Mirzaaliyev Azizbek - Reja
- 1 Yevropa tasniflash tizimi
- 2 Shinamlik Darajasi
- 3 Yevropa tasniflash tizimi yoki "yulduzlar" tizimi
Yevropa tasniflash tizimi - Mehmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini hal qilishda mehmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga qarab tasniflash katta rol o‘ynaydi.
Shinamlik darajasi - kompleks mezon. U quyidagilardan tarkib topadi: - nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni (m2), bir o‘rinli (bir xonali), ko‘p xonali nomerlar, apartament nomerlarning ulushi, kommunal qulayliklarning mavjudligi va h.k.;
- mebel, inventar, sanitariya-gigiyena ashyolari va sh.k.ning holati;
- ovqatlanish korxonalari: restoranlar, qahvaxonalar, barlar va h.k.ning mavjudligi va holati;
- binoning, unga keladigan yo‘llarning holati, mehmonxonaga yondosh hududning obodonlashtirilganligi;
- axborot bilan taminlash va texnik jihozlash, shu jumladan telefon, yo‘ldosh aloqasi, televizorlar, muzlatgichlar, mini-barlar, mini-seyflar va h.k.ning mavjudligi;
- ayrim qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Hozirda jahonda malum 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan: - Yevropa tasniflash tizimi yoki "yulduzlar" tizimi. Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bhlgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
- harflar tizimi (A, B, C, D). Gresiyada qo‘llanadi;
- "tojlar" tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;
Shinamlik Darajasi - Har bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni - shinamlik darajasi har xil tushuniladi. Mana shu holat, shuningdek davlatlarning madaniy-tarixiy va milliy ananalari bilan belgilangan bir qancha omillar jahonda mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga monelik qiladi.
- Mehmonxona korxonalarining shinamlik darajasiga ko‘ra tasnifini ko‘rib chiqishda xalqaro amaliyotda yuzaga kelgan tasniflarni hamda ularni amalga oshirish tartibini bevosita belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuvlarni alohida qayd etib o‘tish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |