Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


 har yili xodimlar farzandlariga yangi yil sovg‘alarining Maktab-internati


Download 0.57 Mb.
bet41/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

13.18.2. har yili xodimlar farzandlariga yangi yil sovg‘alarining Maktab-internati hisobidan topshirilishini tashkil etish;
13.18.3. xodimlar farzandlarining bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini ta’minlash;
13.18.4. xodimlarga bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari yo‘llanmalari narxini, 16 yoshga to‘lmagan nogiron farzandi bor xodimlarga esa dam olish uylari, sanatoriylar, profilaktoriy yo‘llanmalari narxini Maktab-internati hisobidan to‘lab berish13;
13.18.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida xodimlar farzandlarini chet tillariga o‘qitish uchun moddiy ko‘mak berish.
13.19. Taraflar yotoqxonalar va idoraviy turar joylarni saqlab turishga, ularda yashash uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilashga, yashovchilar orasida madaniy-ommaviy, ma’naviyat-ma’rifat ishlarini olib borishga Maktab-internati hisobidan mablag‘ hamda zarur ashyolar ajratish majburiyatini oladilar.
13.20. Taraflar xodimlarni Maktab-internatining yordamchi xo‘jaligida yetishtirilgan go‘sht-sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash (yoki yordamchi xo‘jalikni barpo etish imkoniyatini ko‘rib chiqish) majburiyatini oladilar.
13.21. Xodimlarning ish haqidan O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalarga soliq solinmasligi bo‘yicha yaratilgan imtiyozdan foydalanishi Ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.
13.22. Xodimlarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish va uy-joy qurilishi uchun foizsiz ssudalar beriladi.
13.23. Ish beruvchi Maktab-internatining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, ishlovchi ota-onalarning farzandi tarbiyasiga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish maqsadida farzandlari xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, sport bo‘yicha Respublika va jahon chempionlari bo‘lgan xodimlarni moddiy rag‘batlantiradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling