Shartnomani imzolagan taraflar komissiya yig‘ilishida uning bajarilishini ta’minlamayotgan mas’ullar hisobotini eshitish masalasini qo‘yish huquqiga ega.
Jamoa shartnomasining matni va ilovalari bilan xodimlar MTTning o‘qituvchilar xonasida hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasida tanishishlari mumkin.
Shartnomaning amal qilish davrida yoki amal qilish muddatini uzaytirish davrida kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar, ilovalar qo‘shimcha kelishuv ko‘rinishida bo‘lgan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, mazkur Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
XVII. JAMOA ShARTNOMASI MAJBURIYaTLARINING BUZILIShI YoKI ULARNI BAJARMASLIK UChUN JAVOBGARLIK
Ish beruvchi ushbu Shartnoma shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad qilgan yoki belgilangan muddatda kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 46-moddasi).
Jamoa shartnomasi majburiyatlarining buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida hamda mazkur Shartnomada belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining “___”_________2023 yildagi
___ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga
1-ilova
49-DMTT direktori va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
B I T I M I
(2023 yil uchun)
Do'stlaringiz bilan baham: |