13.25.7. koronavirus bilan og‘rib tuzalgan xodimlarni Maktab-internati hisobidan har 6 oyda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi;
13.25.8. xodimlarni ish faoliyatlari bilan bog‘liq turli yuqumli kasalliklarga chalinishlari mumkin bo‘lgan holatlar haqida ogohlantiruvchi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, stendlar, tarqatma materiallarni chop ettiradi;
13.25.9. Maktab-internati xodimlari o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishi oldini olish maqsadida Ish beruvchi xodimlarni ish joylarida antesiptik va zarur sanitariya-gigienik vositalar, niqoblar bilan ta’minlashni, kasallik uchun test tahlillarini topshirishni, yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina bilan emlashni, shuningdek ish joylarini, oshxonani, yuvinish xonasini, hojatxonani, Maktab-internatiga tegishli yotoqxonalarni, ishchilarni tashuvchi transport vositalarini dezinfeksiya qilish ishlarini Maktab-internati hisobidan amalga oshiradi.
13.26. Pandemiya davrida kasallanib vafot etgan xodimlarning oilasiga moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib Ish beruvchi yoki Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratiladi.
13.27. Hukumat yoki Maxsus komissiya tomonidan karantin e’lon qilinganda xodimga qisman haq to‘langan holda Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuv orqali belgilangan muddatga ta’til taqdim etiladi. Bunda xodimga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini _____ baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.
13.28. Koronovirus pandemiyasi davrida xodimning asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajini hisoblashda ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lgan davr ham inobatga olinadi.
XIV. MADANIY-MA’RIFIY, JISMONIY TARBIYa VA SPORT-SOG‘LOMLAShTIRISh IShLARI
14.1. Ish beruvchi:
14.1.1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga o‘z balansida turgan yoki o‘zi ijaraga olgan binolar, xonalar, inshootlar va boshqa ob’ektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, mehnatkashlar va ularning oila a’zolari bilan madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan maskanlarni, bolalar oromgohlari va boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlarini bepul foydalanish uchun berish;
14.1.2. Har oyda Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining _____ foizi miqdoridagi mablag‘ni madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sport tadbirlari, respublika hududidagi tarixiy qadamjolarga sayohatlar tashkil etish, konsertlar, teatrlarga chiptalar va istirohat bog‘lariga taklifnomalar xarid qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, rag‘batlantirish, Kasaba uyushmasi qo‘mitasining shtatdagi xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash va boshqa maqsadlar uchun Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisob raqamiga o‘tkazish majburiyatini oladi. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 18-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |