sayohat va turistlik xizmatlar majmui»,-deb nomlanib, unda quyidagi fikrlar bayon qilinadi - «turistlik sayohat yakka tartibda yoki turistlar guruhi tarkibida amalga oshiriladi.
Turistlik xizmatlar majmui transport xizmati korsatishni, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati korsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni oz ichiga oladi», - deyiladi. Qonunning 10-moddasi: «Turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirish»,-deb nomlanib, unda quyidagi jumlalarni oqiymiz: «Turistlik xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim. Turistlik xizmatlarni sertifi-katlashtirish va sertifikat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Turistlik faoliyat subektining turistlik xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishdan bosh tortishi, turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirishning natijasi salbiy bolishi, shuningdek, sertifikatning amal qilishini bekor qilish turistlik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toxtatib qoyishiga yoki litsenziyadan mahrum qilishga sabab boladi».
Qonunning 12-moddasi: «Turistlik xizmatlar korsatish shartnomasi»,-deb nomlanib, quyidagi fikrlar bayon etiladi: «Turistlik xizmatlar shartnoma asosida korsatiladi. Shartnomada korsatilgan xizmatlarning kolami va sifati, taraflarning huquqlari hamda majburiyatlarini, haq tolash va hisob-kitoblar tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini va uni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni, shuningdek, taraflarning kelishuviga kora boshqa shartlarni belgilaydi».
Qonunning 13-moddasi: «Turistlik yollanma (vaucher)»,-deb nomlanib, unda: «Turistlik yollanma (vaucher) - turistning yoki turistlar guruhining turtarkibiga kiruvchi turistlik xizmatlarga bolgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar korsatilganligini tasdiqlovchi hujjat»,-deyiladi. Turist turistlik mahsulotlar (turistlik xizmatlar, ishlar va tovarlar) istemolchisidir. Turistlik mahsulotlar - turistlik asosiy xizmatlardan (bronlashtirish, transfert, joylashtirish, ovqatlantirish, ekskursiyalar), qoshimcha xizmatlar turistlik-ishlardan (foto xizmati, sugurta, axborot, moliya, bank xizmati) va turistlik tovarlardan (esdalik sovgalar, xilma-xil tur tovarlari, istemol tovarlari parfyumeriya, tamaki, spirtli ichimliklar, maishiy texnika, kiyim-kechak) iboratdir. Turistlik xizmatlar - turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va taminlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yonaltirilgan harakatlar toplami bolib, ular turizm maqsadlariga, harakteriga va turistlik xizmatning qanday yonaltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi bolmasligi kerak.
Davlat standarti tarifiga kora, turistlik xizmatlar — turistlarning ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shugullanuvchi turizm tashkilotlarining faoliyati mahsulidir. Umuman, xizmatlar - bu kozga korinmas tovarning oziga xos turidir. Xizmat bevosita istemol jarayonida yuzaga keladi va alohida holda bolmaydi, bu xizmatning moddiy tovarga nisbatan asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar istemolchiga olib kelib beriladi, turistlik xizmatda esa istemolchi bevosita xizmatning amalga oshiriladigan joyiga olib boriladi. Shuning uchun ham turistlik xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish moddiy tovarlarni sotishga aloqador bolgan qonunlar asosida emas, balki boshqa qonunlar majmui bilan boshqariladi. Turistlik xizmatlar ikki turga bolinadi:
Asosiy va qoshimcha turistlik xizmatlarning bir-biridan farqli tomonlari quyidagilardan iborat:
Asosiy xizmatlar (tashish, joylashtirish, ovqatlantirish) turpaketga kiritiladigan xizmatlardir. Qoshimcha turistlik xizmatlar esa turpaketga kiritilmaydi; Asosiy turistlik xizmatlar oldindan sotib olingan (sayohatni boshlashdan oldin) yani tolov oldindan amalga oshirilgan boladi. Qoshimchaturistlik xizmatlarda tolov - xizmatdan foydalanish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo individual turist hech qanday dastur (turpaket) siz sayohat qilganda, uning asosiy va qoshimcha turistlik xizmatlar tolovi bir xil korinishda amalga oshiriladi. Yuqoridagi keltirib otilgan farqlardan kelib chiqqan holda, qoshimcha turistlik xizmatlar deganda — turpaketda nazarda tutilmagan, turist ozining qoshimcha tolovi asosida foydalanadigan xizmatlar tushuniladi. Butunjahon turistik tashkiloti qoshimcha turistlik xizmatlarning 400 xil turini keltirib otgan. Qoshimcha turistlik xizmatlarning ahamiyati shundaki, unda turist yuzaga kelgan ehtiyojlarini tulaqonli qondiradi, malum bir vazifalarni bajarishda ozini urintirmaydi (masalan: mehmonxonada yashayotganida kiyimini tozalash yoki dazmollash uchun mehmonxona xodimlariga murojaat qiladi).
Turist qoshimcha turistlik xizmatlar tufayli faqat dam olish bilan ovora boladi. Oqibatda oz sayohatidan kongli toladi. Qoshimcha turistlik xizmatlardan turist 2 xil vaziyatda foydalanadi: Tur paketning tanaffus qismida yoki turist bosh qolgan vaqtda foydalanadigan xizmatlar (masalan: Registon maydonida namoyish etiladigan ovozli va nurli panorama tomoshasi). Asosiy xizmatlar korsatilishi davomida yoki turist ehtiyojidan kelib chiqqan xolda foydalanadigan xizmatlar (masalan: gid xizmati). Turistga birinchi vaziyatdagi qoshimcha turistlik xizmatlarni korsatish uchun quyidagilarga etibor berish kerak: turistlar qiziqishlarini inobatga olib iloji boricha turistlarga faqat yaxshi kayfiyat bagishlaydigan qoshimcha xizmatlar taqdim etish orinli hisoblanadi. Shu orinda bu xizmatlar turistga ijobiy tassurot qoldira olishi kerak. Masalan: turistni milliy konsert, festivallarga taklif etish. Buning uchun Respublikada turistlarga xizmat qiladigan milliy ansambl guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Turist uchun yangilik bolgan va bunday vaziyatga oldin duch kelmagan qoshimcha turistlik xizmatlarni korsatish. Masalan: Samarqandda bir -birigamasofa jihatidan yaqin joylashgan yodgorliklar (Gori Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Shohizinda ansambli va boshqalar) ga sayohat qilishda turistlarni tuya, ot-aravalarda olib borish chuqur tassurot qoldiruvchi xizmatlardir. Buning uchun shu yodgorliklar joylashgan hududda piyoda turistlik yolaklar tashkil etib, turistlik-tomosha hududiga aylantirish kerak. Turistlarni milliy urf - odatlar va ananalar bilan tanishtirish orqali milliy hunarmandchilik va kasanachilik jarayonlarida bevosita qatnashishini tashkil etish. Yoki ozbek milliy taomlarining pishirish jarayonini tomosha qilish kabi xizmatlar korsatish. Buning uchun mamlakatimizda hunarmandchilik, kasanachilik va milliy oshxonalarni turizmga jalb etish va bu sohalarni rivojlantirish. Turistga ikkinchi vaziyatdagi qoshimcha turistlik xizmatlarni korsatish uchun quyidagilarga etibor berish kerak: mehmonxonalardagi qoshimcha turistlik xizmatlarni rivojlantirish. Bu xizmatlarga: nomerga taom yoki mehmon buyurtmalarini yetkazib berish xizmati, kiyim tozalash va dazmollash xizmati, seyf xizmati, telefon, internet, pochta xizmatlari, trenajor zali xizmati, basseyn (ochiq yoki yopiq), massaj, sauna, sartarosh xizmati, texnikani tamirlash xizmati, valyuta ayriboshlash xizmati, arenda xizmati va boshqalar.
Ovqatlanish korxonalarida qoshimcha turistlik xizmatlar maxsus turist buyurtmasi va tanloviga asosan korsatiladigan xizmatlardir. Qoshimcha turistlik xizmatlardan turist ketma-ket ravishda ham foydalanishi mumkin. Yani turist bosh vaqtida shahardan tashqariga togli manzaralarni korish uchun borganda u valyuta almashtirish xizmati, avtomobil arenda xizmati, qoshimcha ovqatlanish xizmati (shahardan tashqarida) dan ketma - ket foydalanadi. Xulosa qilib aytganda, qoshimcha turistlik xizmatlar nafaqat tashkil qilinishi, balki sifatli va foydali ravishda korsatilishi kerak

Download 325.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling