MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIK VA MEHNAT UNUMDORLIGI TAHLILI
1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalar
2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlili
3. Mehnat resurslarining harakati va qo’nimsizligini tahlili
Bugungi kunda respublikamizda ro'y berayotgan ijtimoiy- iqtisodiy o'zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda.
Mehnat ko'rsatkichlari tarkibiga odatda quyidagilar kiradi:
A) Ish haqi fondi;
B) Xodimlar soni;
V) Mehnat unumdorligi;
G) O'rtacha yillik ish haqi.
Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko'rsatkichlar quyidagilardir.
1. Mehnat unumdorligini o'sish darajasi.
5. Mehnat unumdorligi o'sish darajasini mehnat haqini o'sish darajasiga nisbati.
3. Xodimlar sonini nisbiy kamayishi.
2. Mehnat unumdorligi hisobiga mahsulot hajmini o'sishi.
4. Mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod.
Bugungi bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mehnat resurslari bilan ta'minlanganligini o'rganishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mehnat resurslari bilan ta'minlanishi, ularning tarkibi, strukturasi o'zgarishini mehnat unumdorligiga bo'lgan ta'sirini hisoblash va baho berish;
2. Ish vaqtini yo'qotish sabablarini aniqlash va unga baho berish;
3. Mehnat unumdorligi rejasining bajarilishi va dinamikasiga ob'ektiv baho berish;
4. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash;
5. Xodimlar qo'nimsizligiga baho berish;
6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta'sir etuvchi mehnat omillarini aniqlash va ularga baho berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |