Mehnat munosabatlarini tartibga solishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining o`rni va ahamiyati. Reja: Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi


Download 148.06 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi148.06 Kb.
#1582488
1   2
Bog'liq
Mehnat Munosabatlar

Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi-bu Xalqaro Mehnat Tashkilotining yuqori organi hisoblanadi. Xalqaro Mehnat Konferentsiyasining ishi maxsus Reglament bilan belgilanadi. U har yili iyun’ oyining boshlarida Jenevada to`planadi. Uning ishi ilgari uch hafta davom etardi. 1944 yildan boshlab Konferentsiyaning ishi to`rt kunga qisqaradi. Har bir davlat Konferentsiyaga to`rt delegat yuboradi, ular hal qiluvchi ovozga ega bo`ladilar. Bu delegatlarning ikki nafari xukumatdan va bittadan mehnatkashlar va tadbirkorlardan bo`ladi. Bundan tashqari, ko`p mamlakatlarning delegatsiyalari tarkibiga maslahatchilar ham kiritiladi, yirik delegatsiyalarning tarkibi 40-50 kishiga etadi. Konferentsiyada hammasi bo`lib Xalqaro Mehnat Tashkiloti a`zolari bo`lgan mamlakatlarning 1500-2000 vakili ishtirok etadi. Xukumatlar delegatlarining ko`plari o`z mamlakatlarida mehnat masalalariga javob beradigan shaxslar bo`ladilar. Har bir Konferentsiyada faxriy mehmonlar sifatida bir yoki ikki davlat yoxud xukumatning boshliqlari so`zga chiqadilar.
Xalqaro Mehnat Konferentsiyasining tuzilishi ancha murakkab va ko`p qatlamli bo`lib, u 4-jadvalda ko`rsatilgan.
.
Xalqaro Mehnat Konferentsiyaning tuzilishi.


Koferentsiyada tashkil etilagan bir qator qo`mitalar doimiy qo`mitalar hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi:


1.Farmoyish beruvchi qo`mita; u Konferetsiya va qo`mitalar ishining dasturi va vaqtini tartibga soladi, yangi qo`mitalar tuzish haqidagi takliflari ishlab chiqadi.
2.Vakolatlarni tekshirish qo`mitasi; u delegatlar va ular maslahatchilarining vakolatlarini tekshiradi, shuningdek, vakolatlar munosabati bilan shikoyatlarni qarab chiqadi.
3.Moliyaviy qo`mita xukumat vakillariga taalluqli bo`lib, xukumatlarning a`zolik badallarini to`lash, qarzlarni uzish, byudjet smetalari, dasturlar va mintaqalar bo`yicha xarajatlarni taqsimlash yuzasidan takliflar masalalarini qarab chiqadi.
4.Konventsiyalar va tavsiyalarni tatbiq etish qo`mitasi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti a`zolari bo`lgan mamlakatlar xukumatlari tomonidan taqdim etiladigan konventsiyalarning bajarilishi to`g`risidagi ma`lumotlar va ma`ruzalarni qarab chiqadi, ana shu masalalar yuzasidan ayrim mamlakatlar xukumat vakillarining chiqishlarini eshitadi va Konferentsiyaga ma`ruza taqdim etadi.
5.Tarmoq qo`mitalari. Tarmoq qo`mitalari Konferentsiya doirasidan tashqari, xalq xo`jaligining ayrim tarmoqlari uchun xarakterli bo`lgan ijtimoiy-mehnat munosabatlarini xalqaro darajada muhokama qilish uchun tashkil etilgan. Tarmoq qo`mitalari kimyo, ko`mirchilik, qurilish, oziq-ovqat, xizmat ko`rsatish sohasida, ichki transport, yog`och ishlash sanoati, shuningdek, plantatsiya kabi tarmoqlarni qamrab oladi.
Shtab xonasi jenevada bo`lgan xalqaro Mehnat Byurosi xalqaro Mehnat Tashkilotining doimiy kotibiyati, uning ma`muriy va ijroya organi, tadqiqotchi va axborot markazi hisoblanadi.
Xalqaro Mehnat Byurosining Jenevadagi markaziy apparatida band bo`lgan va XMT o`zining ijtimoiy hamkorlik loyiqalarini amalga oshiradigan mamlakatlardagi, shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkilotining 40 ta bo`limidagi xodimlarning soni-bulartaxminan 1,9 ming xizmati va texnik ekspertlar bo`lib, taxminan yuz millat vakillaridir. Xalqaro Mehnat Byurosining ko`pchilik hamdo`stlik mamlakatlariga xizmat qiluvchi bo`limi Moskva shahrida joylashgan.
Xalqaro Mehnat Byurosiga Bosh direktor boshchilik qiladi, u Ma`muriy kengash tomonidan besh yilga saylanadi. Xalqaro Mehnat Byurosi va uning rahbariyati tarkibi doimiydir. CHunonchi, 1919 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha hammasi bo`lib sakkizta bosh direktor ishlab keldi. Xalqaro Mehnat Byurosining bir qator xodimlari muddatsiz kontraktlarga egadirlar.

Xalqaro Mehnat Tashkilotining doimiy ijroiya organi bo`lgan Xalqaro Mehnat Byurosi ijtimoiy-mehnat muammolariga doir jahon miqiyosidagi tadqiqotchilik va ijtimoiy-axborot markazi vazifasini ham ado etib keladi. U mehnat sharoitlari va mehnatkashlarning ahvolini xalqaro miqiyosda tartibga solishga doir barcha masalalar yuzasidan axborot to`playdi va tarqatadi.




Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N., va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O`qituvchi»-2001 yil, 445-462 betlar.


2.Gasanov M., Sokolov E. «O`zbekistonning mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari: savollar va javoblar». Toshkent: «O`qituvchi»-2001 yil, 10-13 betlar.
3.O`zbekiston Respublikasi entsiklopediyasi. Toshkent-1997 yil, 330-bet.
Download 148.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling