Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/209
Sana27.10.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1726693
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   209
Bog'liq
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)

Ergonomikaning maqsadi 
 
Ergonomikaning asosiy maqsadi sog’liqni muhofaza qilish, ish xavfsizligini 
va qulay sharoitni ta’minlash. Maqsad korxona raxbarlariga mehnat unumdorligini 
oshirishni to’g’ri tashkil etishda yordam berish. Ergonomik ishlarini ikkilamchi 
ishlar sifatida qarash kerak emas. 
Ergonomika ish jarayonining asosiy qismi, shu jumladan muhandis, rahbarlari, 
tibbiy xodimlar, hatto oddiy xodimlar sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ish guruhi muntazam ravishda ishchining imkoniyatlar asosida talab 
qilinadigan kuch va imkoniyatlarini taxlil qilgan holda, ish sharoitini 
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqib tavsiya etadi.
Bu ishlar baraval ham korxona tizimidaham ish jarayonida xavfsizlik 
tadbirlar amalga oshiriladi. Maqsad muammolarni ular sodir bo’lishidan oldin 
bartaraf etish. 
Ergonomikani qo'llash: umumiy tushuncha 
 
Ergonomik xavflarni samarali aniqlash quyidagi uchlikka bo’g’liq aniqlash
baholash va nazorat qilish. Ergonomik xavflarni aniqlash odatda ergonomik 
muammolarini: belgilari aniqlash, fiziologik stresslar va muRasmar zo’riqishi, 
psixologik stress va turliy shikoyatlar yoki noqulayliklar o'z ichiga oladi. Korxona 
maydonidagi ortiqcha yuklarning harakati ham xavfni paydo bo’lishiga sabab 
bo’lishi mumkin. Mutaxassisdan so’raldi, nima uchun yuk tekshiruv va 
qadoqlanishdan oldin A nuqtadan B nuqtasiga ko'chiriladi. Hohlagan vaqtda 
yuklarga ishlov berilishi mumkin. Taxlillar yozuvini ko'rib chiqish, ish joyidagi 
kuzatuvlar hamda raxbar va xavfsizlik mutahassislar bilan o’tkazilgan suhbati
orqali, ishchilarning eng ko’p jarohat olish xavfi mavjud ish joylari aniqlandi. Agar 
ergonomik xavfi muammo bo'lsa, unu zaruriy hisoblar orqali baholash tadbirlar 
bajarish lozim.
Baholash – bu mavjud muammoning darajasi va joyini aniqlash uchun 
to’plangan barcha ma’lumotlarga aytiladi. Baholash ishlari birinchi yordam 
ko’rsatish yoki hamshiralar tutgan jurnanll yozuvlaridan, hamda ishchiga moddiy 
tovon ro’yxatidan boshlanadi. Ergonomik jarohat va kasalliklar soni yuqori bo’lsa, 
unda batafsilroq baholash ishlari amalga oshiriladi. Kasalliklar ko'rsatkichlariga
jarohat, umurtqa suyak sindromi, barmoqlar suyak sindromi, tendinit, tendovaginit 
va mushak zo’riqishi yoki bo’g’mlar cho’zilishlarini o'z ichiga oladi. Ro’yxatda 


123 
jabrlangan kishining ismi, ish turi va joyi ko’rsatilishi lozim. Jarohatlanish 
chastotasi eng ko’p sodir bo’lish ehtimoli bor ish joylarida zarur chora-tadbirlar 
olib boriladi. Ergonomik muammo darajasini chuqurroq anglash uchun, 
mukammal tadqiqot ishlar olib borish zarur, bu – izlanishlar, xodimlar bilan 
o’tqazilgan suhbatlar, ish joylari va xodimlarning sog’liq darajasini muntazam 
nazorat ishlarini olib boorish.
Baholash jarayoni ish yoki faoliyatning tahlillar masalalarini o'z ichiga oladi. 
Ko’pincha, ergonomik xavf omillariga batafsil baho berish uchun videotasma 
yozib olinadi. Videotasmaga bajariladigan ish diskret qadamlarga bo’linib, 
qadamma - qadam kuzatiladi va chastotasi o’lchanib boriladi.

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling