Kurilishda yuz beradigan jarohatlanishlar Kurilishdagi ishlab chiqarishdagi kasallanishlar.
Sog‘liqni saqlash va umumiy ovqatlanish xonalari.
Beton kuyish ishlarida mexnat muxofazasi.
Montaj jarayonida mexnat muxofazasi.
Dizayn-pardozlash jarayonida mexnat muxofazasi.
Yongin xavfsizligi buyicha chora tadbirlar.
Yong‘inlar kurilishda korxonalari, xalq xo‘jaligini hamma tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va turar joy massivlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Yong‘inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og‘ir baxtsiz hodisalar zaharlanish, kuyish bilan bilan birga kishilar hayotini olib ketgan hollar ko‘plab uchraydi.
Shuning uchun ham yong‘inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi.
Umuman yong‘in chiqmasligini ta’minlash, yong‘in chiqqan taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora-tadbirlarini ko‘rish, birinchidan moddiy boyliklarni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘lsa, ikkinchi tomonidan esa, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolish chora-tadbirlari amalga oshirilishi, bu masalalar mehnatni muhofaza qilishning tarkibiy qismi ekanligidan dalolat beradi.
Agar ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash va qurishda unda bajariladigan ishlarning ma’nosidan kelib chiqadigan talablardan tashqari unga texnik mustahkamlik, sanitar-gigienik va iqtisodiy talablardan tashqari unga yong‘in xavfi va yong‘inga qarshi tura olish talablari ham qo‘yiladi.
QMQ II-2-80 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi bo‘yicha uch gruppaga bo‘linadi.
Yonmaydigan konstruksiyalar-bularga katta harorat ta’sirida, yoki alanga ta’sirida yonib kulga yoki ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari kiradi (masalan, metall konstruksiyalar va mineral materiallar).
Do'stlaringiz bilan baham: |