Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet40/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

13.17. Ish beruvchi:
13.17.1. har yili ______ nafar xodim (shu jumladan kamida _____ nafar kam ta’minlangan xodim) uchun kasaba uyushmasi a’zolik badallari va ijtimoiy sug‘urta byudjeti mablag‘idan olingan sanatoriy va dam olish uylari yo‘llanmalari qiymatini qisman qoplaydi;
13.17.2. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort muassasalarida ______ nafar xodimning, shu jumladan kamida ______ nafar nogiron, yolg‘iz keksa, mehnat faxriylari, kam ta’minlangan oilalar a’zolarining dam olishlarini va sog‘lomlashtirishlarini Maktab-internati hisobidan tashkil etadi;
13.17.3. Maktab-internatida pensiyaga chiqishidan oldin kamida _____ yil mehnat qilgan ishlamaydigan pensionerlarni yilda bir marta bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va davolanishini tashkil etadi.
13.17.4. ishlamaydigan pensionerlarning mehnat jamoasining jamoat hayotida ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratishni, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa yakka-yolg‘izlardan xabar olish, tug‘ilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovg‘alari berishni, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishda ko‘maklashishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishni o‘z zimmasiga oladi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4906 son “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni);
13.17.5. qaramog‘ida nogiron farzandi bor xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatadi;
13.17.6. Maktab-internatida ishlovchi doimiy yashash uy-joyi bo‘lmagan xodimlarga ijarada yashashi uchun to‘lovlarini har oyda Maktab-internati hisobidan qoplab beradi.
13.18. O‘sib kelayotgan yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida taraflar quyidagi majburiyatlarni oladilar:
13.18.1. har yili o‘quv yili boshlanishi arafasida umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun har bir bolaga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini _____ foizi hisobidan kelib chiqqan holda darsliklar va o‘quv qurollari xarid qilish;

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling