Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligi tahlili
Download 146.79 Kb.
|
iqtisodiy tahlil 4-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- "AVS" aktsionerlik jamiyatida mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlili
- Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Biznes rejada Haqiqatda
"AVS" aktsionerlik jamiyatida mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlili Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan "AVS" aktsionerlik jamiyatida o'rganilayotgan davrda sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat resurslari tarkibida bir qator o'zgarishlar sodir bo'lgan. Xususan, o'tgan yilga nisbatan jami mehnat resurslari soni hisobot yilida 24 kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining 18 kishiga, xizmatchilarning 6 kishiga, rahbar xodimlarning 4 kishiga va qorovullik xizmati xodimlarining 2 kishiga kamayganligi ta'sir etgan. Joriy yilda mutaxassislar soni esa o'tgan yilga nisbatan 6 kishiga ko'paygan. Korxonada hisobot yilida belgilangan biznes rejaga nisbatan ham mehnat resurslari soni 6 kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining rejalashtirilganiga nisbatan 6 kishiga, xizmatchilarning 3 kishiga kamayganligi va rahbar xodimlar va mutaxassislarning ortishi ta'sir etgan. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, korxonadagi sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat resurslarining asosiy salmog'ini ishchilar va xizmatchilar tashkil etmoqda. Xodimlar tarkibida mutloq tarkibiy o'zgarishlar kuzatilgan bo'lsada ularning umumiy tarkibdagi salmog'ida deyarli keskin o'zgarishlar kuzatilmaydi. Rahbar xodimlarning biznes rejada belgilanganiga nisbatan ortishi korxona uchun samara bermaydi. Shu sababli korxonada bevosita ishlab chiqarish jarayonida to'g'ridan-to'g'ri qatnashadigan xodimlar sonini oshirishga harakat qilishi, bu esa samaradorlikni oshirishga olib kelishi mumkin. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik holatiga baho bering hamda xulosa yozing. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslari bilan tarkibiy ta’minlanganligini tahlili
Download 146.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling