Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida ma’qullangan 2023-yil Bayon № Farg‘ona shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi


Download 108.99 Kb.
bet15/19
Sana29.03.2023
Hajmi108.99 Kb.
#1307387
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
49-DMTT Jamoa shartnomasi 2023

XIV. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISh


  1. Kelishuvchi tomonlar, ijtimoiy sherikchilik printsiplarini tan olgan holda, jamoa shartnomasini bajarilishida yuzaga kelgan har qanday nizolarni oldini olish choralarini ko‘rishni o‘z zimmasiga oladilar. Bahslashuvlar o‘zaro ishonch va hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida hal etiladi.

  2. Yakka tartibdagi mehnat nizolari va ziddiyatlar 6 nafar a’zolardan tashkil topgan (xar tarafdan 3 nafardan) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tenglik asosida mazkur Shartnomaning amal qilish muddatiga tuziladigan mehnat nizolari komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

  3. Mehnat nizolari komissiyasi o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga va O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlangan (12.01.2015 y., 20-66 s, 15.01.2015 y., 01-SP), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan tavsiyalarga asosan ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq olib boradi binoan olib boradi.



XV. IJTIMOIY ShERIKChILIK. KASABA UYuShMASI FAOLIYaTINING KAFOLATLARIGA RIOYa ETILIShI


  1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgani yoki o‘tmaganidan qat’i nazar Ish beruvchi bilan jamoa muzokaralarini olib borishda va jamoa shartnomasini tuzishda ustuvor huquqqa ega, uning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonun).

  2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Ish beruvchi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek mazkur Shartnoma talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ish o‘rinlarida amalga oshirish huquqiga ega. Ish beruvchi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bir haftalik muddatda ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish natijalari haqida Kasaba uyushmasi qo‘mitasini xabardor qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 34-, 46-moddalari).


  3. Download 108.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling