Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari
Funktsional yoki dinamik antropometriya o'lchovlari
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)
2. Funktsional yoki dinamik antropometriya o'lchovlari: Ish joyi-bu ish
harakatining bir joydan boshqa joyga ko’chirmasdan, muqarrar yerda bajariladigan o’rnidir(yoki boshqacha qilib aytganda, tananing holatini o’zgarmasdan tutish). Ular oxirgi va optimal (normal, funksional) urinish nuqtasi va ushlovga bo’linadi. Ushlashning oxirgi hajmi (urinish nuqtasi) qo’l harakati uchun-bu panja predmetini ushlash mumkin bo’lgan joylar nuqtasidir. Urinish nuqtasining oxirgi hajmi yetib bo’ladigan joy chegarasiga teng hisoblanadi. Ish joyining optimal hajmi (normal va funksional), ish joyining boshqa qismi bilan ya’ni, qo’layroq bo’lgan ish- harakat joyi bilan mos tushishi zarur. 125 Antropometrik o'lchovlar dizaynerlarga mebel atanlashda yoki inson tanasi gavda o’lchamlari asosida ish joyini to’g’ri tashkil etishga yordam beradi. Ayrim ish harakatlarini bajarishda, xususan zarba berishdagi harakatlar, vibroasboblar bilan ishlashda qo’llar zanjirida katta kuchlar hosil bo’ladi. Bu kuchlar o’z o’rnida turli kasalliklarga olib keladi. Bu turdagi kuchlarni hisoblashda dinamikaning teskari masalasini yechish usulidan foydalaniladi. Bunda kuchlar harakatning ma’lum (tajribalar asosda aniqlangan) kinematik tavsiflari orqali aniqlanadi. Hisoblarni bajarish uchun asbob va qo’l zanjirining inersion massasi tavsifini bilish lozim. Ergonomika va antropometriya tushuncha paydo bo’lishidan avval, mashina ko’rsatkichlari o'rtacha xodim uchun mo'ljallangan edi. Afsuski, o'rtacha statistik tana o'lchovlari butun tanaga normal taqsimlanish darajasi 1 foizdan kam. Misol uchun, o'rtacha xodim uchun mo'ljallangan tik turib bajarilgan ish joyi, AQSh aholisining 99 foizi uchun to’g’ri kelmaydi. Avtomobil dizaynida ergonomika talablarini qo’llanishi mashinaning qo'shimcha qiymatini oshishiga olib keldi. Bir necha yil oldin, o'rindiqlar joyini oldinga va orqaga, o’yoq uzunligi va pedalning o’lchamini, xaydovch talabi bo’yicha pedal va pulni o’zgartirib bo’lmas edi. Ishlab chiqilgan avtomobillar o'rtacha odam uchun mo'ljallanganligi sababli, baland bo’yli xaydovchilar boshlarini avtomobil yuqori qismiga ko’p urilar edi. Hozirgi paytda barcha narsalarning 90% aholining antropometrik o’lchamlari inobatga olingan holda ishlab chiqariladi. Turli xil biomexanikaviy tahlil qilishda va modellashtirish jarayonida qo’l tuzilish bo’yicha barcha ma’lumotlardan foydalanilmaydi, balki eng kerakliklaridan foydalaniladi. Quyidagi usul bilan qo’lning «mezoniy modeli» turli detallashtirish darajasi bilan yaratilgan. Ayniqsa, to’liqroq detallashtirilgan modelda alohida olingan muskullar kuch yelkasi bo’yicha ma’lumotlar turli erkinlik darajasida bo’g’imlarning turli holati, muskullar, mushak va pay uzunligi uchun yaratilgan. Bu ma’lumotlar orqali panja, bilak va yelkaning alohida olingan anatomik qismlariga ta’sir etuvchi ichki kuchlarni hisoblashda asqotadi. Biomexanik izlanishlar olib borilayotganda tajribada qatnashayotgan alohida olingan odamning qo’li mezoniy qo’ldan o’zining shaklli va o’lchamlari bilan farqlanadi. Shu sababli ham mezonniy qo’llar o’lchamlari tajribada qatnashayotgan aniq odamning o’lchamlaridan farq qiladi (misol uchun muskuklning kuch yelkasi va hokazolar). Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling