Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet33/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

10.5.4. Maktab-internatida mehnati vaqtinchalik foydalanilmaydigan ayollar uchun kasanachilikni tashkil etish;
10.5.5. ishlab chiqarish hajmining kamayganligi sababli malakali ayol kadrlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish bo‘linmalarini qisqartirish o‘rniga to‘liqsiz ish vaqti rejimiga o‘tkazish;
10.5.6. Maktab-internati (tizim birligi) rekonstruksiyadan so‘ng ishga tushganda unda ishga joylashtirish uchun qayta o‘qitilgan va ilgari mazkur Maktab-internatida mehnat qilgan ayollarga afzalliklar berish;
10.5.7. qaramog‘idagi 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lgan ota-onadan biriga (vasiyga) har oyda O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini ______ baravarida moddiy yordam ko‘rsatib borish;
10.5.8. sakkiz (10-12) yoshgacha farzandi bo‘lgan ota-onasidan biri (vasiysi)ning iltimosiga ko‘ra, oyda _____ kundan iborat ish haqi saqlanmaydigan yoki qisman to‘lanadigan dam olish kuni berish;
10.5.9. “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”ni amalga oshirishga ko‘maklashish.
10.6. Taraflar O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar:
10.6.1. xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash majburiyatlarini Maktab-internatining va uning tarkibiy bo‘linmalarining vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatish;
10.6.2. ishga qabul qilish va xizmat bo‘yicha ko‘tarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish;
10.6.3. xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq to‘lashda notenglikni bartaraf etish.
XI. YoShLAR UChUN QO‘ShIMChA imtiyozLAR va KAFOLATLAR
11.1. Maktab-internati ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish hamda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish maqsadida tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:
Xalqaro mehnat maktab-internatiining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-sonli va “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini ta’qiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-sonli Konvensiyalariga binoan ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish hamda bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
yosh mutaxassislar kengashini tuzish, yosh ishchilar va mutaxassislar o‘rtasida kasb mahorati bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish;

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling