“Inson - operator» tizimi
“Inson - operator» tizimida ishlaganlar insonlarga xos inson faktori omillarga
bo’g’liq bo’ladilar. Bularga: fiziologik o’lchamlar, imkon va cheklashlar,
psixologik imkoniyatlar va cheklovlar; hamda psixik (ruhiy) kuchlanishlar kiradi.
Bunda, bir yoki bir necha omillar jarohatlanishga yoki ish joyidagi kasalliklar
sabab bo’la oladi. Aqliy va jismoniy mehnatni o’rganishdan maqsad insonning
qobiliyati, samarali mehnat faoliyati darajasini aniqlaydi. Inson fiziologik tana
o’lchamlari to’g’risidagi bilimlar (antropometriya) va harakat (biyomekanika)
atrof muhitining sosiy qismi hisoblanadi. Ishchilarning o’z vazifalarini bajarish
vaqtidagi harakatlari antropometrik va biyomekanik tavsiflari bilan taqqoslanadi.
Insonning bajargan harakat turlari, to’g’ri va samarali bajarilishi, ishning chastotasi
ko’rib chiqiladi. Shunda harakatlarning miqdori, kuchlarning sarflanishi va boshqa
omillar baholanadi.
Anthropometriya
Anthropometrik ko’rsatkich ob’ekt ko’rsatkichlarini u bilan ishlovchi
odamning gavda tuzilishi va o’lchamlariga to’g’ri kelishi ni ko’rsatadi.
Anthropometrik ko’rsatkich inson-operatorning ish joyidagi holati oqilona
o’rnashganligi yoki ob’ekt va uskunalar o’zaro munosabatidan kelib chiqadigan
muammolarni bartaraf etashda qullanadi.
Inson fiziologiyasini va ish joyining dizaynining insonga ta'sirini
o'rganishda foyda beradigan antropometrik o'lchovlar ikki turga bo’linadi:
1. Strukturaviy yoki statik antropometriya o'lchovlari: ishlovchi odamning
gavda o’lchamlariga va ob’ekt ko’rsatkichlari '' tarkibiy '' yoki ''statik'' ataladi.
Umumiy antropometrik olcho’vlar odam bo’yi, o’rindiqlar balandligini, tana
chuqurligi, tana kengligi, o'tirgan yoki tik turgandagi ko'z balandligi, musht
balandligi, tirsak balandligi va qo’l uzunligi o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |