Mehmonxonalarda ovqatlantirish xizmatini tashkil etish


Download 197.3 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi197.3 Kb.
#1619052
  1   2   3   4
Bog'liq
Mehmonxonalarda ovqatlantirish xizmatini tashkil etish-

Mehmonxonalarda ovqatlantirish xizmatini tashkil etish


REJA:
1. MEHMONXONA RESTORANLARINING ISH FAOLIYATI
2. RESTORANDA XIZMAT KO`RSATISH
3. ROOM SERVICE-NOMERGA XIZMAR KO`RSATISH
4. MEHMONXONA RESTORANI DIZAYNI

Hozirgi kunda insonlarning turistik sayohatlar ,bo`sh vaqtlarini samarali o`tkazish, sog`liqni tiklash ,dunyoni bilish kabi talablarini qondirish jarayonida ularning ovqatlanishga har doim ehtiyoji borligini hisobga olgan holda, turizm industriyasida ovqatlanish korxonalari tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlarni jahon andozalari talabi darajasiga yetkazishga zarurat sezilmoqda. Mehmonxona restorani ish faoliyati boshqa oddiy restoranlar ish faoliyatida biroz farq qiladi .restoran ish vaqti shunday tashkil etilishi kerakki, ushbu vaqt mehmonxonada joylashgam ko`pgina mehmonlar ehtiyojini qondirsin , hatto bu restoranga ba`zida foyda keltirmasa ham.

Restoran dizayni Restoran dizayni, bino hajmi va shakli, devor va shiftlar rangi, mebel, xullas barcha-barchasi restoran mijozi va menyusiga mos kelishi kerak. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar restoran devorlari qizil- jigarrang rangda bo‘yalganda ovqat ko‘p istemol qilinar ekan.Restoranlar qanchalik ko‘p bo‘lsa ularni jihozlash variantlari ham shunchalik ko‘p. Masalan, restoranda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish bo‘lsa- u yerda katta, yorqin xona va qattiq stullar bo‘ladi(Nechego zasijivatsya!).Agar yuqori darajali restoran bo‘lsa- u yerda nim qorong‘ulik, alohida xonalar, yumshoq mebellar, gullar va devorda rasmlar va boshqalar bo‘ladi. Yana «muhit» ya’ni «atmosfera» degan murakkab tushuncha mavjudkim, u nafaqat dizayn va dekor balki stollarning joylashuvi, ofitsiantlarning kiyimi, xizmat ko‘rsatish tempi, mijozlar kiyimi, musiqa, shovqin darajasi, bino harorati, tozalik va boshqa omillar yordamida yaratiladi. Hamma narsa restoran mo‘ljal olgan mijozlar tipi, marketologlar tilida aytganda restoran faoliyat ko‘rsatayotgan bozor segmentiga bog‘liq.

Faqat haddan tashqari bachkanalikdan qochish lozim- restoranda juda ham tinch yoki shovqin, juda ham yorqin yoki qorong‘u, juda ham tor yoki keng bo‘lmasligi kerak. .


Download 197.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling