Mehnat muhofazasining huquqiy me’yoriy asoslari


Kurilishda yuz beradigan jarohatlanishlar


Download 50.76 Kb.
bet3/9
Sana25.06.2023
Hajmi50.76 Kb.
#1654781
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MEHNAT MUHOFAZASI

Kurilishda yuz beradigan jarohatlanishlar.
Jarohatlanish (grekcha trauma - yara) deb odam organizmiga ishlab chiqarish omillarining xavfli ta’siri natijasida, ya’ni baxtsiz hodisa tufayli organizm to‘qimalarining jarohatlanishi va ishlash faoliyatining buzilishiga aytiladi. Ular beixtiyor (lat yeyish, kesib olish, sinish, chiqish va boshq.), kimyoviy (kislota va ishqorlar ta’sirida quyish), termik (odam organizmiga yuqori yoki past harorat ta’sir etib, kuyish yoki sovuq urishi), elektrdan kuyish, tok urish va boshqa, psixologik (qattiq hayajonlanish, qo‘rquv va boshq.) jaroxatlanishlar sodir buladi.
Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yo‘qotishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini yoki kasbiy ish qobiliyatini yoxud ikkalasini ham yo‘qotishi mumkin.
Kurilishda yuz beradigan jarohatlanishlar Kurilishdagi ishlab chiqarishdagi kasallanishlar.
Kasbiy va umumiy kasallanishlar noqulay ish sharoitlaridan kelib chiqishi mumkin. Kasbiy kasalliklar zararli ishlab chiqarish omillari ta’siridan kelib chiqadi (kasbiy zararlar). Ular vaktinchalik, uzoq vaqtgacha yoki umuman ish qobiliyatini yo‘qotishga (nogironlikka) olib kelishi mumkin.
Qurilishda xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlari qo‘yidagilar orkali yaratiladi: mos texnologiyani, ish tartibini, ishlab chiqarish vositalaridan foy-dalanishni, qo‘lay ish sharoitlarini, xom ashyolarni, yarim mahsulotlarni, ish o‘rinlarini tashkil qilishni va jihozlardan, himoya vositalaridan oqilona foydalanish, xavfsizlik talablarini bajarish, kasbiga qarab tanlov o‘tkazish va ishchilarni o‘qitish, texnik-me’yoriy hujjatlarga xavfsizlik vositalarini kiritish bilan ta’minlanadi.
Qurilishda bino va inshootlarni loyihalash, tashkil etish va o‘tkazishda xavfsizlik talablari oldindan nazarda tutilmog‘i shart. Buning uchun ishlab chiqarishda zararli ta’sirlarning oldini olish, ishdagi operatsiya va jarayonlarni o‘zgartirish, ishlab chikarishni avtomatlashtirish hamda unda masofadan turib boshqarishni qo‘llash, gipodinamiyaga e’tibor berish, ishni oqilona tashkil etish shu bilan bir qatorda og‘ir mehnatni chegaralashni ham hisobga olish kerak. Shuningdek, o‘z vaqtida qurilish xavfsizliklari to‘g‘risidagi ma’lumotni, jarayonni boshqarish va nazorat qilish sistemasini, o‘z vaqtida chiqindilarni zararlantirish, chiqarib tashlashga xavf va zarar tug‘diruvchi manbalarga alohida e’tibor qaratish kerak.
Qurilishda mexnat sharoitlari, ish xonalari, qurilish me’yori va qoidalariga (QMQ) mos kelishi kerak, xonalar va ish joylarida xavfli va zararli ta’sirlar darajasi me’yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lmasligi shart. Ishlab chiqarish maydonlari QMQ talablariga va davlat nazorat tashkilotlari tasdiqlagan qoidalarga javob berishi zarur. Ishlab chiqarish jihozlari GOST 12.2.003-74 ga, QMQ va texnologik loyihalash me’yoriga mos kelishi hamda ish joylari yetarli yoritilgan bo‘lishi shart. Kurilishda xavfsizlikni ta’minlash uchun kuyidagi shartlar bajarilishi kerak.


  1. Download 50.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling