Ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanish;
Ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan Ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;
xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
xodim va Ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga o‘tkazish shartlari.
13.25.2. xodim pandemiya vaqtida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda, Ish beruvchi unga Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining _____ barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatadi;
13.25.3. pandemiya davrida koronavirus bilan kasallangan xodimlarning davolanishiga ketadigan xarajatlar Maktab-internati mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
13.25.4. pandemiya sharoitida xodimning oila a’zolaridan kasallanib, davolanayotganlarga Ish beruvchi tomonidan unga kasaba uyushmasi qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga xaq to‘lashning eng kam miqdorini _____ baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;
13.25.5. pandemiya munosabati bilan kasallik yuqtirgan xodimlarning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og‘ir ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan Ish beruvchi Maktab-internatining moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
13.25.6. Ish beruvchi yuqumli virus kasalligiga chalingan xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatishi, ularning davolanishi va dori-darmonlarning xarajati (shu jumladan, xodimning bolalari kasal bo‘lsa) uchun to‘lovni amalga oshirishi shart;
Do'stlaringiz bilan baham: |